25
tamoyili. Qo’shilgan qiymat solig’i xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni
ishlab
chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag’
yo’naltirish, texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarishga rag’batlantirishi zarur.
Qo’shilgan qiymat solig’iga tortishning adolatlilik tamoyili. Qo’shilgan
qiymat solig’i va soliqning ushbu turi bo’yicha belgilangan imtiyozlar jamiyat
tomonidan adolatli deb tan olingan umumiy ob’ektiv
qoidalarga binoan
belgilanishi lozim.
Qo’shilgan qiymat solig’ning oddiyligi va xolislik tamoyili. Qo’shilgan
qiymat solig’ning soliqqa tortish bazasini aniqlashda, soliqlarni hisoblab chiqishda
oddiylik bo’lishi, taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni,
yagona stavkalar belgilashni ko’zda tutadi.
Qo’shilgan qiymat solig’ining boshqarishga qulaylik tamoyili. Qo’shilgan
qiymat solig’ini undirib olishda samaradorlikka erishish masalasi ko’p hollarda
soliqlarning soliq to’lovchilarga yaxshi tushunarli bo’lishiga bog’liq.
Qo’shilgan qiymat solig’ini yig’ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish
tamoyili. Davlat tomonidan soliqlarni yig’ish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin
qadar kamaytirishni ko’zda tutadi.
Qo’shilgan qiymat solig’ining stavkalarini qiyoslash mumkinligi tamoyili.
Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi soliq
stavkalari bilan qiyoslanishi, ya’ni
mintaqaning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar
bilan teng bo’lgan xo’jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim.
Bilvosita soliqlar, jumladan qo’shilgan qiymat solig’i
ham tovar va xizmat
narxiga davlat tomonidan belgilangan ustama tarzida olinadi. U iste’molchilar
tomonidan to’lanib, davlat byudjetiga tushadi.
Soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’i soliq stavkasini daromadlarga
nisbatan belgilash ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Odatda, soliqlar stavkasi
quyidagicha belgilanadi:
-regressiv, ya’ni soliq bazasi ko’paygach, soliq me’yori kamayib boradi;
26
-qatiy miqdorda, soliq bazasining qiymatidan qat’iy nazar belgilanadi;
-proporiional soliq stavkalari – soliq bazasidan qat’iy nazar yagona foizda
belgilanadi;
-progressiv, ya’ni soliq bazasining o’sishiga qarab, soliq me’yori ham o’sib
boradi.
Soliq
stavkalari past belgilansa, byudjetga tushadigan mablag’lar kamayib
ketadi. Bu bog’lanish Laffer egri chizig’ida o’z ifodasini topgan.
Xulosa qilib aytganda, qo’shilgan qiymat solig’i egri soliq bo’lib,
respublikamiz iqtisodiyotini
tartibga solishda, davlat byudjeti daromad qismini
shakllantirishda muhim ahmiyat kasb etadi.
Qo’shilgan qiymat solig’i boshqa soliq turlariga nisbatan yangi soliq bo’lib,
dastlab Frantsiyada amalga joriy qilingan.
Bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlarida qo’shilgan qiymat solig’i
joriy qilingan.
Yaponiya va AQSh soliq tizimida mavjud bo’lgan, iste’mol solig’i
qo’shilgan qiymat solig’iga mohiyatan o’xshaydi.
Qo’shilgan qiymat solig’i ham boshqa soliq turlari kabi bir-xil funktsiyalarni
bajaradi va yagona tamoyillarga ega.
Dostları ilə paylaş: