1.3.
Qo’shilgan qiymat solig’ini undirishning huquqiy asoslari
Respublikamizda qo’shilgan qiymat solig’ini undirishning huquqiy poydevori
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining me’yorlari bilan belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga asosan, fuqarolar
qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar.
12
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 12-moddasida ushbu kodeksda
belgilangan,
muayyan
miqdorlarda
undiriladigan,
muntazam,
qaytarib
12
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. «Халқ сўзи» газетаси, 1992 йил 15 декабрь, 243 (494)-сон
27
berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan
majburiy pul to’lovlari soliqlar deb e’tirof etilishi taakidlangan.
Qo’shilgan qiymat solig’i esa O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
23-moddasiga asosan, umum belgilangan soliqlar tarkibiga kiradi va respublika
ahamiyatiga ega hisoblanadi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lashda soliq to’lovchilar va
vakolatli idoralar o’rtasida soliq munosabatlari yuzaga keladi. Jumladan,
qo’shilgan qiymat solig’ini belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish va undirish
borasida yuzaga keluvchi soliq munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi asosida amalga oshiriladi.
Soliq amaliyotida vakolatli idoralar hisoblangan: davlat soliq xizmati
organlari — O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari,
shuningdek
tumanlar,
shaharlar va
shahardagi tumanlar
davlat soliq
inspektsiyalari; bojxona organlari — O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasining Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar, Toshkent shahri bo’yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va
bojxona postlari; moliya organlari — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya
bo’limlarining soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlari ham
qo’shilgan qiymat solig’i munosabatlarini tartibga solishda huquqiy asos bo’lib
xizmat qiladi.
Vakolatli idoralar o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatni bekor
qilishi yoki unga zarur o’zgartishlar kiritishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksining qoidalariga mos kelmaydigan normativ-huquqiy hujjatni bekor
qilishni yoki unga zarur o’zgartishlar kiritishni rad etgan hollarda, bunday
hujjalarning qonuniyligi sud tomonidan ko’rib chiqiladi.
Ammo, yuqorida keltirilgan vakolatli idoralarning normativ-huquqiy
28
hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qoidalariga muvofiq
bo’lishi talab qilinadi.
Quyidagi hollarda vakolatli idoralarning daxldor normativ-huquqiy hujjatlari
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksga muvofiq emas deb topiladi:
-hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo’lmagan organ tomonidan qabul
qilingan bo’lsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan
tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo’lsa;
-soliq munosabatlari sub’ektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa,
soliq
munosabatlari
sub’ektlarining majburiyatlarining mazmunini, ular
harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini o’zgartirsa;
- taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo’l qo’ysa;
-qonuniy tushunchalar mazmunini o’zgartirgan yoki qabul qilingan
tushunchalarning ma’nosini boshqacha tarzda talqin qilinsa.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq majburiyatlarini yuzaga kelgan
yoki kelmaganligini, usha vaqtda amalda bo’lgan qonun hujjatlar asosida
belgilanadi. Yangi qabul qilingan qonun hujjatlari hujjat qabul qilingan sanadan
boshlab amalga tadbiq qilinadi. Xullas, soliq javobgarligini yuzaga keltiruvchi
qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga, javobgarlikni engillashtiradigan soliq
to’g’risidagi qonun hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega.
Ayrim soliq majburiyatlari uchun javobgarlikni engillashtiruvchi qonun
hujjatlarning orqaga qaytish kuchiga ega bo’lishi qabul qilinuvchi hujjatda
to’g’ridan-to’g’ri ko’ratiladi. Bunday qonun hujjatlariga quyidagilar kiradi:
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni bekor qilish; soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar stavkalarini kamaytirish; soliq to’lovchilarning majburiyatlarini bekor
qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda engillashtirishni nazarda tutuvchi
soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari.
Yangi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilovchi, imtiyozlarni to’liq
yoki qisman bekor qiluvchi, soliq solinadigan baza oshirilishiga olib keluvchi
qonun hujjatlari dastlab matbuotda e’lon qilinadi. Rasman e’lon qilingan paytdan
29
keyin kamida uch oy o’tgach, qabul qilingan yangi qonun hujjati amalga kiritiladi.
Yangi soliq stavkalari soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari matbuotda e’lon
qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan amalga joriy qilinadi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi chet mamlakatlar bilan soliq
munosabatlarini tartibga solish borasida ko’plab xalqaro shartnomalar tuzgan.
Mazkur xalqaro shartnomalarda o’zaro soliqqa tortish qoidalari o’z aksini topgan.
Bunday hollarda, O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlarida
boshqacha
qoidalar
belgilangan
bo’lsada,
O’zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan qoidalar soliq
munosabatlarini tartibga solishda huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash
va to’lash tartibini belgilovchi asosiy soliq qonunchiligi hisoblanadi. Xususan,
soliq kodesining VII bo’limi(Qo’shilgan qiymat solig’i) 197- 228 moddalarini o’z
ichiga olib, ular quyidagilardan iborat:
-soliq to’lovchilar(197-modda);
-soliq solish ob’ekti(198-modda);
-tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti(199-modda);
-soliq solinadigan va solinmaydigan oborotlarni belgilash(200-modda;
-soliq solinadigan import(201-modda);
-tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi(202-modda);
-tealizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana(203-modda);
-soliq solinadigan bazani belgilash(204-modda);
-soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish(205-modda);
-tovarlarni import qilishda soliq solinadigan baza(206-modda;
-O’zbekiston Respublikasi norezidentidan olinadigan ishlar, xizmatlarga soliq
solishning o’ziga xos xususiyatlari(207-modda);
-soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish
oboroti(208-modda);
-soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar(209-modda);
30
-soliqdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari(210-modda);
-soliqdan ozod qilinadigan import(211-modda);
-tovarlarni eksport qilish(212-modda);
-tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlash(213-modda);
-chet
el
diplomatik
vakolatxonalari
va
ularga
tenglashtirilgan
vakolatxonalarga rasmiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga
(ishlarga, xizmatlarga) soliq solish( 214-modda);
-«Bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni
qayta ishlash bo’yicha bajarilgan ishlarga, ko’rsatilgan xizmatlarga soliq solish(
215-modda);
-xalqaro yo’nalishda tashishlarga soliq solish(216-modda);
-aholiga ko’rsatilayotgan kommunal xizmatlarga soliq solish(217-modda);
-hisobga olinadigan soliq summasi(218-modda);
-hisobga olinmaydigan soliq summasi(219-modda);
-hisobga olinadigan soliq summalariga tuzatish kiritish(220-modda);
-soliq solinmaydigan realizatsiya qilish oboroti mavjud bo’lgan taqdirda,
soliqni hisobga o’tkazish tartibi(221-modda);
-hisobvaraq-faktura(222-modda);
-soliq davri. Hisobot davri (223-modda);
-soliqni hisoblab chiqarish tartibi(224-modda);
-soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi(225-modda);
-soliq to’lash tartibi(226-modda);
-hisobga olinadigan soliq summasi hisobot davrida hisoblab chiqarilgan soliq
summasidan oshib ketgan taqdirda, byudjet bilan o’zaro munosabatlar(227-
modda);
-soliq summasini qaytarib berish tartibi(228-modda).
Qo’shilgan qiymat solig’i munosabatlarini tartibga soluvchi soliq to’g’risidagi
qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 5-moddasida belgilangan
printsiplar asosida qabul qilinadi.
|