Qo’shilgan qiymat solig’ining summasini hisobga olish uchun bajarilishi
lozim bo’lgan shartlar
20
t/r
Qo’shilgan qiymat solig’ining summasini hisobga olish uchun bajarilishi lozim
bo’lgan shartlar
1
tovarlarni oluvchi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi bo’lsa
2
tovarlardan soliq solinadigan oborotlar, shu jumladan nol darajali stavka
qo’llaniladigan oborotlar maqsadida foydalanilsa
3
olingan tovarlarga etkazib beruvchi tomonidan yozilgan hisobvaraq-faktura yoki
taqdim etiladigan qo’shilgan qiymat solig’i alohida ajratib ko’rsatilgan boshqa hujjat
mavjud bo’lsa
4
tovarlar import qilinganda qo’shilgan qiymat solig’i byudjetga to’langan bo’lsa.
Agar import qilingan tovarlar bo’yicha soliqni byudjetga to’lashdan ozod etish
tarzida bo’shagan mablag’larni aniq maqsadlarga yo’naltirish sharti bilan imtiyoz
berilgan bo’lsa ham qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinadi
5
Norezident uchun qo’shilgan qiymat solig’i byudjetga to’langan bo’lsa
6
nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib
oluvchi (to’lovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq
to’langanligini tasdiqlovchi bank hujjatidan ko’chirma mavjud bo’lsa.
Nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga
realizatsiya qilish oboroti maqsadida foydalaniladiganda ham to’langan qo’shilgan
qiymat solig’i hisobga olinadi. Ammo, haqiqatda olingan tovarlar bo’yicha
to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i eksportidan bank hisobvarag’iga
kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi. Amaliyotda eksportga
sotilgan tovarlar uchun valyuta mablag’i vositachilarning bank hisob varag’iga
kelib tushushi mumkin. Bunday hollarda, hisobga olinuvchi qo’shilgan qiymat
solig’i vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq to’lovchining hisobvarag’iga
20
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси асосида тайёрланган.
52
kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi.
Kafolatli muddati davrida sotilgan tovarlarni ta’mirlash va texnik xizmat
ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha haq olmasdan ishlar bajarilganda, xizmatlar
ko’rsatilganda moddiy resurslar bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan
qiymat solig’i summasi hisobga olinadi. Albatta, moddiy resurslarni sotgan shaxs
qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lishi lozim.
Komitent, topshiriq beruvchi O’zbekiston Respublikasining norezidenti
bo’lsa, import qilishda to’langan qo’shilgan qiymat solig’i hisobot davrida
realizatsiya qilingan tovarlar ulushida hisobga olinadi.
Soliq to’lovchi hisobot davrida umumbelgilangan soliqlarni to’lashga yoki
qo’shilgan qiymat solig’ini ixtiyoriy to’lashga o’tishi mumkin. Bunday hollarda,
yuridik shaxs umumbelgilangan soliqlarni to’lashga yoki qo’shilgan qiymat
solig’ini ixtiyoriy to’lashga o’tilgan paytdan e’tiboran tovarlarning qoldiqlari
bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish huquqiga ega bo’ladi.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlar bekor qilinganda,
qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan vaqtdan
soliq to’lovchida hisobga olish huquqi paydo bo’ladi.
Bir vaqtda, soliq solinadigan va soliq solinmaydigan oborot mavjud
bo’lganda, soliq solinadigan oborotga, shu jumladan nol darajali stavka bo’yicha
soliq solinadigan oborotga, shuningdek yuridik shaxsning o’z ehtiyojlari uchun,
xarajatlar sifatida qaraladigan oborotga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat solig’i
summasi hisobga olinadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 219-moddaasida hisobga
olinmaydigan qo’shilgan qiymat solig’i summalari bayon qilingan. Ularga
quyidagilar kiradi:
-qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lmagan yuridik shaxslar tomonidan,
shuningdek qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar ishlab chiqaruvchi
yuridik shaxslar tomonidan foydalanish uchun olingan tovarlar bo’yicha;
-olinayotgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan
53
ob’ektlar bo’yicha, shuningdek moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berish
uchun olinayotgan mol-mulk bo’yicha;
-O’zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof
etilmaydigan tovarlar bo’yicha;
-tekinga olingan tovarlar bo’yicha;
-chegirib tashlanmaydigan xarajatlarni amalga oshirish maqsadida olingan
mol-mulk bo’yicha
21
.
Ilgari hisobga olingan qo’shilgan qiymat solig’i summalari ayrim holatlarda
hisobga olishdan chiqarib tashlanadi. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:
- soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o’tganda ilgari hisobga olingan
tovar-moddiy zaxiralar, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari bo’yicha;
-qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar ishlab chiqarish uchun
foydalanilayotgan tovarlar bo’yicha;
-vakolatli organ, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan tasdiqlangan
normalardan ortiqcha moddiy resurslar bo’yicha yo’qotishlar bo’yicha;
-qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash bo’yicha imtiyoz berilganligi munosabati
bilan soliq solinmaydigan oborotlar yuzaga kelgan hollarda.
Kalendar yil qo’shilgan qiymat solig’i uchun soliq davri, hisobot davri esa
quyidagicha aniqlanadi:
-qo’shilgan qiymat solig’i to’laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar
uchun — yil choragi;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar
uchun — bir oy.
Hisobot davri uchun qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari o’zlarining soliq
majburiyatlari bo’yicha hisobot topshiradilar. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha
soliq hisob-kitobi hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib
boruvchi yakun bilan topshiradilar. Soliq hisob-kitoblarini topshirish muddati
korxonaning mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirishi yoki
21
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси асосида тайёрланган.
54
kirmasligiga qarab o’zgaradi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar hisoblanmagan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar tomonidan oyma-oy - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-
kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot
topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar esa soliq hisob-kitoblarini yilning har
choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari
bo’yicha - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda topshiradilar.
Soliq hisob-kitoblariga soliq davri mobaynida olingan tovarlar hamda
realizatsiya qilingan tovarlar bo’yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini ilova qiladi.
Hisobvaraq-faktura qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi. Unda quyidagi
ma’lumotlar yoritilishitalab qilinadi:
- hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi;
-hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar jo’natish hujjatlarining yoki
shartnomaning raqami va sanasi;
- soliq to’lovchining va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchining nomi,
joylashgan eri (pochta manzili) hamda identifikatsiya raqami;
-realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, ko’rsatilgan
xizmatlarning nomi va o’lchov birliklari (ularni ko’rsatishning imkoniyati bo’lsa);
-o’lchov birligidan (ularni ko’rsatishning imkoniyati bo’lsa) kelib chiqqan
holda realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, ko’rsatilgan
xizmatlarning hisobvaraq-faktura bo’yicha soni (hajmi);
-shartnoma (kontrakt) bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olmagan
holda, qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga
solinadigan narxlar (tariflar) qo’llanilgan taqdirda esa, soliq summasini hisobga
olgan holda o’lchov birligiga to’g’ri keladigan narx (tarif);
-realizatsiya qilinayotgan tovarlar, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan
xizmatlar jami sonining (hajmining) qo’shilgan qiymat solig’isiz qiymati;
-aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’ining stavkasi va summasi;
55
- tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotib oluvchisiga taqdim etilayotgan
qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va summasi;
-transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq stavkasi va summasi;
-realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar jami
sonining (hajmining) aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i,
qo’shilgan qiymat solig’i hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan qiymati.
22
hisobvaraq-faktura quyidagi hollarda taqdim etilmaydi:
- yo’lovchilar tashishni yo’l chiptalari bilan rasmiylashtirish;
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda
sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki,
kvitantsiya berish;
-tovarlarning eksport-import tarzida etkazib berilishini rasmiylashtirish;
- qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy
ijara shartnomasi bo’yicha mol-mulkni topshirish;
- bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma berish
orqali rasmiylashtirish;
- sug’urta xizmatlarini topshiriq shartnomasi va (yoki) sug’urta polisi orqali
rasmiylashtirish.
2013 yilda firma tomonidan 1061.46 mln.so’m qo’shilgan qiymat solig’i
hisoblangan. Ammo, mazkur hisobot davrida sotib olingan tovarlarga to’g’ri
keluvchi, hisobga olinadigan, to’langan qo’shilgan qiymat solig’i summasi ham
mavjud bo’lgan. Uning summasi 203.45 mln.so’mni tashkil qilgan. Shu sababli,
2013 yilda byudjetga 858.01 mln.so’m qo’shilgan qiymat solig’i to’langan. 2014
yilda firmaning jami hisoblagan qo’shilgan qiymat solig’i summasi1416
mln.so’mni tashkil qilgan. Hisobga olinuvchi qo’shilgan qiymat solig’i summasi
22
Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодекси. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами,
2007 й., 52 (i)-сон
56
269.90mln.so’mni tashkil qilgani uchun, byudjetga faqat 1146mln.so’m qo’shilgan
qiymat solig’i to’langan. 4-jadvalga qarang.
4-jadval
Dostları ilə paylaş: |