3.2.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’ini
hisoblash va to’lash tartibini rivojlantirish
Respublikamiz soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’i respublikamiz
mustaqilligini dastlabki yillaridan amalga joriy qilingan. Bugungi kunga qadar
mazkur soliq turini undirish mexanizmi doimiy takomillashtirib kelinmoqda.
Qo’shilgan qiymat solig’ini undirish borasida chet mamlakatlar tajribasini
o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, respublikamizda undiriluvchi qo’shilgan qiymat
solig’ini undirish mexanizmi asosan xalqaro talablarga javob beradi.
Shunday bo’lishiga qaramasdan, qo’shigan qiymat solig’ini hisoblash va
to’lash jarayonlarida echilishi lozim bo’lgan muammoalar mavjud. Bu muammolar
respublikamiz milliy iqtisodiyotining rivojlanib borishi hamda soliq tizimi ham
davr talabiga mos takomillashtirilish zarurati bilan bevosita bog’liq.
Bugungi kunda, qo’shilgan qiymat solig’ini soliq solish ob’ektini haqqoniy
62
hisobini yuritish borasida talaygina muammoalar mavjud. Qo’shilgan qiymat
solig’i to’lovchisi hisoblangan ko’plab korxona va tashkilotlar aholiga xizmat
ko’rsatish bilan shug’illanishadilar. Shulardan ayrimlari aholidan ko’rsatilgan
xizmat uchun olgan to’lovlar miqdorini noma’lum sabablarga ko’ra kamaytirib
hisobga olishadilar. Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o’rtasida
bajariladigan ishlarning bozor bahosi emas, kelishilgan narxlarni qo’llashga
harakat qilishadilar. Oqibatda, davlat byudjetiga to’lanishi lozim bo’lgan
qo’shilgan qiymat solig’i summasi kamayadi.
Qo’shilag qiymat solig’i bilovsita soliqligi va u oxirgi iste’molchidan
undirilishini bilamiz. Ammo, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari oxirgi
iste’molchiga xizmat qiluvchi asosiy tashkilotlardan biridir. Amaldagi soliq
qonunchiligiga asosan, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq
to’lovi to’lovchilari hisoblanishadilar. Ularga umumiy belgilangan soliqlarni
to’lash tizimiga o’tish ruhsat berilmaydi.
Jahonning rivojlangan davlatlarida savdo korxonalari qo’shilgan qiymat
solig’ini, iste’mol solig’ini to’lashadilar.
Yuqoridagilarga asoslanib, respublikamizda faoliyat yurituvchi savdo
korxonalari uchun qo’shilgan qiymat solig’ini joriy qilish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 205-moddasida soliq
to’lovchining qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq solinadigan bazasiga
quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
1) tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o’zgarganda;
3) narxlar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
4) bajarilgan ishlardan, ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda, deb
belgilangan.
Nazarimizda, soliq solinadigan bazaga o’zgartirishlar kiritish holatlarining
to’rtinchi banadi “narxlar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan)
foydalanganda” qismi soliq amaliyotiga to’g’ri kelmaydi. Chunki, sotuvchi va
63
xaridor oldin tovar bahosini kelishadi, zarur bo’lgan skidkalarni beradi, keyin
sotilgan tovar uchun hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. Shu sababli,
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 205 moddasi, 3 qismini quyidagicha
qayta tahrir qilish taklif qilinadi: “tovarlar narxi o’zgarganda”.
O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 208-moddasida(“Soliqdan ozod
etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti”), 15 bandi
3-qismida quyidagi mazmunda soliq imtiyozi berilgan: “turistik-ekskursiya
xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar ko’rsatish
uchun yo’llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya
xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko’rsatish
shartnomasida belgilangan transportda xizmat ko’rsatishdan, yashab turishga,
ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini
tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat bo’ladi”. Nazarimizda,
qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan ushbu soliq imtiyozi maqsadga
muvofiq emas. Chunki, turistik-ekskursiya xizmatlaridan aholining boy
taminlangan qismi foydalanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan
ushbu imtiyozni olib tashlanishi soliqning qaytataqsimlash funktsiyasining
samarasi yanada oshgan bo’ladi.
Bugungi kunda, Hukumatimiz tomonidan respublikada kichik biznesni
rivojlantirish borasida ko’plab ishlar qilinmoqda. Kichik biznesni rivojlanishi
uchun bir-qator soliq imtiyozlari berilgan. Tadbirkorlar respublikada ishlab
chiqarishni tashkil qilish uchun ularga texnologik liniyalar, uskunalar zarur
bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208 moddasida kodeksining
208-moddasida(“Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish oboroti”), 34 bandida investor va davlat mulkini boshqarish
bo’yicha vakolatli davlat organi o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya
majburiyatlari sifatida topshirilayotgan mol-mulk qo’shilgan qiymat solig’idan
ozod qilinganligi bayon qilingan. Bundan tashqari 211 – modda, 7 banda:
O’zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan
64
ro’yxat bo’yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek
butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni etkazib berish texnologik
asbob-uskunalarni etkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo’lsa,
import bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinishi belgilangan. . Import
qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e’tiboran uch yil
mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur
imtiyozning amal qilishi qo’shilgan qiymat solig’i to’lash bo’yicha majburiyatlar
tiklangan holda bekor qilinadi, deb belgilangan.
Ammo, kichik biznes sub’ektlari o’zlari ixtiyoriy ravishda chet mamlakatlar
bilan shartoma tuzib, o’zlariga kerakli bo’lgan ishlab chiqarish texnalogiyalarini,
uskunalarni respublikaga olib kelishi mumkin. Shu sababli, O’zbekiston
Respublikasi soliq kodeksining 208-moddasiga(“Soliqdan ozod etiladigan
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti”) quyidagi mazmundagi
qo’shimcha qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: “ kichik biznesni tashkil
qilish maqsadida, tadbirkorlar tomonidan chetdan olib kiritiluvchi ishlab chiqarish
texnalogiyalari va uskunalar qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi”.
Yuqoridagilarga asoslanib, xulosa sifatida quyidagilar taklif qilinadi:
1.aholiga naqd pulga xizmat kursatuvchi, qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchi
korxonalar tomonidan xizmat haqini to’liqligicha hisobga olinishi ustidan
nazoratni kuchaytirish zarur.
2. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 205 moddasi, 3 qismini
quyidagicha qayta tahrir qilish taklif qilinadi: “tovarlar narxi o’zgarganda”.
3. qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan ushbu soliq imtiyozining
maqsadga muvofiq emasligi sababli, O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining
208-moddasida(“Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish oboroti”), 15 bandi 3-qismida belgilangan soliq imtiyozi:
“turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik
xizmatlar ko’rsatish uchun yo’llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan
barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari
65
turistik xizmatlar ko’rsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat
ko’rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya
xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan
iborat bo’ladi”ni bekor qilish.
4. O’zbekiston respublikasi Soliq kodeksi 211 – moddasiga quyidagi
mazmunda qo’shimcha qilish: “ kichik biznesni tashkil qilish maqsadida,
tadbirkorlar tomonidan chetdan olib kiritiluvchi ishlab chiqarish texnalogiyalari va
uskunalar qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi”.
Dostları ilə paylaş: |