57
hisob-kitobini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan korxona va
tashkilotlar tomonidan -har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan
kechiktirmay.
Xulosa qilib aytganda, qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan baza va
belgilangan stavka asosida aniqlanadi.
Bugungi kunda, qo’shilgan qiymat solig’i 20% da va 0% da soliqqa tortiladi.
Davlat byudetiga hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’i va ilgari to’langan,
hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat soliqlari o’rtasidagi farq to’lanadi.
Tovarlarni sotib olishda to’langan qo’shilgan qiymat solig’i keyinchalik
mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilsa, qo’shilgan qiymat solig’ini byudjetga
to’lanadigan qismini aniqlashda hisobga olinadi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq hisob-kitoblarini har-chorakda
taqdim qilishadilar. Soliq to’lovlarini ham har chorakda amalga oshiradilar.
Mikrofirma va kichik korxona toifasiga kirmagan korxonalar soliq
hisobotlarini oyma-oy taqdim qilishadilar. Soliq to’lovlarini ham har oyda amalga
oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: