49
realizatsiya qilinayotgan tovarlarning ishlarning, xizmatlarning qiymati asosida
aniqlanadi. Soliq solish bazasi sifatida belgilangan tovarlarning realizatsiya qilish
qiymatiga qo’shilgan qiymat solig’i summasini kiritmaydi.
Tovarlar o’zlarining ishlab chiqarish tannarxidan yoki tovarlarni sotib olish
bahosidan past narxlarda realizatsiya qilinganda ularning tannarxi yoki xarid qilib
olingan qiymati soliq solish bazasi sifatida qabul qilinadi.
Import qilingan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza tovarlarning bojxona
qiymati, import qilishda to’lanishi lozim bo’lgan aktsiz solig’i summasi hamda
bojxona bojlarining summalari yig’indisidan shakllanadi.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha 4 toifadagi soliq imtiyozlari mavjud:
soliqdan ozod etiladigan tovarlarni realizatsiya qilish oboroti; soliqdan ozod
qilinadigan moliyaviy xizmatlar; soliqdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari;
soliqdan ozod qilinadigan import.
Soliq imtiyozlari qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solish bazasini
kamayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: