Soliqlar va soliqqa tortish


Qo’shilgan qiymat solig’inining soliq solish bazasini aniqlash tartibi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/31
tarix27.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#149551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
qoshilgan qiymat soligini hisoblash va tolash tartibi

2.2.
Qo’shilgan qiymat solig’inining soliq solish bazasini aniqlash tartibi
Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq solinadigan bazasi realizatsiya 
qilinayotgan tovarlarning ishlarning, xizmatlarning qiymati asosida aniqlanadi. 
Soliq solish bazasi sifatida belgilangan tovarlarning realizatsiya qilish qiymatiga
qo’shilgan qiymat solig’i summasini kiritmaydi. 
Ayrim hollarda, tovarlar o’zlarining ishlab chiqarish tannarxidan yoki 
tovarlarni sotib olish bahodan past narxlarda realizatsiya qilinishi mumkin. 
Bunga misol qilib quyidagi holatlarni keltirishimiz mumkin:
- tovarlar korxonaning o’z ehtiyojlari uchun ishlab chiqrish tannarxidan past 
bahoda yoki tekinga berilishi; 
-bozorni egallash maqsadida, tovarlar ishlab chiqarish tannarxidan past 
bo’lgan bahoda sotilishi; 
-boshqa sabablarga ko’ra tovarlar o’zga shaxslarga tekinga- yordam tariqasida 
berilishi mumkin.
Tovarning tannarxdan past bo’lgan bahoda yoki tekinga berilgan holatlarda,
soliq solish bazasiga berilgan tovarlarning tannarxi, sotib olingan tovarlarining 
xarid qiymati soliq solish bazasiga kiritiladi. 
Qayta ishlashga berilgan tovarlardan qo’shilgan qiymat solig’i hisoblashda,
soliq solish bazasi quyidagi omillar ta’sirida shakllanadi: 
-
soliq solinadigan baza qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmagan holda ularni 
qayta ishlash xizmatlarining qiymati asosida; 
-
aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha esa, ularni qayta ishlash xizmatlari 
qiymati asosida hisoblab chiqarilgan aktsiz solig’ini hisobga olgan holda 
belgilanadi. 


43 
Qurilish, ta’mirlash-qurilish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, loyiha-
qidiruv va ilmiy ishlar xizmatlar bo’yicha soliq solish bazasini aniqlashda ularning 
shartnomaviy narxlaridan kelib chiqiladi. Bajarilgan va buyurtmachi tomonidan 
tasdiqlangan ishlarning, xizmatlarning qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan 
qiymati soliq solinadigan baza uchun qabul qilinadi. Qurilish ishlari 
buyurtmachining materiallar bilan ta’minlana bo’lsa, materiallarga bo’lgan mulk 
huquqi kimda bo’lganligiga qarab soliq solish bazasi o’zgaradi. Agar material 
bilan taminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida bo’lsa va ushbu 
materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan 
hollarda, soliq solish bazasiga buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan 
holda hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan tovarlar realizatsiya 
qilinganda, soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qo’shilgan 
qiymat solig’i kiritilmagan qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Aytish 
joizki, soliq solinadigan baza tovar import qilinganda qo’shilgan qiymat solig’ini 
hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan qiymatdan past bo’lishiga ruhsat 
berilmaydi. Import qilingan tovarlar uchun belgilanuvchi soliq solish bazasi 
summasiga aktsiz solig’ining summasi kiritiladi.
Korxonaga tegishli bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar o’zoq 
muddatga xizmat qiluvchi aktivlar hisoblanadi. Xizmat muddati davomida 
ularning qiymati ammortizatsiya qilinadi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
realizatsiyasi bo’yicha soliq solinadigan baza, ularning realizatsiya qilish narxi 
bilan qoldiq qiymati o’rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi. Soliq solinadigan 
baza qo’shilgan qiymat solig’i summasini ham o’z ichiga oladigan. 
Mol-mulk moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berilganda, soliq solish 
bazasini aniqlashning quyida ko’rsatilgan o’ziga xos xususiyatlari mavjud: 
- soliq solinadigan baza qo’shilgan qiymat solig’i summasini o’z ichiga oladi; 
- chiqib ketayotgan aktiv qiymati bilan uning balans (qoldiq) qiymati 
o’rtasidagi ijobiy farq soliq solish bazasi sifatida qabul qilinadi;


44 
- soliq to’lovchi tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar moliyaviy ijaraga 
(lizingga) berilganda esa, qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga oladigan, chiqib 
ketayotgan aktivning qiymati soliq solinadigan baza sifatida qabul qilinadi; 
- chiqib ketayotgan, o’zi ishlab chiqargan tovarlar qiymati buxgalteriya hisobi 
to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. Bunda, moliyaviy ijara ijaraga 
beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv sifatida e’tirof etiladigan summa 
miqdorida belgilanadi.
Qurilishi tugallanmagan ob’ekt realizatsiyasi bo’yicha soliq solish bazasini 
aniqlashning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
- soliq solinadigan baza qo’shilgan qiymat solig’i summasini o’z ichiga oladi; 
-soliq solish bazasi qurilishi tugallanmagan ob’ektni realizatsiya qilish narxi 
bilan balans qiymati o’rtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi.
Garov bilan ta’minlangan majburiyatni qoplash hisobiga olingan mol-mulk 
realizatsiyasi bo’yicha soliq solinadigan baza quyidagicha aniqlanadi: 
-soliq solish bazasi qo’shilgan qiymat solig’i summasini o’z ichiga oladi; 
-soliq solinadigan baza realizatsiya qilish narxi bilan olingan qarz summasi 
o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Ayrim tovarlar, xizmatlar va ishlarning baholari davlat tomonidan tartibga 
solinadi. Bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasining soliq solinadigan 
bazasi davlat tomonidan tasdiqlangan baholardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuridik shaxslar tomonidan o’z xodimlari va ularning oila a’zolari uchun, 
soliq solinmaydigan oborotlar hisoblanuvchi chiptalar, abonementlar, yo’llanmalar 
va xizmatlar olishga huquq beruvchi boshqa hujjatlar realizatsiya qilingan 
holatlarda, soliq solinadigan baza qo’shilgan qiymat solig’i summasini o’z ichiga 
oladigan, realizatsiya qilish bahosi va ularni olish bahosi o’rtasidagi ijobiy farq 
sifatida aniqlanadi.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisobga olish nazarda tutilmagan mol-
mulk realizatsiya qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza qo’shilgan qiymat 
solig’i summasini o’z ichiga oladigan, uni chiqib ketish qiymati bilan balans 


45 
qiymati o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. 
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo’yicha xizmatlar realizatsiyasi 
bo’yicha soliq solish bazasi qo’shilgan qiymat solig’i summasini o’z ichiga olgan 
holda, olinishi lozim bo’lgan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Vositachi tashkilotlar boshqa shartnoma asosida o’zga shaxsning 
manfaatlarini ko’zlab vositachilik xizmatlari ko’rsatishi mumkin. Bunday 
holatlarda, qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq solinadigan baza qo’shilgan 
qiymat solig’i summasini o’z ichiga olgan holda, ko’rsatilgan xizmatlar uchun haq
tariqasida olinishi lozim bo’lgan summadan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Komitent O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan hollarda, soliq 
solinadigan baza ichiga qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmay aniqlanadi. Bunda 
soliq solinadigan baza tovar import qilinganida qo’shilgan qiymat solig’ini 
hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan qiymatdan kam bo’lmasligi zarur.
Garov mol-mulkini garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish hisobiga 
topshirganda soliq solish bazasi quyidagicha aniqlanadi: 
- soliq solinadigan baza garovga oluvchi tomonidan realizatsiya qilingan mol-
mulk qiymatidan kelib chiqiladi; 
-soliq solish bazasi qo’shilgan qiymat solig’ini qo’shmagan holda, garovga 
qo’yilgan mol-mulkka olingan zayom mablag’lari summasidan kam bo’lmagan 
miqdorda belgilanadi.
- asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar 
bo’yicha soliq solinadigan bazasi qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga oladi, soliq 
solish bazasi esa ularning realizatsiya qilish narxi bilan balans qiymati o’rtasidagi 
ijobiy farqdan kelib chiqqan holda belgilanadi.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin