9-chizma.
Qo'shilgan qiymat solig'ga tortish tamoyillari
13
Soliq kodeksining mazkur moddagasiga asosan, soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlar soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining
yagonaligi, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq
to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsiplariga mos kelishi zarur.
Soliq solishning majburiyligi printsipi soliqlarning iqtisodiy mohiyatiga mos
keladi. Chunki, har bir shaxs qonuniy joriy qilingan soliqlarni to’lashi shart.
O’zbekiston Respublikasi hududida hech kimning zimmasiga qonuniy
belgilanmagan to’lovlarni to’lash majburiyati yuklanilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 7-moddasida soliq solishning
aniqligi printsipiga quyidagicha sharh berilgan: Soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar aniq bo’lishi kerak. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari har bir soliq
13
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси асосида тузилган
Soliq
qonunchiligining
asosiy printsiplari
majburiyligi
aniqligi
adolatliligi
soliq
tizimining
yagonaligi
soliq
to'g'risidagi
qonun
hujjatlarnin
g oshkoraligi
soliq
to'lovchinig
haqligi
prezumptsiy
asi
32
to’lovchi qaysi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, qachon, qancha miqdorda
hamda qay tartibda to’lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo’lishi
kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilashda, soliq to’lovchilar,
shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari aniqlangan
bo’lishi kerak.
14
9-chizmaga qarang.
Soliq solishning adolatliligi printsipi. Belgilangan soliqlar barcha toifadagi
shaxslar uchun umumiy hisoblanadi. Shuningdek, soliqlar bo’yicha individual
xususiyatga ega bo’lgan imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi. Soliq to’lovlar
bo’yicha imtiyozlar ijtimoiy adolat printsiplariga asosan beriladi. Soliq to’lovlarini
belgilashda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlarga
asoslanmadi.
Soliq
tizimining
yagonaligi
printsipi.
Soliq
tizimi
O’zbekiston
Respublikasining butun hududida yagona soliq tizimi mavjud. Belgilangan soliqlar
barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagona soliq majburiyati yuzaga keltiradi.
Soliqlar O’zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning
(ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada
bo’lishiga to’sqinlik qilmadi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi printsipining mazmuni
shundan iboratki, soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilingandan keyin amalga joriy qilingan, deb
qabul qilinadi.
Soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi. Soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlaridagi echilmagan noaniqliklar soliq to’lovchining foydasiga talqin
qilinadi.
Qo’shilgan qiymat solig’i munosabatlarida soliq to’lovchi hamda vakolatli
davlat idoralari ularga berilgan qonuniy huquq va yuklangan majburiyat asosida
huquqiy munosabatlarga kirishadilar. O’zbekiston Respublikasining Soliq
kodeksining 32- moddasida soliq to’lovchilarning majburiyatlari sifatida
14
Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодекси. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами,
2007 й., 52 (i)-сон
33
quyidagilar belgilangan:
-o’z soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarishi;
- buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;
- soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga
soliqlarlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq hujjatlar hamda
ma’lumotlarni taqdim etishi;
-davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar
olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
-davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonuniy
talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning mansabdor shaxslarini
qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi.
Soliq agentlariga qo’shimcha ravishda quyidagilar soliq ajburiyati sifatida
yuklanadi:
-soliq to’lovchilarga to’lanadigan mablag’lardan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda
byudjetga o’tkazishi;
-soliq to’lovchilarga to’langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda
byudjetga o’tkazilgan soliq to’lovlarning hisobini yuritishi.
Bundan tashqari, soliq to’lovchining zimmasiga soliq majburiyatlarini o’z
vaqtida, to’liqligicha bajarish talab qilinadi. Soliq majburiyatlarining tarkibi
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 34- moddasida quyidagicha
keltirilgan:
-soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni aniqlashi
hamda ularning hisobini yuritishi;
-moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati
organlariga taqdim etishi;
-soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida hamda to’liq miqdorda
to’lashi shart.
Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari vakolatli idoralar bilan soliq
34
munosabatlariga kirishish jarayonida quyidagi huquqlarga asoslanadi:
-davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi
soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi
o’zgarishlar haqida axborot olish;
-o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari
hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish;
-soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o’z manfaatlarini shaxsan yoki o’z
vakili orqali ifoda etish;
-soliq to’lovlari bo’yicha imtiyozlardan foydalanish;
-soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha
to’langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish;
- belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni
to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash;
-soliq majburiyatlarini bajarishda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil
ravishda tuzatish;
-soliq
tekshiruvlari
materiallari
bilan
tanishish
va
tekshiruv
dalolatnomalarini olish;
-soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga
tushuntirishlar berish;
-davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular
mansabdor shaxslarining noqonuniy talablarini bajarmaslik;
-davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari,
ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari ustidan belgilangan tartibda
shikoyat qilish;
-davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga
xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli
etkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.
Xulosa qilib aytganda, qo’shilgan qiymat solig’ini undirish jarayonida soliq
to’lovchi va vakolatli davlat organlari o’rtasida soliq munosabatlari yuzaga
35
keladi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini huquqiy asosini, eng avvalo, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil qiladi.
O’zbekiston respublikasi soliq kodeksi soliq to’lovchilar va vakolatli davlat
idoralar o’rtasida yuzaga keluvchi soliq munosabatlarini tartibga soladi. Soliq
to’lovchilarning huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Soliq kodeksida qo’shilgan qiymat solig’ini undirishning mexanizmi
yaratilgan.
Qo’shilgan qiymat solig’i huquqiy asosini tashkil qiluvchi barcha me’yoriy
hujjatlar soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining
yagonaligi, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq
to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsiplariga mos kelishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |