Sonli ketma-ketliklar



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə20/37
tarix28.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#167158
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
MATEMATIKA MAVZULAR

Ehtimollar nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.


  • Hodisalar.


  • Hodisalar algebrasi.


  • Diskret elementar hodisalar fazosi

    Ehtimollar nazariyasi hozirgi zamon matematikasining muhim, tezlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biridir. Ehtimollar nazariyasi XVII asr o`rtalaridan vujudga kela boshlagan.Bu davrda qimor o`yinlari juda keng tarqalgan bo`lib, bu o`yin yirik olimlarning etiborini ham o`ziga jalb qildi. Bu o`yinlarda kuzatilayotgan hodisalar o`ziga xos qonuniyatlarga bo`ysunishini bilgan Gyuygens, Paskal, Ferma, Ya.Bernuli kabi olimlar bu qonunlarni o`rgandilar va ehtimollar nazariyasiga oid ehtimol, matematik kutilma va shunga o`xshash tushunchalarni kiritdilar.


    Ehtimollar nazariyasining keyingi bosqichidagi rivoji Muavr,Laplas,Gauss,Puasson kabi olimlarning nomlari bilan bog`liq. Ehtimollar nazariyasi rivojida rus matematik olimlari V.YA.Bunyakovskiy. P.L.Chebishev, A.A.Markov, A.M.Lyapunovlarning xizmatlari kattadir. V.Ya.Bunyakovskiyning Rossiyada birinchi bo`lib 1908 yilda yozgan ehtimollar nazariyasidan darsligi ehtimollar nazariyasiga bo`lgan qiziqishning ortishiga turtki bo`ldi.
    Hozirda bu darslik O`zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
    Hozirgi vaqtda ehtimollar nazariyasi bilan shug`ullanuvchilar soni ortib bormoqda.
    Bunga va matematik statistikaga bag`ishlangan jurnal va kitoblar ko`plab chop etilmoqda.
    Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning metodlari ommaviy xizmat ko`rsatish nazariyasi, ishonchlilik nazariyasi, nazariy fizika, biologiya, geografiya, lingvistika, ob-havoni o`rganish, iqtisodiyot va boshqa sohalarida qo`llaniladi.
    Sobiq ittifoqda Moskva, Leningrad, Kiyev, Toshkent, Vilnyus va boshqa shaharlarda jahonga mashhur maktablar mavjud bo`lgan.
    Mashhur olimlar S.N Bernshteyn, A.N.Kolmagorov, V.I.Romanovskiy, A.Ya.Xinchin, D.Dub, B.Feller, G.Kramer, Yu.V.Proxorov, N.V.Smirnov, B.V.Gnedenko, A.A.Borovkov, A.V.Skoroxod, I.A.Ibragimov, T.A.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov, va boshqalar hozirgi zamon ehtimollar nazariyasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo`shdilar va qo`shmoqdalar. Respublikamizda ehtimolchilar maktabi V.I.Romanovskiy va uning shogirdlari T.A.Sarimsoqov va S.X.Sirojiddinovlar va ularning shogirdlari T.A.Azlarov, Sh.Q.Farmonov, A.V.Nagayev, I.S.Badalboyev va boshqalarning nomi bilan bog`liqdir.
    Markov jarayonlarining O`rta Osiyo ob-havosini o`rganishga tatbiqlari uchun 1948 yilda T. A. Sarimsoqov sobiq ittifoq davlat mukofotiga sazovor bo`lgan.
    Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri tajriba va tajriba natijasida kuzatilishi mumkin bo`lgan hodisa tushunchalaridir. Tajriba hodisani ro`yobga keltiruvchi shartlar majmui (shartlar kompleksi) S ning bajarilishini ta`minlashdan iboratdir.


    Yüklə 1,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin