Gerb tomon tushishlar soni
|
|
Nisbiy chastota
|
|
|
4.040
|
2.048
|
0.5069
|
12.000
|
6.019
|
0.5016
|
24.000
|
12.012
|
0.5005
|
Bu tajribalarda W(A) nisbiy chastota o’zgarmas r=0.5 soni atrofida tebranayapti, shu 0,5 son tanga tashlashda «gerb» tomon tushishi hodisasining ehtimoli sifatida olinishi tabiiydir.
Umuman, agar tajribalar soni etarlicha ko’p bo’lib, shu tajribalarda qaralayotgan A hodisaning ro’y berishi nisbiy chastotasi -W(A) biror o’zgarmas re[0;l] son atrofida turg’un ravishda tebransa, shu R sonni A hodisaning ro’y berish ehtimoli deb qabul qilamiz. Bunday usulda aniqlangan ehtimol hodisaning statistik ehtimoli deyiladi.
Ba’zan geometrik mulohazalarga asoslangan masalalarda ehtimolning geometrik ta’rifi qo’llaniladi. Ushbu ta’rifni bayon qilishga o’tamiz.
Biror G soha berilgan bo’lib, bu soha g sohani o’z ichiga olsin. G sohaga tavakkaliga tashlangan nuqtaning g sohaga xam tushish ehtimolini topish talab etilsin. Bu erda Q elementar hodisalar fazosi G ning barcha nuqtalaridan iborat va cheksizdir. Shuning uchun, bu holda klassik ta’rifdan foydalana olmaymiz. Tashlangan nuqta G ga tushish ehtimoli shu g qismining oTchoviga (uzunligiga, yuziga, hajmiga) proportsional bo Tib, g ning shakliga va g ni G sohaning qaerida joylashganligiga bog’liq bo’lmasin. Bu shartlarda qaralayotgan hodisaning ehtimoli
G ning ulchovi
R —
G ning ulchovi
formula yordamida aniqlanadi. Bu formula yordamida aniqlangan R ehtimollik ehtimolning barcha xossalarini qanoatlantiradi.
Misol. Radiusi R bo’lgan doira ichiga tavakkaliga nuqta tashlangan. Tashlangan nuqta doiraga ichki chizilgan:
kvadrat ichiga:
muntazam uchburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. Nuqtaning yassi figuraga tushishi ehtimoli bu figuraning yuziga proportsional bo Tib, uning joylashishiga esa bog’liq emas deb faraz qilinadi.
Ehtimollar nazariyasi fani - matematik fan bo’lib, uning predmeti bir xil shart - sharoitlarda ko’p marta takrorlanuvchi tasodifiy hodisalaming ehtimoliy qonuniyatlarini o’rganishdan iborat.
Tasodifiy hodisalar bo’ysunadigan qonuniyatlami bilish, shu hodisalaming qanday kechishini avvaldan ko’ra bilish imkonini beradi.
Ehtimollar nazariyasi fanining metodlari hozirgi davrda amaliyotning turli sohalarida, jumladan, iqtisodiyot sohasida ham keng samarali qo’Hanilmoqda.
Tasodifiylik bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda, bu jarayonlarning kechishini bashorat qilishda, hamda ma’qul iqtisodiy echimlar qabul qilishda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining ahamiyati kattadir.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani usullari makro va mikro- iqtisodiyotni rejalashtirish va tashkil etishda, turli texnologik jarayonlarni tahlil etishda, mahsulot sifatini nazorat qilishda, ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasida va boshqa ko’plab sohalarda o’z tadbiqlarini topmoqda. Ehtimollar nazariyasida hodisalar ustida qo’shish va ko’paytirish amallari bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi, quyida shu amallarni ta’riflaymiz.
Ta’rif. Ikkita A va V hodisalarning yig’indisi (birlashmasi) deb, A yoki V ning, yoki ikkalasining ham ro’y berishidan iborat S=A+V hodisaga aytiladi.
Qisqacha qilib aytganda, A+V yig’indi A va V hodisalarning kamida bittasining ro’y berishini ifodalaydi.
Xuddi yuqoridagi ta’rif kabi Ai + A2 +. . . + An yig’indi deganda, A, , A2, ...Anhodisalarning kamida bittasining ro’y berishi tushuniladi.
Masalan. A={I merganning nishonga tekkizishi},
V={II merganning nishonga tekkizishi} bo’lsin. U holda, A+V hodisa, yoki I merganning, yoki II merganning, yoki ikkalasining ham nishonga tekkizishidan iborat hodisani bildiradi.
Agar A va V hodisalar birgalikda bo’lmasa, u holda A+V yig’indi shu hodisalardan qaysinisi bo’Isa ham, birining ro’y berishidan iboratdir.
Ta’rif. A va V hodisalarning ko’paytmasi (kesishmasi) deb, shu hodisalarning birgalikda ro’y berishidan iborat S=A V hodisaga aytiladi.
Ushbu ta’rif ikkitadan ortiq bir nechta hodisalar ko’paytmasi uchun ham yuqoridagidek umumlashtiriladi.
Yuqorida keltirilgan misolda AV hodisa ikkala merganning ham nishonga tekkizishini bildiradi.
Hodisalar ustida bajariladigan qo’shish va ko’paytirish amallarini quyidagi shaklda geometrik izohlash mum kin.
HECH BO‘LMAGANDA BITTA HODISANING RO‘Y BERISH EHTIMOLLIGI.
Reja:
Kombinatorika elementlari.
Ehtimolliklar nazariyasining predmeti.
Tasoddifiy hodisalar ustida amallar.
Hodisa ehtimolligining ta’riflari.
Dostları ilə paylaş: |