auksion obyekti – auksion orqali sotiladigan mulk yoki huquq;
auksion qadami – savdoda auksion obyekti boshlang‘ich narxiga nisbatan belgilanadigan foiz;
auksionning salohiyatli g‘olibi – auksion g‘olibidan bir qadam past narx taklifini tasdiqlagan ishtirokchi;
balansda saqlovchi – sotiladigan auksion obyekti biriktirilgan yuridik shaxs;
boshlang‘ich narx – auksion obyektini savdoga qo‘yishda buyurtmachi tomonidan keltirilgan tartibga asosan belgilangan narx;
buyurtma – buyurtmachining auksion obyektini sotish bo‘yicha auksionni tashkil etish va o‘tkazib berishni so‘rab savdo platformasi orqali operatorga yuborgan elektron murojaati;
buyurtmachi – auksion obyektini sotish bo‘yicha savdo platformasida auksionni tashkil etish va o‘tkazib berish haqida buyurtma yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
zakalat – ishtirokchi tomonidan auksionda qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida kiritiladigan pul mablag‘lari;
ishtirokchi – savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs;
lot – buyurtmachi tomonidan auksion yoki tanlovda sotish uchun savdoga qo‘yilgan obyekt;
lotga oid axborot – auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar;
obyektning baholangan qiymati – auksion obyektini baholash haqidagi hisobotda (baholash talab etilmaydigan holatlardan tashqari) ko‘rsatilgan qiymat;
savdo tashkilotchisi – savdo platformasida auksionni tashkil etish hamda o‘tkazish vakolati berilgan "REZOLYUT TRANS TRADING" MCHJ;
takroriy auksion– auksion o‘tkazilmagan deb topilgan hamda natijalari bekor qilinganda, qaytadan o‘tkaziladigan auksion;
talabgor – savdolarda ishtirok etish istagini bildirgan va “Savdo tashkilotchisi”ning savdo platformasida ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;