Sonli ommaviy oferta


Shartnomaning amal qilish muddati



Yüklə 29,21 Kb.
səhifə8/10
tarix14.06.2023
ölçüsü29,21 Kb.
#130264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
oferta

6. Shartnomaning amal qilish muddati.
6.1. Shartnoma jismoniy va yuridik shaxs tomonidan ushbu “Ommaviy oferta” qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi, muddat ko‘rsatilmagan taqdirda esa, noma’lum muddatga tuzilgan hisoblanadi.
6.2. Shartnoma “Savdo tashkilotchisi”ning talabiga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
7. Elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazish tartibi.
7.1. “Savdo tashkilotchisi” tomonidan elektron onlayn-auksion O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 379 hamda 380-sonli moddalariga hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
7.2. Auksion kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
Auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
ishtirokchilardan birontasi obyektni sotib olish bo‘yicha taklif etgan narxini belgilangan bosqichga oshirish yo‘li bilan sotib olish istagini taqdim etiladigan navbatdagi o‘n daqiqa davomida tasdiqlamasa, obyekt uchun birinchi bo‘lib narx taklif etgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi;
agar ishtirokchilardan biri obyektni sotib olish bo‘yicha narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li bilan sotib olishni tasdiqlasa boshqa ishtirokchilarga keyingi narxni tasdiqlash uchun navbatdagi 10 daqiqa vaqt beriladi;
joriy narx oshirilganidan keyin bironta ishtirokchi joriy narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li bilan sotib olishni tasdiqlamasa, sotib olishni oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi g‘olib deb e’tirof etiladi.
7.3. Auksion xabarnomada ko‘rsatilgan sanada soat 11:00 da (GMT+5) boshlanadi, lot savdodan qaytarib olingan hollar bundan mustasno.
7.4. Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlanishidan o‘ttiz daqiqa oldin savdo platformasida avtomatik rejimda auksion boshlanishi to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
7.5. Savdo platformasida avtomatik ravishda lotni boshlang‘ich narxdan bitta auksion qadamiga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni e’lon qilish bilan boshlanadi (qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
7.6. Auksion qadami:
auksion obyekti boshlang‘ich qiymatining o‘n foizini;
obyektning boshlang‘ich qiymati auksion o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomani joylashtirish paytidagi BHMning ikki ming baravaridan ortiq bo‘lganda, auksion qadami auksion obyektining boshlang‘ich qiymatidan besh foizni tashkil etadi (ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Agar takroriy o‘tkaziladigan auksionlarda obyektning boshlang‘ich narxi BHMning ikki ming baravaridan pasaygan holda, auksion qadami mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7.7. Auksion kuni soat 11:00 dan boshlab taklifni tasdiqlash uchun oldingi taklif tasdiqlangan vaqtdan boshlab o‘n daqiqadan vaqt beriladi va auksion eng yuqori narx tasdiqlangunga qadar davom etadi.
Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng o‘n daqiqa vaqt davomida navbatdagi taklif tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi va oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
7.8. Tegishli lot bo‘yicha auksion yakunlangach, savdo platformasida avtomatik ravishda auksion yakunlangan vaqt va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
Auksion natijalari to‘g‘risidagi axborotda quyidagilar aks ettiriladi:
lot haqida ma’lumotlar, shu jumladan, uning boshlang‘ich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldingi tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda, auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha narxlar va ularning tasdiqlanish vaqti);
auksion g‘olibining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi.
7.9. Auksion g‘olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lamasa, “Savdo tashkilotchisi” keyingi ish kunidan kechiktirmay auksionning salohiyatli g‘olibiga u tasdiqlagan narxda lotni sotib olishni taklif qiladi.
Auksionning salohiyatli g‘olibi lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb hisoblanadi va unga belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksionning salohiyatli g‘olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lamasa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va salohiyatli g‘olib tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi.
7.10. Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari bo‘yicha auksion g‘olibi tomonidan “Savdo tashkilotchisi”ning xizmat haqi uchun yetarli mablag‘ besh ish kuni ichida to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida buyurtmachi bilan auksion g‘olibi o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi tuziladi (qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Agar auksion g‘olibi besh ish kuni ichida belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksionning salohiyatli g‘olibiga “Savdo tashkilotchisi” xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish kunlik muddat beriladi.
Ushbu muddat davomida salohiyatli g‘olib to‘lovni amalga oshirsa, auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Salohiyatli g‘olib belgilangan to‘lovni muddatida to‘lamagan yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi (bayonnoma rasmiylashtirilgan hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi).
Besh ish kuni ichida belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etgan auksion g‘olibi (salohiyatli g‘olib)ning zakalat miqdori qaytarilmaydi.
Qaytarilmagan zakalat miqdori “Savdo tashkilotchisi” tasarrufida qoladi.
7.11. Auksionni o‘tkazish kunida savdo boshlanish paytidan boshlab soat 18:00 ga (GMT+5) qadar savdo platformasida ishtirokchilardan birontasi sotiladigan auksion obyekti bo‘yicha boshlang‘ich narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li bilan sotib olish istagini tasdiqlamagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
7.12. “Savdo tashkilotchisi” tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan savdolarni tashkil etish uchun hujjatlarni elektron shaklda yig‘ish va texnik baholashdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 29,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin