xabarnoma – savdo platformasida muayyan lot bo‘yicha auksion o‘tkazilishi haqidagi axborot;
xaridor – obyekt qiymatini to‘liq to‘lagan yoki buyurtmachi bilan obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzgan savdolar g‘olibi;
shaxsiy kabinet – buyurtmachi yoki ishtirokchiga auksionlarga buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni ko‘rish hamda “Savdo tashkilotchisi” tomonidan jo‘natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus bo‘limi;
shaxsiy hisobvaraq – savdo platformasi ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan, operatsiyalarni o‘tkazish uchun ishtirokchi va buyurtmachi ro‘yxatdan o‘tganda avtomatik ravishda ochiladigan hisobvaraq;
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda – auksion) – savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini sotish bo‘yicha narxni oshirib yoki tushirib borish tamoyilida onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli;
savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari – qonunchilik hujjatlariga muvofiq obyekt qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi orqali va/yoki auksion g‘olibi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan to‘lanishi belgilangan auksion obyektlari;
savdo platformasidagi texnik uzilish – auksion jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Nizom talablari asosida operatorning xizmat ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi texnik nosozliklar.
2. Shartnoma predmeti va hisob-kitob qilish tartibi. 2.1. “Savdo tashkilotchisi” elektron onlayn-auksionlarni “E-auksionsavdo” elektron savdo platformasida g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkazadi, auksion yoki tanlov g‘olibi (auksionning salohiyatli g‘olibi) esa auksion obyekti qiymatini (“Savdo tashkilotchisi” xizmat haqini) belgilangan muddatlarda to‘liq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.