Sotsial psixologiya


- mavzu.Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə37/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Sotsial psixologiya

16- mavzu.Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot

Reja:

1.Oilada muloqot

2.Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to’siqlar

3.Oilaviy munosabatlar

4.Er-xotin munosabatlarining o’ziga xosligi

5.Er-xotinlik munosabatlari

 

Har qanday jamiyatning madaniy darajasi va ma`naviy



barkamolligi ayollarga bo`lgan munosabat bilan belgilanadi.

Islom Karimov

Oilada muloqot

Odamlar o`rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokati va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og`rig`i, nevroz, insult, infarkt va boshqa turli kasalliklar, shuningdek, ichqilikka, giyohvand moddalarga ruju qo`yish, hatto o`z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o`z xo`jayinining «Menga avval dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so`ng aksincha, eng bemaza, yaramas taomni keltir», — deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo`lishi yoki aksincha, eng fojiali bo`lishi ham mumkin.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy zo`riqish va ta`sirchanligining kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda muloqot madaniyatining yuqori darajada bo`lishini taqazo etadi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin