UAYT MODELI
TASHKI VOKELIK XULQ
1) QO’LNI PAYKASH ____ QO’LNI KUZ BILAN NA’ZORAT QILISH
2) KUZ OLDIDAGI JISM ___ JISM TOMON QO’LNI TEZ HARAKATLANTIRISH
3) KUZ UNGIDAGI JISMGA ___ BARMOQLARNI BUKLASH, JISMNI
QO’L TEGIZISH KISISH UCHUN INTILISH
Tajriba vaziyatlar o’zgarishiga qaramay bir xil tamoyil asosida o’tkazilishi saklanib qolinadi. Uning muhim tomoni shuki, bunda bolalarning usishiga ta’sir etuvchi omillar, vositalar yuzasidan izchil ma’lumotlar tuplashga imkon beradi, taraqqiyotning o’ziga xos xususiyatlariga taalluqli xodisalarni umumlashtirish mumkin bo`ladi.
Taraqqiyot psixologiyasi bo`yicha muloxaza yuritilganda, Tomas Bauerning ko’nikishning pasayishi to’g’risidagi eksperimental metodikasini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Muallif psixologik o’zgarishning uch tomoni majudligini ta’kidlab utadi, ular quyidagilarda o`z ifodasini topadi:
1) gudakning ung tomonidan tovush ko’zgatuvchisining qayta berilishi unda kuz kirini shu ob’ektga yo’naltirishini keltirib chiqaradi, shuningdek, individning yurak urishi chastotasi ortadi:
2) ma’lum vaqt utkandan keyin gudak tovushga kunika boshlaydi, u mazkur yo’nalishga qaramay ham kuyadi, hatto uning yurak urishi chastotasi mu’tadillashib boradi;
3) agarda tovush manbai (ob’ekt) chap tomonga kuchirilsa, u holda bolaga ob’ektga qiziqish uygonadi, natjada uning yurak urishi chastotasi ortadi.
Shunga o’xshash tajribani davom ettirgan Vishart Bauer natijalariga ba’zi bir aniqliklar kiritadi. Buning uchun muallif eshituv harakat va qo’rquv harakat lokalizatsiyasini o’zaro takkoslaydi, binobarin, muvaffakiyat kursatkichini foiz orqali ulchashga erishadi:
OB’EKTLARNING HOLATLARI
|
ESHITUV HARAKAT
|
QO’RQUV HARAKAT
|
30 CHAPDA
|
4,8
|
100
|
O’RTASIDA
|
92
|
98
|
30 UNGDA
|
33,5
|
100
|
Olingan natijalar yarim yeshgacha bolalar rivojining o’ziga xosligi to’g’risida umumlashma bo`lib hisoblanadi. Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, eshituv harakati orqali ular qayta fa’zoviy joylushuvidan, kurish burchagidan kat’iy nazar ob’ektlari idrok qilish, unga o`z munosabatini bildirish qo’rquv, ya’ni kuz harakatiga nisbatan qiyin yekchishi namoyon bo’lmoqda, bu holat boshqa mamlakatlarda o’tkazilgan tajriba natijadariga o’xshab ketadi. Ularning xulosalariga ko’ra, besh oylik, bolalarda jism xajmiga nisbatan moslashish kuchli ekanligi, gudaklarning harakatlari zsa qo’yilgan ob’ektni ushlash, paypaslash, his qilishga yo’nalganligi saklanib qolishi kuzatiladi.
T. Bauer bir yarim yeshli gudaklar barcha jismlarni topish, saralash imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlab, mazkur jarayon turt bosqichda amalga oshirishini uktirib utadi:
1. Xilma-xil vazndagi jismlarga nisbatan differensial reaksiyalar mavjud emas.
2. Har xil vazndagi jismlarga nisbatan differensial reaksiyalar ularni ushlab ko’rgandan keyin vujudga keladi.
3. Jismlarga qo’l tegizish okibatida ularning vazni o’rganmaganligi tasavvur qilganida differensial reaksiyalar hosil bo`ladi.
4. Jismlar uzunligi va vazn bo`yicha tartibga keltirilganda differensial reaksiyalar shakllanadi.
Kognitiv taraqqiyot bosqichlari sxematik tarzda quyidagi ko’rnishga ega, natijalar esa umumlashma xususiyatini kasb etadi.
Sxemadan ko’rinib turibdiki, kognitiv taraqqiyot muayyan reaksiyalar orqali munosabat tarikasida bolaning bilish jarayonlari (sezgisi, idroki harakat yerdamida aks etishi) rivojlanishi xususiyatlari bo`yicha aniq ma’lumotlar tartibga keltirilgan, shuningdek, ulardan kelib chiqadigan xulosalar yakqol ko’zga tashlanadi.
Ingliz psixologlari tekshiruvni yanada ilmiyrok chiqarish maqsadida Mandi Kastl apparatidan foydanadilar. Apparat ekrandan, oralik teshikchadan, markazdan, bola o’rnidan iborat. Uning yerdami bilan bola kuz kirini jismga yo’naltirish, bir joydan ikkinchi joyga, bir tomondan boshqa bir tomonga fa’zoviy o’zgarish yasash orqali tajriba ob’ektivligini oshirishga xizmat qiladi. Undagi optik kurilma yelgiz bir odam tasviriga muljallangan bo`lib, tajriba aniqligi darajasini orttiradi. Masalan, bola besh oyligida onaning harakatini, va turgan joyini xayajon bilan his qila oladi, natijada ko’pchilik onalar xatti-harakati muvofiqlashuvini vujudga keltiradi.
Yo’qoridagi mualliflardan tashkari Grinfild, Nelson, Salsman kabi izlanuvchilar jismlar to’g’risidagi tasavvur rivojlanishining faraziy (gipotetik) izchilligi umumiy kognitiv taraqqiyotning asosiy mezoni sifatida qo’llaganlar. Buning uchun kognitiv harakat-qoidalari, xulq shakllari va ularni takomillashib borishiga alohida ahamiyat berganlar.
Ingliz psixologlarining kognitiv psixologiyaga oid qarashlaridan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
1. Jismlar moxiyatiga nisbatan nizoli vaziyatlarning vujudga kelishi bolalarda ular to’g’risidagi tasavvurlar, qoidalar bilishga oid xatti-harakatlarni takomillashtiradi.
2. Jismlarga oid tasavvurlar, qoidalar, qonuniyatlar, bilishga oid xati-harakatlar o’zaro birlashuvi, umumlashtiruvchi orqali kognitiv taraqqiyot amalga oshadi.
3. Har uchala mezon barcha vaziyatlarda ham ishonchlilik, validlilik va reprezantivlik xususiyatlarini kat’iy saklaydi.
Dostları ilə paylaş: |