Kontent tahlil - so`zlangan nutk matnlari, suhbatlarning yozib olingan qismlari.
Ijtimoiy psixologik testlar - ijtimoiy psixologik xodisa qisqa muddat ichida bir texnik vosita sifatida uning yordamida tekshiriladi.
Kommunikativ – muomala sub’ektlarining o’zaro bir-birlari bilan axborot, hissiy kechinmalar va fikr almashuvini ta’minlaydi.
Interaktiv – o’zaro bir-birlarining xulq-atvorlariga ta’sirlarini belgilovchi muomala ko’rinishi.
Perseptiv – muomalada bir-birlarining fikrlarini aniqrok idrok qilish va baholash.
«Trening"– inglizcha "urgatish, mashk" ma’nosini anglatadi. Bu turli ijtimoiy faoliyat sohalarida shaxsni tayyorlashdan iborat bo`lib, bunda shaxslar va guruhning muloqot darajasini maqsadga muvofiq tarzda oshirish jarayonini aks ettirishdir.
«Breynstorming"– munozaralar yuritishning bir shakli.
Protogonist – o’yin jarayonidagi asosiy shaxslardan biri ijtimoiy psixologik vaziyatlarning markazida turuvchi shaxs.
«Senzitiv"– sezgirlik.
Nazariy senzitivlik – shaxsning o’zidagi goyalar, nazariy qarashlarni o’zgalarning hissiyotlari, fikrlari va harakatlari sharxlash va baholash.
Nomotetik senzitivlik – shaxsning o’zining va o’zgalarni bilish, xulqiga baho berish uchun usha shaxs mansub bo`lgan ijtimoiy guruh vaqilining tipik fazilatlaridan foydalanish.
Idiografik senzitivlik – o’ziga xos so`zdan olingan bo`lib, nomotetikdan fark qiladi va har bir shaxsning o’ziga xos idrok qilish va shunday imkoniyatdan foydalanish qobiliyati.