Sotsial psixologiya



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə46/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Sotsial psixologiya

BIXEVIORIZM QONUNLARI


Bixeviorizm AQSH da yigirmanchi asrda sub’ektiv psixologiyaning predmeti (ong holatini o’rganish) va ilmiy tadkikod metodiga (introspeksiya - o`z-o’zini kuzatish) aevsiz ko’rashuvini sifatida psixologiya faniga kirib keldi. Bixeviorizm namoyondalari psixologik metodlarning ob’ektivligi uchun ko’rashib, introspeksiya ilmiy metod emas, chunki u xech kachon kutilayotgan natijalarni ob’ektiv ravishda qayd (registratsiya) qilish imkoniyatiga ega emas, deb uktiradilar. Ularning fikricha, asosiy narsa insonning nima bilan shug’ullanayotganligini, uning nima to’g’risida uylayotganligini esa ikkinchi darajali muammodir. Psixologiyaning ob’ektiv xakkoniy bo`lishiga da’vat etishi, inson xulqini o’rganishga jur’at qilishi, bixeviorizmning shak-shubxasiz xizmati hisoblanib, XX asrning taraqqiyparvar okimlari orasida mustaxkam joy egalladi.

Ta’lim nazariyasining bixevioristik tamoyillarini (prinsiplarini) ishlab chiqqan olim Eduard Torndayk bo`lib, bunda u uzoq yillar mobaynida xayvonlarni individual (yakkahol) tajriba orttirish (xulq harakatlarini egallash xususiyatlarini tekshirish faoliyatining maxsuliga tayanib ish tutdi. E. Tondaykning xayvonlar bilan boy tajribasi psixologiyada bixevioristik yo’nalishning paydo bo`lishiga negiz sifatida xizmat qilgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan, empirik materiallar pedagogik psixologiya asosining yaratilishiga muhim zamin hozirlaydi. E. Torndaykning xakikiy nuktai nazari asosiy va odatdagi tajriba orttirish (o’rganish) xayvonot olami taraqqiyotining barcha bosqichlarida kariyb bir-biriga o’xshashlikni tan olishdan iboratdir.

E. Torndayk fikricha, ukish jarayoni yuzaga kelgan vaziyatlar bilan muayyan reaksiyalar o’rtasida aniq aloqalar urnatishdan mazkur aloqalarni yanada mustaxkamlashdan iboratdir. U stimul (s) bilan reaksiya (r) o’rtasida namoyon bo`ladigan aloqalarni vujudga keltiruvchi va mustaxkamlovchi muhim qonunlar sifatida mana bo’larni sanab utadi: samara qonuni, takrorlanishlik (mashk qilishlik) qonuni tayorgarlik qonuni.

E. Torndayk samar qonuniga alohida ahamiyat berib, uni mana bunday ta’riflashga harakat qiladi: agarda yuzaga kelgan vaziyat bilan javob reaksiyasi o’rtasidagi aloqa urnatish jarayoni konikish hissi bilan uygunlikka ega bo’lsa, u holda aloqa puxtarok barpo etiladi; mabodo mazkur aloqa konikmaslik tuygusiga ruparu kelsa, uning puxtaligi mumkin kadar pasayadi. Uning fikricha, konikish holati (hissi) deb shuni aytish mumkinki, kachonki organizm uni (aloqani) hosil qilish va saklashga intiladi; konikmaslik tuygusi deb shunday xodisani aytish kerakki, kaysiki bunda organizm undan (aloqadan) chekinishga harakat qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, demak samara ham ijobiy (musbat) ham salbiy (manfiy) bo`lishi mumkin. YUzaga kelgan aloqaning ijobiy samarasi shundan iboratki, konikish kechinmasini his qilish yutuk sari yetaklaydi. Konikish samarasi yuzaga kelgan aloqa bilan bevosita harakat qiladi va uni mustaxkamlanishiga olib keladi yoki aksincha.

E. Torndayk fikricha, takrorlanishlik (mashk qilishlik) qonuni shundan iboratki, stimul bilan reaksiyaning muvakkat izchilligi qanchalik ko’prok takrorlansa, aloqa shunchalik mustaxkam bo`ladi. Uning fikricha, stimul bilan reaksiyaning muvakkat izchil takrorlanishi o`z-o’zicha aloqa paydo bo`lishiga olib kelmaydi, balki ora-sira uni mustaxkamlash ijobiy samara sari yetaklaydi. Boshqacha so`z bilan aytganda, mashk qilishlik mustaxkamlash (kumak berish) bilan bevosita munosabatga kirishgandagina muayyan ahamiyat kasb etadi.

Mazkur nazariyaning tayorgarlik qonuniga binoan, aloqaning yuzaga kelish tezligi sub’ektning shaxsiy holatiga muvofiq ravishda namoyon bo`ladi.

Har kaysi psixologik aloqa urnatishda o’ziga xos xususiyatga ega bo`lgan individual (yakkahol) asab tizimining izi (tagmasi) yetadi.

E. Torndayk "o’rganish qonunlari" deb nomlangan uch tamoyil (prinsip) dan tashkari, aloqalarning vujudga kelishiga yerdam beruvchi kushimcha shart-sharoitlarni ham ta’kidlab utadi, chunonchi tashki omillar ta’siri bilan o’ziga mos keladigan reaksiyalar orasidagi holatni (stimul va reaksiyaning o’ziga muvofiqligini) anglash, aloqalarning uygunlashuvi, bir birining takozo qilishi, tuldirishi kabilar.

Samara qonuning rolini baholashda uch xil nuktai nazarga ega bo`lgan yondashish mavjuddir. Ta’limga bixeoviristik yondashishning ayrim vaqillarining fikricha, o’rganish (tajriba orttirish) moddiy jixatdan mustaxkamlanmasdan turib, ijobiy samar berishi mumkin emas, chunki buni sinaluvchidan talab qiladigan reaksiyani bajarish takozo qiladi.

Tadqiqotchilar Tolmen, Hall, Spensor kabilar mazkur samarani maylning zaiflashuvi, organizm extiejini kondirish, muvaffakiyat, konikish ragbatlantirish deb baholaydilar.

Bixeoviristlarning ikkinchi bir guruhining nuktai nazaricha (Tolmen, Gazri), o’rganish uchun moddiy jixatdan biologik aloqani mustaxkamlash xech bir zaruriyat emasdir. Tolmen, Gazri singari psixologlar bu o’rinda oldingi planga stimul va reaksiyaning o’zaro yondashishligi muammosini so’radilar.

Ushbu ilmiy yo’nalishga xos bo`lgan olimlarning uchinchi bir guruhi (B. F. Skinner, G. Razran) yen beruvchanlik pozisiyasida turadilar. Ularning fikriga ko’ra, o’rganishning ikki xil toifasi mavjuddir: toifaning biri samara qonuniga asoslanadi, boshqasi esa yendoshlik qonunining negizida yuzaga keladi.

B. F. Skinner programallashtirilgan ta’limning asoschisi hisoblanadi. Shunga qaramasdan hozirgi zamon bixeviorizm ilmiy maktabning namoyondasi konsepsiyasi negizini ham E. Torndayk ishlab chikgan tamoyillar tashqil qiladi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin