Sotsial psixologiya


SOBIQ SOVET PSIXOLOGIYASIDA TARAQQIYOTNING O’RGANILISHI. AQLIY FAOLIYATNI BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə48/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Sotsial psixologiya

SOBIQ SOVET PSIXOLOGIYASIDA TARAQQIYOTNING O’RGANILISHI. AQLIY FAOLIYATNI BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI


Yirik sobiq Sovet psixologlari S. Vigotskiy, A. N. Leontevlarni ishlab chiqqan konsepsiyasiga binoan insonning ontogenezda taraqqiy etish jarayonida tashki faoliyat (xatti-harakatlar) asta-sekin ichki xatti-harakatlarga, ya’ni aqliy harakatlarga aylanadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, tashki alomatlar ichki alomatlarga utishi sodir bo`ladi. Tashki faoliyatning ichki faoliyatga utishi shuni bildiradiki, o`quvchi bu davrga jarayonining to’zilishini uzlashtiradi, tashki bilimlardan qanday foydalanish qoidalarini egallaydi. A. N. Leontev, L. S. Vigotskiy goyasini rivojlantirib mazkur holatni tajriba Yo’li bilan eksperimental o’rganib, o`quvchida yangi aqliy harakatni vujudga keltirish uchun, eng avvalo uni tashki harakat to’zilishi bilan tanishtirmoq zarur, faqat ana shundagina ushbu harakatni bir davrning o’zida ekstriorizatsiyalashtirishni ta’minlash mumkin, degan xulosa keladi. Harakatni ekstriorizatsiyalashtirilgan shaklda, uning yeyik tashki shaklda tavsiya qilinayotgan harakat shakllana boshlaydi. Dastlabki o’zlashtirishdan keyin, harakatni asta-sekin o’zgarish jarayonining natijasida umumlashtirish vujudga keladi, uni amalga oshirish tarkiblarning qisqarishi va darajasining o’zgarishi bilan ajralib turadi, demak u ichki harakatga aylanib, bolaning diliga batamom jo bo`ladi.

G. I. Shukina mazkur yondashuvni baholab, quyidagilarni ta’kidlaydi: "shaxsni shakllantirishda o’zaro shartlanganlik, o’zaro bir-biriga utib turishlik, ichki va tashki harakatlar birligi, interiorizatsiya va eksteriorizatsiya birligi muammosini xakikiy talkin qilish ta’lim jarayoning ham ob’ekti, ham subxekti bo’lmish o`quvchini o’rni va rolini oqilona baholashga zamin hozirlaydi, uni faol va mustaqil faoliyatining ahamiyatliligining tushunishga yetaklaydi, shuningdek, har kaysi talim oluvchi imkoniyatini hisobga oluvchi, shu faoliyatga yo’naltirilgan, uni uyushtiruvchi tarbiyaviy taxsirlar rolini to’g’ri baholashga asos bo’la oldi" (Shukina G. I. Ta’limning funksiyasi va bilish jarayoni. To’plam: "O`quvchilarda bilishga qiziqishlarini shakllantirishning pedagogik muammolari", L 1977, 9-bet)

P. YA. Galperin mazkur goyalarga o’zining aqliy faoliyatini bosqichma-bochkich shakllantirish nazariyasini yaratdi. Bu konsepsiyaga binoan maktab o`quvchilarida tushunchalar va tafakkurni shakllantirish ilmiy bilimlarni o’zlashtirishning (egallashning) tashqiliy jarayoni sifatida talkin qilinadi, tashki moddiylashgan harakatlarni ichki aqliy holatga asta-sekin utishini bildiradi. Ushbu jarayonning eng muhim asosiy tushunchasi sifatida harakat ajratib kursatiladi. Mazkur konsepsiyaga binoan ta’lim jarayoni alohida o’ziga xos ravishda tashqil qilinishi nazarda tutiladi.

1. Tushunchalarni o’zlashtirishni normativ tahliliga asosan ilmiy tushunchalarning muhim xususiyatlarini faol esga tushiruvchi o`quvchining harakatlariga o’ziga xos talablar qo’yiladi.

2. Dastavval ajratiluvchi harakatlar tashki moddiylashtirilgan shaklda tatbik qilinadi, keyinchalik o`quvchi kuz ungida ob’ektlarning predmetli xususiyatlari turlicha ko’rinishda ochib beriladi, sung ularni o’zlashtirish amalga oshiriladi.

3. Mazkur davrda oldindan to’zilgan dastur bo`yicha harakatlarni bosqichma-bosqich qayta kurilish yuzaga keladi, ularning har kaysisida turt xil tavsif asosida ko’rinishi o’zgaradi.

4. Tushunchalarni o’zlashtirish jarayonining barcha bosqichlarida moddiylashgan harakat usullaridan uning aqliy bosqichiga utish ta’minlanadi, bunda na’zorat qilish va o`z-o’zini na’zorat qilish uning zaruriy alomati sifatida ishtirok etadi.

5. O`quvchining muayyan topshiriqlarni yechish harakatining strukturasini (to’zilishi) uni muljallash asosi va ijro etish qismini kamrab oladi.

Harakatning muljallash asosi Yaxlit jarayonning boshqaruv qismining negizi sifatida tavsiflanib, muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etgunga kadar predmet (jism) larning obraz (tasvir)lariga tayanib, u kisqara va avtomatlasha boradi.

Ilmiy maktablarning tahliliga ko’ra, tushunchalarni shakllantirish vositasi tarikasida mavjud ob’ektlarni faxmlash (paykash) harakati gavdalanadi. O’tkazilgan jamiki tajribalarda o`quvchilardan mazkur predmet (jismga) mansublikni aniqlash talab qilingan, bunda muhim belgilar ayrim guruhga taalluqli ekanligi, qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun uzlashtirilishi zarur ob’ektlarning shunday xususiyati tanlab olinganki, kaysiki, bu o`z-o’zidan hissiy idrok qilishga muljallangan, ularning hayoti va faoliyatining har xil vaziyatlari bo`yicha tekshirilgan va tushunilishi nisbatan osondir.

Bizning fikrimizcha uzlashtiriluvchi ob’ektga ajratilgan muhim va nomuhim belgilar o’ziga xos mezon sifatida xizmat qiladi, okibat natijada amaliy tafakkur shakllanishiga olib keladi. "Burchak bissitrisiyasi" tushunchasini shakllantirishida ma’lumki, agarda nur o’rniga boshqa vaziyatga "Kesma", "Radius", "Aylana diametri" tushunchalari uning vazifasini bajarsa, u holda ularning xech kaysisi bissektrisa funksiyasini bajara olmaydi. Buning natijasida o`quvchilarga o’ziga xos ustanovka shakllanib, burchakning bissektrisiyasi albatta nur bo`lishi shart degan fikrni tugdiradi. O`quvchi burchakning bissektrisiyasini kidiruv jarayonida uning muhim belgilari izlash va ajratish bilan bog’liq omillar tajribalariga allakachon tasdiklangan. Tajribalarda o`quvchilar nikoblangan ob’ektlarga alomatlar mavjudligi yoki yo’q ekanligini belgilashga urgatiladi, bunda nikoblangan ob’ektlarni tashki belgilarni moddiylashtirish e’tibordan chetga qoldirilgani tufayli ularning tashki alomatlari xech kachon ob’ekt moxtyatini tavsiflay olmaydi. Xuddi shu boisdan predmet (jism) ni keltirib chiqarish jarayonini hisobga olmasdan rasmiy mantikiy ta’rifga asoslangan aqliy harakatlarni shakllantirish har qancha moddiylashtirishga qaramay, yagonalik va umumiylikning o’zaro uzviy aloqasi hamda munosabatini xech kachon tula aks ettira olmaydi.

Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasida chizmalarni yasash geneziyasi belgi-tushuncha va belgi-kiymat munosabati muammosi chetda qolib kyotgan, aslida esa tafakkurning barcha ko’rinishlarini tarkib topdirish predmetdan (jismdan) chizmaga va ulardan alomatga utishning mexanizmi hisoblanmish harakatlar shakllangan bo`lishini talab etadi. Bunda chizma, grafik, (belgi) kabilar o`quvchilaring vosita kuroli sifatida qaralib, ularga asoslanib fikrlash faoliyati oshishini nazarda tutmoq lozim. Bizning fikrimizcha, mazkur holat ob’ektiv borliqni inson tomonidan bilish vositalarining rolini hisobga olmaslikni bildiradi, holbuki ularning barchasi tushunchalarni paydo bo`lishining manbai sanalinib, o`quvchilarning bilish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Tajriba jarayonida sinaluvchilar chizmasiz, xotiraga asoslanib masalani yechishlari shart edi, bunda butun diqqat-e’tibor chizmani yasash jarayoniga qaratilgan bo`lib, uning harakat, tushuncha, bilim, ko’nikma va malaka shakllanishining vositasi bo`lib xizmat qilajagi kutiladi. Bundan tashkari, tajribalarda adekvat (to’g’ri), goxo noadekvat chizmalar sinaluvchilar xukmiga xavola qilindi, bundan asosiy maqsad o`quvchilar fikriy obrazga asoslanib chizma noadekvatligini paykashni uddasidan chiqish yoki chikmasliklarni aniqlashdir. Olingan natijalarning ko’rsatishicha, bilish faoliyatida chizma funksiyasi o`quvchi tomonidan yetarli darajada kadrlanmaydi.

Kurgazmali va tushunchali ko’rsatmalar mos tushishi va tavofutlanishi mumkinligi, tushunchali tavsif xususiyat ustivorligi omili o`z tadkikiga ega. Ma’lumki, geometrik bilimlar tasvirlar negizida vujudga keladi va ularni qaytadan yasash o’zgartirish kezida boyib boradi. Yo’qoridagilardan kelib chiqqan holda kurgazmalilikning muhim tomonlarini hisobga olish lozim:

1) Dastlabki tushunchalarni rivojlantiruvchi funksiyasiga asoslanib turli sharoit va vaziyat uchun berilgani o’rganiluvchi teoremaga ham yetiluvchi topshiriqka yo’naltirish;

2) Ko’rgazmalilik asosida tushunchalarni genetik chiqishning boshqa tushunchalariga utishi aniqlanadi, ayrimlari teoremani asoslash va topshiriqni yechish shartlariga kushimchalar olib kiradi;

3) Ko’rgazmalilik o’ziga xos model sifatida namoyon bo`ladi. Mustaqil yasalishi esa, predmetli harakatni ezga tushirilishini talab qiladi, yo’qsak tahlil asosida har bir tushunchalar o’rtasida uzviy, o’zaro takozo etuvchi munosabatlar va aloqalar topishga imkon yaratadi, eng muhimi shuki, murakkab yangi tushunchalar dilda (aklda) tugiladi.

4) Ko’rgazmali chizmalar turlicha muammoli vaziyatlarga manba bo`lib xizmat qiladi, keyinchalik esa, ulardan o`quv topshiriqlari vujudga keladi. CHizma qanchalik murakkab bo’lsa, demak, shunga mutanosib ravishda murakkab topshiriq (masala), yopiq holat (vaziyat, muammo) kimning so`zli mavxum obstrakt fikrini o`quvchi mustaqil esga tushirishi tahlil qilishi zarur.

5) Ko’rgazmalilik asosida belgilar modeli qaytadan yaratiladi, bu narsa muammoli vaziyatdan farkli ularok ko’pincha yeyik shaklda namoyon bo`ladi.

O`quvchilar muayyan harakatlardan keyin kushimcha vositalarga suyanib, turli xususiyatli masalalarni yechadilar, birlamchi sintezni amalga oshiradilar, ularni asosiy va yerdamchi tarkiblarga ajratadilar, natijada ular uzlaricha fikrlash mexanizmini kashf qiladilar. Shunday qilib har xil yeshdagi o`quvchilarning bilish faoliyatida aqliy predmetli harakatlar o’rtasida giometrik shakllar va chizmalar modellar, o’ziga xos fikrlash ko’prigi vazifasini bajaradi, muayyan mexanizmi funksiyasini ijro etadi.

Tahlil qilingan manbalardan ko’rinib turibdiki, umumiylashtirishni shakllantirish empirik Yo’l bilan amalga oshiriladi. Ukitishda ushbu jarayonda kat’iy tashqiliy xususiyat sifatida qaralmoqda. Orientirlash muljallash harakatlari tarkibiga tushunchalarning muhim alomatlari doimo kiritilib kelingan va umumlashtirishga intilish amalga oshirilgan. Ko’pgina ilmiy maktablarda tasdiklangannidek, nazariy tafakkur har doim orientirovkaning uchinchi tipi negizida shakllantiradi, kaysiki ayrim ob’ektlar umumiylikning xususiy holati sifatida taxmin qilinadi. Mazkur orientirovka negizida harakatni tushunchaga olib kirish yetadi, bu ob’ektni bilib olishni maxsus ko’rinishidir. Ob’ektning har kaysi alohida shaklda namoyon bo`lishi o’zining xususiyatlari, alomatlari va xossalariga ega bo`lib, bilib olish harakati negizida shakllanadi, keyin asta-sekinlik bilan tushunchaga olib kirish harakati tarkibiga kirib boradi. Shuning uchun orientirlash asosining uchinchi tipi ob’ektlarni bilib olish harakatining arifmetik yigindisi sifatida ifodalanishi mumkin.

CHop etilgan ilmiy ishlarining ayrimlarida ob’ektlarni bilib olishning harakati markaziy tushuncha tarikasida talkin qilinmoqda. Mazkur jarayonni dalillash maqsadida tajribadan o`quvchilarni topshiriqni bajarish jarayonida tur va jins tushunchalarini ajratish talab qilingan. Xakikatdan esa, tushunchalarning nazariy moxiyatini ochish, tadqiqotchilar tomonidan tadkik etilmagan, ularning xususiyatlarini aniqlash takozo qilinadi.

Tajribalarda teoremani dallilashning umumiy usullarini shakllantitishda sinaluvchilarga shunday topshiriqlar berildiki, buning natijida ba’zi bir burchaklar va kesmalar tengligini, manipulyatsiya qilishga majbur bo`ladilar. Bu Yo’l ishtirokchilariga vizual va obrazli tafakkur turlarining rivojlanishiga olib kelmaydi, Chunki ularning oldida asosiy funksiyalar ichki aloqalar, fikrlash vaqtida dastavval umumiy tushunchalar mexanizmi tula ochilmay qoladi. Ushbu psixologik holatni chukurrok ochish uchun fikrlashning boshqa yo’nalishiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin