Sotsiologiya



Yüklə 95,03 Kb.
səhifə6/16
tarix30.03.2023
ölçüsü95,03 Kb.
#91409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2 5319135482188145279

NAZORAT TEST SAVOLLARI
6-VARIANT

1.Antik dunyo sotsiologiyasini yuzaga kelishi va taraqqiy etishi necha guruhga bo’lib o’rganiladi va qaysilari?


А) guruhga; Grek demokratiyasi ravnaqi davri sotsiologiyasi; eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi
В) 4 guruhga; Antik dunyo olamining oltin davri; grek demokratiyasi ravnaqi davri sotsiologiyasi; eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi; Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari
С) 3 guruhga; Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari; Antik dunyo olamining oltin davri; eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi
Д) 3 guruhga; eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi; grek demokratiyasi ravnaqi davri sotsiologiyasi; Antik dunyo olamining “oltin davri”


2.Sotsiologiya qo’yidagi qaysi fanlar bilan uzviy aloqadorligini toping?
А) Ma‘naviyat asoslari va dinshunoslik
В) Tarix va falsafa
С) Ruhshunoslik va huquq
Д) barcha javoblar tug’ri


3.Industrial jamiyat deganda qanday jamiyat tushuniladi?
А) intellektual jamiyat
В) sanoatlashgan jamiyat
С) fuqarolik jamiyati
Д) kishilik jamiyati


4.Sharq mutafakkirlaridan kim «ijtimoiy adolat» haqida fikrlar bildirgan?
А) A.Navoiy
В) A.Beruniy
С) Forobiy
Д) Yusuf Hos Hojib


5.Sharq va G’arb xalqlariga xos xususiyatni aniqlang?
А) mаfkura
В) ma’naviyat
С) jamoviylik va individuallik
Д) qadriyat

6.Madaniyat shakllari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?


А) 1. Elitar madaniyat 2. Xalq madaniyati. 3.Ommaviy madaniyat.
В) 1. Elitar madaniyat. 2. Xalq madaniyati.
С) 1.Elitar madaniyat.
Д)1. Xalq madaniyati, 2. Ommaviy madaniyat

7.Ijtimoiy institutlar jamiyatga qanday vazifalar bajaradi?


А) tarbiyalovchi
В) bajaruvchi, axloqiy
С) ijtimoiy –iqtisodiy
Д) tashkiliy, tartiblovchi, boshqaruv va tarbiyaviy

8.Ommaviy madaniyat – bu?


А) Iste‘dodga ega shaxslar madaniyati.
В) Imtiyozli tabaqalarga mo’ljallangan madaniyat.
С) Barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo’lishi natijasida shakllangan va mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo’lgan madaniyat.
Д) Xalq ijodining mualliflari tomonidan kiritilgan madaniyat

9.Yoshlar sotsiologiyasi qachon va qaerlarda shakllandi?


А) XX asrning 20-yillarida Olmoniya, AQSH va Frantsiyada.
В) X1X asrning 2 chi yarimida AQSH, Rossiyada.
С) X1X asrning 20 yillarida Frantsiya, Yaponiya, AQSHda.
Д) XX asrning so’nggi yillarida Rossiya, Frantsiya, Olmoniya, AQSHda

10.Deviant hulq-atvor sotsiologiyasi bu ?


А) Ijtimoiy nazorat institutlarini faoliyatini o’rganadi.
В) Jamiyatda o’rnatilgan ijtimoiy me‘yorlardan chetga chiqish holatlarini o’rganadi.
С) Jamiyatdagi jinoyatchilik muammolarini o’rganadi.
Д) Shaxs tarbiyasidagi ma‘naviy-axloqiy tarbiya masalalarini o’rganadi

11.Deviant hulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko’rinishlarini aniqlang.


А) Jinoyatchilik
В) Ichkilikbozlik
С) Giyohvandlik, fohishabozlik
Д) Barcha javoblar to’g’ri

12.Sotsiologiya fanida deviant hulq-atvor muammosini dastlab o’rgangan olim nomini aniqlang?


А) E. Dyurkgeym
В) M. Veber
С) Ch. Kuli
Д) G. Lebon

13.Ijtimoiy boshqaruv sotsiologiyaga asos solgan olimlar nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating?


А) E. Meyo, Dj. Moreno, D. Makgregor
В) K. Levin, E. Meyo, A. Gastev
С) F. Teylor, M. Veber, E. Dyurkgeym
Д) E. Meyo, F. Teylor, A. Fayo

14.Qo’yidagi misollarning qay birlari majburiy tashkilotlarga misol bo’ladi?


А) Axloq tuzatish shifoxonasi, qamoqxona, turma, armiya
В) Qamoqxona, armiya, xotin-qizlar qo’mitasi
С) Armiya, xotin-qizlar qo’mitasi, jamoat tashkilotlari
Д) Yashillar harakati, jamoat tashkilotlari, armiya

15.Amerikalik sotsiolog A. Ettsioni rasmiy tashkilotlarni qanday tashkilotlarga ajratadi.


А) Hukmron, erkin, utilitar
В) Majburiy, erkin va utilitar (manfaatli)
С) Majburiy, utilitar, hukmron
Д) Rasmiy, majburiy, hukmron

16.Utilitar tashkilotlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?


А) Universitetlar, birlashmalar.
В) Korporatsiyalar, firmalar.
С) Davlat muassasalari kishilarning ma‘lum manfaatlarini qondirish uchun tuzilgan tashkilotlar.
Д) Barcha javoblar to’g’ri

17.Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari tarkibiga nimalar kiradi?


А) Fuqarolar yig’inlar, xususan mahallalar
В) Viloyat, shahar, tumanlar
С) Respublika, viloyat, shaharlari
Д) Shahar, tuman, mahallalar

18.Inson qanday mavjudot.


А) Inson – ijtimoiy mavjudot
В) Inson – biologik mavjudot
С) Inson – bioijtimoiy mavjudot
Д) Inson – ijtimoiy biologik mavjudot

19.Mahalliy o’zini-o’zi boshqaruv organlari tarkibiga nimalar kiradi?


А) Viloyatlar
В) Shaharlar
С) Fuqarolar yig’inlari, mahalalar
Д) Tashkilotlar

20.O’zbekiston hududida mahalalarni asosiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating?


А) 1. Shaharlardagi an‘anaviy mahalalar. 2. Shaharlardagi kvartal mahalalar. 3. Shaharchalardagi mahalalar.
4. Qishloq mahalalari.
В) 1. Shaharlardagi an‘anaviy mahalalar. 2. Shaharchalardagi mahalalar. 3. Qishloq mahalalari.
С) 1. Shaharchalardagi mahalalar. 2. Qishloq mahalalari.
Д) Shaharlardagi an‘anaviy mahalalar. 2. Shaharlardagi shirkat mahalalari. 3. Qishloq mahalalari. 4. Kichik qishloq tipidagi mahalalar}

21.Stratifikatsiya qanday ma’noni bildiradi?


А) yunoncha “boshqarmoq”
В) lotincha “stratum” – qatlam, “fatsio” bajaraman
С) lotincha “rag’batlantirish”
Д) to’gri javob yo’q

22.Sotsiologiyada shaxsning qaysi xususiyatlari o’rganiladi?


А) Shaxs faoliyat sub‘ekti sifatida yorug’ dunyodagi o’rni, bilish va ijod egasi sifatida olib o’rganiladi.
В) Shaxsning ruxiy jarayonlari xususiyatlari, uning temperamenti, harakteri, qobiliyati, irodaviy imkoniyatlari o’rganiladi.
С) Shaxsning shakllanishi, ijtimoiy birliklar bilan bog’liq holda rivojlanib boruvchi ehtiyojlari, shaxs va jamiyat, ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi funktsional qonuniyatlar, ijtimoiy xulqning boshqarilishini jarayonlari o’rganiladi.
Д) Shaxsning taraqqiyotidagi tarbiyaviy, axloqiy, estetik jihatlari o’rganiladi

23.Oila asosini tashkil etuvchi omil ----?


А) Nikoh.
В) Qarindosh – urug’.
С) Er va Xotin munosabatlarining ijtimoiy-axloqiy shakli.
Д) A, B, S javoblar

24.Tarixan vujudga kelgan er va xotin o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy-axloqiy shaklidir. U orqali jamiyat er – xotinning o’zaro jinsiy hayotini tartibga soladi va ularning oiladagi huquq va burchlarini qonunlashtiradi. Ushbu ta‘rif quyidagilarning qay biriga tegishli?


А) Oila
В) Ijtimoiy institutlar
С) Nikoh
Д) Mahalla

25.Oilaning tarbiyaviy funktsiyasi bu ----?


А) Oilani ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish.
В) Bolalarda yoshlikdan mehnat ko’nikmalarini shakllantirish.
С) Oilani xo’jaligi uchun zarur mollar bilan ta‘minlash
Д) Er-xotin va farzandlar o’rtasidagi ruxiy uyg’unlikni ta‘minlash

26.Oilaning kommunikativ funktsiyasi nima?


А) Oilani xo’jaligi uchun zarur mollar bilan ta‘minlash.
В) Oilani ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish.
С) Bolalarda yoshlikdan mehnat ko’nikmalarini shakllantirish.
Д) Er-xotin va farzandlar o’rtasidagi ruxiy uyg’unlikni munosabatlarni ta‘minlash.

27.Hozirgi davr yoshlar sotsiologiyasi doirasida yoshlar hayotini ilmiy-sotsiologik o’rganishning asosiy tamoyillari qaysilar?


А) Yoshlar muammosini o’rganishda tarixiy yondoshish lozimligi.
В) Yoshlarning o’ziga xos turmush tarzini tahlil qilish va o’rganish.
С) Yosh avlodning har jihatdan rivojlanib borishini tahlil qilish. Yoshlarga tabaqaviy jihatdan yondoshish.
Д) Barcha javoblar to’g’ri.

28.O’zbekiston sotsiologlarning asossatsiyasi qachon va qaerda tashkil qilindi?


А) 1993 yil Toshkentda
В) 1993 yil Samarqadda
С) 1992 yil Toshkentda
Д) 1994 yil Qarshida

29.Nemis sotsiologi M. Veber sotsiologiyani qanday fan deb ta‘riflaydi?


А) Sotsiologiya jamiyat to’g’risidagi pozitiv fan
В) Sotsiologiyaning predmeti ijtimoiy ma‘lumotlardan iborat
С) Sotsiologiya ijtimoiy xulq to’g’risidagi fandir
Д) Sotsiologiya xususiy ijtimoiy fanlarning bilish nazariyasidir

30.Sotsiologiyaning predmeti to’g’risidagi ta‘riflardan qay biri sotsiologiyaning asoschisi O. Kontga tegishli.


А) Sotsiologiya ijtimoiy xulq to’g’risidagi fandir.
В) Sotsiologiya jamiyat to’g’risidagi pozitiv fandir.
С) Sotsiologiya jamiyat yoki ijtimoiy hodisalardan iboratdir.
Д) Sotsiologiya jamiyatning bir butun organizm ekanligi, ijtimoiy munosabatlarning bir butunligi to’g’risidagi fandir
SOTSIOLOGIYA” FANIDAN YAKUNIY

Yüklə 95,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin