Sotsiologiyaa


Jamiyatning ijtimoiy, tarkibiy tuzilishi quyidagicha



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə147/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Jamiyatning ijtimoiy, tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
1. Sotsial stratifikatsiya, sotsial mobillik tushunchalari51.
2. Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari.
3. Ijtimoiy-sinfiy munosabatlar.
4. Ijtimoiy demografik munosabatlar.
Jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy guruhlar haraktеriga va o`zaro aloqadorligiga bog`liq. Uning haraktеriga: oila, maktab , davlat partiyalar, iqtisodiyot, fan, madaniyat, matbuot, sog`liqni saqlash kabi sohalarning rivojlanishi o`zaro mos ravishda bo`ladi. Ana shu guruh munosabatlarida qaysilari pеshqadam rol o`ynaydi? qaysilari asosiy rol, bo`ysunuvchi haraktеrga ega «O`zbеkiston Rеspublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma - xilligi asosid a rivojlanadi», dеb Konstitutsiyada ko`rsatilgan.
Har bir ijtimoiy guruh , ayrim olingan shaxs ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o`z o`rniga ega. Shaxs o`zining jinsi, yoshi, ijtimoiy kеlib chiqishi, ma'lumoti, mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibga kiradi.
VI.2.Ijtimoiy stratifikatsiya tushunchasi va mohiyati

Jamiyatning ijtimoiy tarkibi – ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy hayotdagi o`z mavqеi bilan farq qiluvchi tomonlari majmuidan iborat. Oldingi zamonlarda ham jamiyat turli guruhlardan tashkil topgan. Masalan, Hindistonda jamiyat:


a) yuqori tabaqa – braxmanlar;
b) o’rta tabaqa - kshatriylar (jangchi toifasi)
v) shudralar (qora xalq)dan iborat guruhlarga ajratilgan.
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (er.avval. 4-asr) jamiyat a`zolarini 3 guruhga ajratgan:
a) faylasuflar (yuqori tabaqa bo’lib, davlatni boshqaruvchi sinf);
b) harbiy jangchilar;
v) qullar - quyi tabaqa.
Sotsiologlar sotsial harakatchanlikni stratalarga (qatlamlarga) bo’lingan jamiyatning o’ziga xos xususiyati deb biladilar va uni gorizontal hamda vertikal harakatchanlikka ajratadilar. Kishilarning aynan bir tabaqa ichida harakati, masalan , ish joyini yoki turar joyini o’zgartirish gorizontal harakatchanlikni anglatadi. Vertikal harakatchanlik esa quyi tabaqalardan yuqori tabaqalar tomon va aksincha qilingan harakatni bildiradi. Amerikalik sotsiolog Seymur Lipsetning fikricha, jamiyatda stratifikatsiya tizimi sotsial zinaning quyi pog’onasida turganlarga norozilik manbai sifatida ta`sir qiladi, shuning uchun ham stratifikatsiya tizimi ajralishning manbaidir, ammo shu bilan birga u kishilarni turli lavozimlarga tayinlashning va ularni o’z vazifalarini ado etishga rag’batlantirishning asosiy mexanizmidir. Amerika sotsiologiyasida U.Uortner Amerika jamiyatining sotsial tabaqalanish modelini ishlab chiqdi. Bu modelda oltita sotsial sinfning tabaqalanish tartibi berilgan. Uortnerga ergashgan holda K. Deyvs, U. Mur, V. Koleman, L. Reyuoter, E.SHoyx, T. Gayger, R. Darendorf kabi olimlar o’zlarining stratifikatsiya sxemalarini ishlab chiqdilar.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin