Sotsiologiyaa


Ijtimoiy o’zgaruvchanlik tushunchasi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə158/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Ijtimoiy o’zgaruvchanlik tushunchasi: Ijtimoiy o’zgaruvchanlik sotsiologik tushuncha bo’lib, demografik va ijtimoiy faoliyatlarda qo’llaniladi. Shaxsning bir sinfdan ikkinchi bir sinfga, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir ijtimoiy guruhga o’tishi, jamiyat ijtimoiy tarkibida tutgan o’rnini, o’zgarishini bildiradi.
Shaxs misolida go’dak bola, o’smir, yoshlik, o’rta yoshlik, qarilik. Ma`lumot oladi, hunar o’rganadi, kasb egallaydi. Uning jamiyatda tutgan o’rni o’zgarib boradi. O’quvchi edi, ishchi bo’ldi, yo student bo’ldi, nafaqaxo’r va boshqa.
Jamiyat misolida. Jamiyat asosini tashkil etgan insonlar hayotida ijtimoiy o’zgaruvchanlik jarayoni sodir bo’ladi. Sinflar paydo bo’lishida, sinflarning bir ko’rinishdan ikkinchi bir ko’rinishga o’tishida, jamiyat sinfiy strukturasida, undagi ishlab chiqarish kuchlari joylashishida, taraqqiyotida, fan, texnika, madaniyat, sa`nat taraqqiyotida o’z aksini topadi. Masalan, qul, krestiyan, ishchi, sovxozchi, pomeshchik, kapitalist, fermer.
Ijtimoiy o’zgaruvchanlik turli ko’rinishlarda sodir bo’ladi yoki sotsial mobillik tushunchasi bilan bog’lik. Kishilarning ijtimoiy pog’onalardan 2 yo’nalishi bo’yicha harakat qilishidir:
1) Vertikal (yo’nalish) ijtimoiy o’zgaruvchanlik. Bu bir ijtimoiy tizimda tutgan o’rni, o’zgarishdir. Masalan, shaxs misolida: o’quvchi, ishchi, xizmatchi, olim, kolxozchi, fermerchi, xususiy tadbirkor, pensioner va hokazo (YUqori va past darajaga qarab o’zgarib boradi).
2) Gorizontal (yo’nalish) ijtimoiy o’zgaruvchanlik. Bir ijtimoiy guruh doirasidagi o’zgarishlar yoki ijtimoiy darajadagi o’zgarishlar. Masalan, ishchi 1-5 razryad, aspirant, kandidat, fan doktori, akademik.
Ijtimoiy o’zguruvchanlikning turlari:
1. Reproduktiv. Ishlab chiqarish, tuzilishi, ekologik o’zgarishlar.
2. Statusli - xizmat pog’onasiga ko’tarilish, hayot darajasi va boshqa.
3. Territorial - qishlokdan shaharga ko’chish, ishlab chiqarishni ko’chirish, bir davlatdan ikkinchisiga qo’chish va h.k.
4. Ma`naviy - manfaatlar, qadriyatlar, fikr, tushunchalar, his-tuyg’ular.
5. Siyosiy (sinfiy struktura), hukmronlik shakli.
6. Ilmiy-texnikaviy va hokazo.
Jamiyat ijtimoiy tarkibining yana bir yo’nalishi – mamlakat xalq xo’jaligida band bo’lgan ijtimoiy guruhlar va tarkibini o’rganishdir. Aholining uy-joy bilan bandligi, maishiy xizmat va boshqa. Ta`lim darajasi, mansab darajasi, ijtimoiy-hududiy yo’nalish va boshqalar.
O.Kont sotsiologiyasida sotsial dinamika jamiyat hodisalarini o’rganishdagi muayyan yondashuvni bildiradi. Aslida, dinamika mexanikaning jismlar harakatini va harakat bilan uni yuzaga keltiruvchi kuch o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganadigan bo’limdir. Umumiy ma`noda dinamika harakat holatini, narsa-hodisalarning o’sish, o’zgarish, rivojlanish jarayonini anglatadi. Sotsiologiya «Fiziologiya»ning bevosita davomi yoki «Sotsial fizika» deb hisoblangan. Kont ijtimoiy voqelikning tabiiy qonunlarini topishga harakat qilgan edi. Ana shu vazifani amalga oshirish uchun ijtimoiy voqelik ikki yo’nalishda - sotsial statika yo’nalishida va sotsial dinamika yo’nalishida ko’rilishi lozim. Sotsial statika ijtimoiy elementlarning muvozanatini, mavjudlik qonunlarini o’rganadi. Ijtimoiy elementlarning uzviy uyg’unligi, ularning o’zaro muvozanatlashgan tarzda mavjudligi jamiyatni yaxlit bir butunlik sifatida qarashga imkon beradi. SHuning uchun ham jamiyat alohida o’ziga xos tizim bo’lib, bunda eng muhimi, elementlarning o’zaro aloqasidir. Sotsial statika har qanday jamiyat barqarorlik, muvozanat holatini, asosiy tartibotni o’rgansa, sotsial dinamika jamiyatdagi o’zgarish, rivojlanishning izchilligi, birin-ketinligini ochib beradi. SHunday qilib, sotsial dinamika jamiyatning o’zgarish va rivojlanish holatlarini, ijtimoiy o’zgarishlarning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) omillarini ifodalovchi sotsiologik kategoriya deb qaralishi mumkin. Jamiyatni tashkil etuvchi sotsial guruhlar, individlar, tabaqalar, qatlamlarning harakatlarini sotsial dinamikaning sotsial mobillik (lotincha mobilis - harakatchan, o’zgaruvchan) va sotsial o’zgarishlar, deb ataladigan ko’rinishlari ifodalaydi. Sotsial mobillik tushunchasi sotsiologik tadqiqotlar doirasiga P. Sorokin 1927 yildа kiritgan edi. Sotsial mobillik kishilarning muayyan ijtimoiy guruh va tabaqalardan boshqalariga o’tishlarini (sotsial o’zgarishlar), shuningdek, ayni bir sotsial tabaqa doirasida mashg’ulotlarning o’zaro almashtirishini anglatadi. Sotsial mobillik tushunchasi guruhlar va bir butun jamiyatlar «ochiqligi» yoki «yopiqligi»ni tavsiflash uchun ishlatiladi. U intrageneratsion (avlodlar orasidagi) va generatsion (avlod ichidagi) sotsial mobillik turlariga ajratiladi. Sotsial holatning otadan o’g’liga (kamdan-kam hollarda onadan qizga) o’tishi generatsion sotsial mobillikka, sotsial ko’tarilish yoki sotsial pasayish bilan bog’liq individual belgilar esa intrageneratsion sotsial mobillikka misol bo’la oladi. O’zgarishlar yo’nalishiga qarab vertikal (ko’tarilish va pasayish) va gorizontal sotsial mobillik bo’yicha farqlanadi. Sotsial mobillikning emperik ko’rsatkichi bo’lib o’zgaruvchanlik-mobillik, barqarorlik-stabillik indeksi xizmat qiladi. Bu indeks tekshirilayotgan guruhdagi mobil va stabil shaxslar nisbatidan olinadi. Bundan tashqari mobil (o’zgaruvchan) shaxslarning jinsi, ma`lumot darajasi, «aqli rasolik koeffitsenti», millati, irqi, turar-joyi, sog’-salomatligiga qarab ham sotsial mobil shaxslarning miqdoriy ko’rsatkichlari o’rtasidagi korellyatsiya (mos keluvchi) koeffitsientlari hisoblanishi mumkin. Sotsial mobillik o’lchashda turli xil imkoniyatlarning mavjudligi miqdoriy analiz qo’llanishidan kelib chiqadi. Sotsial mobillik darajasini aniqlash yordamida u yoki bu jamiyatni «an`anaviy», «zamonaviy», «industrial», «postindustrial» va hokazolarga bo’linadi.
Sotsial differentsiatsiya va sotsial integratsiyani sotsial mobillik va o’zgartirishlar oqibati deb qarash mumkin. Sotsial differentsiatsiya tushunchasi birinchi bo’lib G. Spenser tomonidan qo’llanilgan. Uning fikricha, ijtimoiy evolyutsiya bir vaqtning o’zida differentsiatsiya (bir xillikdan ko’p xillikka o’tish: mehnat taqsimoti, maxsus sotsial institutlar paydo bo’lishi) va integratsiya (organlarining bir-birlariga tobora muvofiqlashib borishi, oddiydan murakkabga o’tish, umumiy aloqadorlik takomillashuvi), ijtimoiy tartibot mukammalashuvidan iboratdir.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin