Sotsiologiyaa


Ijtimoiy harakatni keng va tor ma'noda tushunish mumkin



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə161/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Ijtimoiy harakatni keng va tor ma'noda tushunish mumkin. Keng ma'noda ijtimoiy harakat ijtimoiy voqelikni o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan faoliyat turi hisoblanadi. Tor ma'noda esa ijtimoiy harakat shaxs yoki ayrim ijtimoiy guruhlarning mavjud ijtimoiy voqelikka moslashishga qaratilgan harakat tizimini anglatadi.
Ijtimoiy harakatning shakllari ham turli-tumandir. Ijtimoiy harakatning asosiy shakli moddiy ne'matlar ishlab chiqishiga qaratilgan xatti-harakat hisoblanadi. Boshqa muhim ijtimoiy harakat bu insonlarning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidir. Ijtimoiy rivojlanish jarayonida bu faoliyat bir necha qismlarga ajralib ketishini kuzatsa bo‘ladi. Bular sinfiy kurash ijtimoiy o‘zgarishlar, revolyutsion harakatlar ko‘rinishida yuz beradigan harakatlardir. Bundan tashqari kishilar faoliyatida texnik, ilmiy faoliyat kabi harakat ko‘rinishlari ham namoyon bo‘ladi.
VII-mаvzu. Sоtsial munosabatlar sоtsiоlоgiyasi
1.Sotsial munosabatlar tushunchasi
2.Sotsial munosabat turlari.
3. Bеgonalashuv turlari va ularning ijtimoiy oqibatlari
VII.I.Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi
Sotsiologiya fani tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o’rin tutadi. Chunki u orqali jamiyat a`zolari bir-birlari bilan ma`lum bir muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiyadagi bu maxsus soha o’zining o’ta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar tomonidan to’liq ilmiy va sistemali ravishda o’rganilmagan hamda ilmiy adabiyotlarda etarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy holatning asosiy sabablaridan birinchisi, avvalo, sobiq ittifoq falsafiy – sotsiologik adabiyotlarida bu masalaning bir yoqlama talqin qilinganligi bo’lsa, ikkinchisi esa, ilg’or g’arb ijtimoiy adabiyotlaridagi, bu soha bo’yicha to’liq tadqiqot ma`lumotlarining bizda yo’qligidir.
Sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy ko’rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud adabiyotlarni chuqurroq tahlil qilinadigan bo’lsa, shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqorida ko’rsatilgan fikrlarda qimmatli asoslar borligini bilsa bo’ladi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin