Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə163/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Mexanik birdamlik – bu «jamoa turidagi» birdamlik bo’lib, u bu jamoadagi individlarning o’xshashliklari bilan belgilanadi va ular tomonidan ijtimoiy vazifalar bir xil turda bajariladi.
Jamiyatda ijtimoiy mehnatning taqsimlanishi tufayli individlar maxsus vazifalarni bajaradilar va bu xislatlar sababli jamiyat jonli organizmni eslatadi. Shu jamiyatda vujudga kelgan yangi turdagi birdamlikni Dyurkgeym organik birdamlik, deb ataydi. Mehnatning taqsimlanishi individlarda o’zlariga xos qobiliyatlarning rivojlanishiga omil bo’ladi . Endi har bir individlarning o’zi esa bir-birlariga bog’liq bo’ladilar va ular sotsial munosabatlarning yagona tizimi orqali birdamlik tuyg’ulariga erishadilar.
Ko’pgina g’arb olimlari ijtimoiy mulkka asoslangan kooperatsiyaning sermahsulligini inkor etib keladilar. Ularning fikricha, butun jamiyat bilan ishlab chiqarish vositalarini guruhlar mulki qilib berish kerak. Agar ishlab chiqarish vositalari ijtimoiy mulk xususiyatiga ega bo’lsa, «ma`muriyat» xalqdan ajralib qoladi va shu sabab tufayli byurokrat boshqaruvchilar tashkiloti vujudga kelishi mumkin. Tabiiyki, bu jarayonlar natijasida ishchilar o’z mehnatlaridan manfaatdorlikni his qilmaydilar.
Mazkur taxminlarning aksariyati o’z isbotlarini topgan. Ayniqsa, yarim mustamlakachilik davrida bizning diyorda soxta birdamlik asosidagi kooperatsiyalashtirish ko’plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Mehnatning ijtimoiy taqsimoti va kooperatsiya niqobi ostida hududimiz xomashyo etishtiradigan respublikaga aylandi. Jamiyatimizda tub ma`nodagi birlashma jarayoni faoliyat ko’rsatmadi.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlab ko’rsatganlaridek, “O’z-o’zini boshqarishning xalqimiz an`analari va qadriyatlariga juda xos bo’lgan usuli — mahallalar tizimi so’nggi yillarda juda katta nufuzga ega bo’lib bormoqda... Eng adolatli muhit, eng adolatli ijtimoiy sharoit, vaziyat faqat mahallada bo’lishi mumkin. Hech bir korxona, hech bir davlat idorasi yoki jamoat tashkiloti bu borada mahalla bilan tenglasha olmaydi»56.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin