IV.II.Sotsial munosabat turlari. Sotsiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar ikki xil munosabatda mavjud bo’ladi: 1. Sotsietal` munosabatlar.
2. Ijtimoiy munosabatlar 1. Sotsietal munosabatlar sistemasiga: jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega. Sotsietal` sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. YA`ni, bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo’ladi. Demak, sotsietal munosabatlar sistemasi tuzilishi:
1) iqtisodiy: (asoschisi A.Smit: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsuli, mehnat taqsimoti natijasida har birin individ o’zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ham ishlashga majbur bo’ladi, u boshqalar uchun ishlaganda o’zi uchun ham ishlaydi);
2) ijtimoiy: a) ijtimoiy munosabatlar asosiy elementi ijtimoiy jamoalar tashkil etadi (sinflar, millatlar, professional, demografik, hududiy, siyosiy guruhlar); b) elementi (kishilar jamoaga birikadigan insonlar); v) oila tashkil etadi.
3) siyosiy; 4) mafkuraviy. 2. Ijtimoiy munosabatlar: («ijtimoiy» sistema elementi –kishilar).
Ijtimoiy munosabatlar - kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o’zaro munosabatlar. Ular turli jamoalar, ijtimoiy guruhlar, sinflar va ularni tashkil qilgan kishilar o’rtasidagi munosabatlar bo’lib, ularni bir butun sotsial organizm qilib bog’laydi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan paydo bo’ladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning paydo bo’lishi jamiyat taraqqiyotida chorvachilik paydo bo’lishi, dehkonchilik, savdoning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Ijtimoiy munosabatlarning turlari: hamfikrlilik, kooperatsiya, konfliktlar, kurash, befarqlik, begonalashuv, krizis, kamsitish, tengsizlik. Ijtimoiy munosabatlar o’z mohiyatlari bilan jamiyat tarakqiyotiga ijobiy ham salbiy ta`sir etadi.
Ijobiy munosabatlar ta`siri: hamfikrlilik, kooperatsiya, kurash.