Sotsiologiyaa


VIII.2.Sotsial taraqqiyot va sotsial o`sishning manbalari



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə184/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   279
SOTSIOLOGIYA

VIII.2.Sotsial taraqqiyot va sotsial o`sishning manbalari.
Fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeymda sotsial taraqqiyot haqidagi g’oyasi mehnat taqsimotiga bog‘lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish, uningcha mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda mexnat taqsimotiga asoslangan organik birdamlik, hamkorlik jamiyatiga o‘tishdir. Dyurkgeym sotsial taraqqiyotni ta'minlovchi omil deb mehnat taqsimoti deb qaraydi. Mehnat taqsimoti segmentar jamiyatning bardam topishiga va organik birdamlikka asoslangan jamiyatga o‘tilishiga imkon beradi. Yagona evolyutsiya zanjirining dastlabki halqasi bo‘lgan mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda sotsial struktura bir xil segmentlar sifatida bo‘ladi. Segmentlar (qismlar — A.X.) iqtisodiy nuqtai nazardan deyarli mustaqil, avtonomdir; ularning ijtimoiy tashkilotlarida qarindoshlik ustun bo‘ladi. Ularda ijtimoiy mehnat taqsimoti uchun ham extiyoj, va imkoniyat mavjuddir. Mexanik birdamdik rivojlanmagan, primitiv jamiyatlarga hosdir. Birdamlikning bu ko‘rinishi individni jamiyat bilan «hech qanday vositachiliksiz» bog‘laydi. Mexanik birdamlik — birdamlikning «jamoaviy» tipi bo‘lib, uni tashkil etuvchi individlar bir birlariga o‘xshash, ular bajaradigan ijtimoiy vazifalar ham bir xil, ularning shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan bo‘ladi. Bunday jamiyatda individ o‘ziga o‘zi ega emas, u «jamiyatga tegishli narsadir», Dyurkgeym bo‘yicha, bu jamiyat individning ongi jamoa ongining oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo‘lishi mexanik birdamlik bo‘lgan jamiyatning asosiy belgisidir.
Jamiyat asta-sekin o‘zgara boradi. Loqal segmentlar chegarasi buzila boshlaydi, chunki, turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga kela boshlaydi. Aloqa yo‘llari va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko‘payadi, shaharlar o‘sa boshlaydi, aholi moddiy va ma'naviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi. Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. har bir individ tirik organizmni eslatadi va shuning uchun ham unda vujudga keladigan birdamlikni yangi ko‘rinishini Dyurkgeym organik birdamlik deb atagan edi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin