Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə24/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   279
SOTSIOLOGIYA

6.5.3.13 Huquq sohalari:
Xorijiy mamlakatlar konstitusiyaviy huquqi:
xorijiy mamlakatlar siyosiy tizimi va O’zbekiston Respublikasi siyosiy tizimining qiyosiy tahlili. Xorijiy mamlkatlar konstitusiyalarining turlari, ularning mazmuni, manbalari, asosiy xususiyatlari, shakllari, konstitusiyaviy nazorat va ularning turlari. Ijtimoiy tuzum asoslari va ularning elementlari. Iqtisodiy, sotsial, ma’naviy-madaniy va siyosiy munosabatlari. Shaxsning huquqiy maqomi. Jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalarning maqomi. Davlat shakllari boshqaruvi, tuzilishi va siyosiy rejimi. Saylov huquqi va saylov tizimi. Parlament, davlat boshlig’i, hukumat va sud hokimiyatining maqomi, ularning o’zaro munosabati, davlat boshlig’i va parlamentining, parlament va hukumatning o’zaro munosabati, hokimiyatning bo’linishi prinsipi:
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlari. Konstitusiyaviy, oliy, xo’jalik sudlari va ularning huquqiy davlatdagi o’rni. Mahalliy (munisipal) organlar maqomi va boshqa xorijiy mamlakatlarning davlat va huquq institutlari (AQSh, Buyuk Britaniya. Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston va boshqalar).
Xalqaro huquq:
xalqaro huquqning maqsad va vazifalari. Xalqaro huquqning fan sifatida tarixiy rivojlanishi. Xalqaro munosabatlar va ularning prinsiplari. Xalqaro huquqiy munosabatlar subyektlari va ularning e’tiborligi tushunchasi. Xalqaro huquq manbalari. Xalqaro huquqda huquq tushunchasi, hudud, xalqaro shartnomalar, xalqaro tashkilotlar, xalqaro huquq tarmoqlari va institutlari. Davlatning javobgarligi va xalqaro nizolarni hal etishda diplomatlar va konsullarning vakolatlari.
Fuqarolik huquqi. Oila huquqi:
fuqarolik huquqi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fuqarolik huquqi tarixi. Ijtimoiy munosabatlarni fuqarolik huquqi metodi bilan tartibga solish. Fuqarolarning huquqiy munosabatlari tushunchasi. Fuqarolar huquqining tarkibiy tuzulishi. Fuqarolik huquqi bo’yicha mas’ullik. Mulkka egalik. Fuqarolarning mulkka egalik huquqi. Yuridik shaxslarning mulkka egalik huquqi. Majburiyat huquqi va turlari . Intellektual mulk. Vorislik huquqi.
Fuqarolar huquqini himoya qilish shakllari. Fuqarolik prosessual munosabatlari. Fuqarolik ishlarini ko’rish organlari. Sudga tortilish. Da’vo tushunchasi va turlari. Sud tergovlari va sud ishlarini yuritish. Sudda ish ko’rish, sud qarorlari turlari. Sud qarorlari ijrosi. Notarius. Xo’jalik sudi va uning faoliyati.
tadbirkorlik huquqi: tadbirokorlik huquqi, O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlik faoliyati tushunchasi.Tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qonunchilik va ushbu qonunchilikdan fuqarolar amaliy faoliyatida foydalanish.
moliya huquqi: Moliya va moliyaviy faoliyat. Moliya tizimi. Moliya va kredit organlari. Moliya huquqi va uning manbalari. Moliyaviy nazorat. Byudjet huquqi. Byudjet tizimi. Byudjet jarayoni. Bank huquqi. Davlat bankining emission huquqi. Valyuta operasiyalarini yuritish qoidalari.
soliq huquqi: Moliyaviy siyosat tushunchasi. O’zbekiston moliyaviy siyosati. Soliq tizimi munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari. Soliq turlari. Yuridik shaxslarning daromad solig’i. Jismoniy shaxslarning daromad solig’i. Aksiz solig’i. Yer solig’i. Soliq ishini yuritish.
Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifalari. Er-xotinlarning huquq va majburiyatlari. Ota-ona va bolalarning huquq hamda majburiyatlari. Nikoh asoslari, nikoh shartnomasi, nikohni tugatish. Er-xotinlarning mulkiy va mulkiy bo’lmagan huquqlari. Ota-ona qaramog’ida bo’lgan bolalar patronati.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin