6.5.3.6 G’oyalar falsafasi. g’oyalar falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari. ideologiya atamasining fanga kiritilishi. Ideologiya nazariyasining asosiy funksiyalari. G’oyalar falsafasining sharqona ildizlari. «G’oya» («ideya»), «ideal», «ideallik», «ideologiya» tushunchalarining falsafiy mazmun-mohiyati, ularning o’zaro aloqadorligi va farqli jihatlari. G’oyalar tipologiyasi: bunyodkor (gumanizm, demokratiya, tolerantlik) va vayronkor (totolitarizm, avtokratizm, ekstremizm, terrorizm) g’oyalar. G’oyalarning obyekti va subyekti. G’oya va dunyoqarash. Dunyoqarash turlarining g’oyaviy asoslari.
G’oyaviylik va g’oyasizlik, uning mezonlari hamda darajalari. G’oyasizlik va ma’naviy bo’shliqning o’zaro aloqadorligi. G’oyalarning qadrsizlanishi jarayoni, uning obyektiv va subyektiv omillari.
O’tish davri jamiyatlarida g’oyaviy, ma’naviy bo’shliqdan chiqish yo’llari, usul va vositalari. Istiqlol, erk g’oyalarining qadrini saqlash masalalari. Islohotlar jarayonida bunyodkorlik g’oyalari va erkinlik tamoyillarini ta’minlash imkoniyatlari.
6.5.3.7 Aksiologiya: hayotiy va madaniy qadriyatlar. Qadriyatlar kishilar ehtiyojlarini qondiradigan va shu sababli ular uchun qimmatli va ahamiyatli bo’lgan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasi sifatida.
Qadriyatlarning turlari. Inson va uning hayoti – oliy qadriyat. Moddiy qadriyatlar. Madaniy-ma’naviy qadriyatlar. Ahloqiy qadriyatlar. Estetik qadriyatlar. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik.
Mustabid tuzum sharoitida milliy qadriyatlarimizning poymol qilinganligi. O’rta Osiyo respublikalarini Chor Rossiyasi tomonidan istilo qilinishi va o’lka iqtisodiyotining Rossiya xom-ashyo bazasiga aylantirilishi. Mustamlakachilarning milliy madaniyatimizga bepisand munosabatlari: tilimiz, tariximiz, urf-odatimiz va an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizning talon-taroj qilinishi.
Totalitar tuzum hukmronligi davrida Rossiyaning O’rta Osiyo mahalliy xalqlari orasida yuritgan siyosati chorizm mustamlakachilik siyosatining davomi yangi ko’rinishi sifatida. Mahalliy aholi huquqlarining poymol qilinishi. O’lkamizdagi ilg’or kuchlarning milliy mustaqillik uchun kurashi. Milliy mustaqillikning qo’lga kiritilishi, milliy madaniyatimizning qayta tiklashi va rivojlanishi. Davlatimizning mustaqillikni qo’lga kiritishida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining roli.
Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy merosi – fandagi yangilanish va taraqqiyot manbai. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining jahon fani va madaniyati rivojiga qo’shgan hissalari. O’lka xalqlarining madaniy tiklanishi va rivojlanishida Markaziy Osiyo mutafakkirlari boy merosining o’rni va ahamiyati.
Milliy qadriyatlarning g’oyaviy-tarbiyaviy ahamiyati. Madaniy qadriyatlar, milliy o’z-o’zini anglash, milliy iftixor tuyg’usi rivojining manbai. Milliy qadriyatlar – yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamol shaxs shakllanishining ma’naviy asosi. Ma’nan boy, har tomonlama rivojlangan shaxs – mustaqilligimiz tayanchi.
Milliy qadriyatlarning islohotlarni, demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishdagi, erkin fikrli ijodkor shaxslarni kamol toptirishdagi ahamiyati.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar va ular orasidagi o’zaro dialektik aloqadorlik. Tinchlik, xotirjamlik, xalqlar havfsizligi, millatlararo totuvlik – jahon hamjihatiga qo’shilishning yo’li. Boy tabiiy qadriyatlar va ulardan oqilona foydalanish–dunyo miqyosidagi xo’jalik aloqalariga kiritish, xalqaro iqtisodiyotga integrasiyalashuvimizning zaruriy sharti. O’rta Osiyo xalqlarining ko’p asrlik, o’ziga xos rang-barang madaniyati va uning dunyo madaniyatiga integrasiyalashuvidagi o’rni. Milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning o’zaro aloqadorligi uning insoniyat ijtimoiy taraqqiyoti va gullab yashnashi manbai ekanligi.