Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə23/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   279
SOTSIOLOGIYA

6.5.3.11 Etnomadaniyat:
Etnomadaniyat tushunchasining mazmun-mohiyati. Etnoslarning kelib chiqishi. Etnomadaniyat tarkibiga kiruvchi tushunchalar: urug’, qabila, elat, millat hamda elat va millatlarga taalluqli bo’lgan urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, turli rasm-rusumlar. Xalq og’zaki ijodiyoti: ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, eposlar. Markaziy Osiyo etnomadaniyatining asosiy bosqichlari. Etnomadaniyatning qadimgi namunalari. Markaziy Osiyo xalqlarning afsona va rivoyatlari.
Marosimlar. Bayramlar. O’zbekistonda etnomadaniyat turlarini rivojlantirish masalalari. O’qituvchi va ma’naviy-ma’rifiy soha mutaxassislarini tayyorlashda etnomadaniyat fanining roli hamda ahamiyati.
Etnomadaniyat evolyusiyasi. Mustaqillik va etnik- madaniy taraqqiyot.
Etnomadaniyatning yoshlar tarbiyasi va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni. Etnomadaniyatimizning milliy mustaqilligimizni mustahkamlashdagi ahamiyati.
Huquq ta’limi kursi
6.5.3.12 Davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq tarixi:
Davlat va huquq nazariyasining predmeti va vazifalari. Jamiyat, davlat, huquq, huquqiy tizimning, shakllanishi va rivojlanishi . Jamiyatning siyosiy-huquqiy tizimida davlat va huquqning o’rni. Davlat hokimiyati, shakllari, davlatning tuzilish mexanizmlari. Huquq tushunchasi. Huquq shakllari. Huquqiy davlat. O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Huquqiy tizim. Huquqiy munosabatlar. Huquq ijodkorligi. O’zbekiston Respublikasining huquq tizimi. Huquqni tatbiq etish. Konuniylik. Huquqbuzarlik. Yuridik javobgarlik
Shaxs va huquq, huquqiy ong. Huquqiy tarbiya. Huquqiy madaniyat.
Davlat va huquq tarixi predmeti va vazifalari. Davlat va huquq tarixi. Davlat va huqukning shakllanish va tarakiyot tarixi. Eng qadimiy davrlarda shakllangan huquqiy karashlar. “Avesto”ning huquqiy g’oyalari. Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda shakllangan huquqiy qarashlar. G’arbiy Yevropada shakllangan huquqiy qarashlar. Yangi davrda G’arbiy Yevropada shakllangan huquqiy qarashlar. XX asr siyosiy-huquqiy ta’limotlari. Hozirgi davr siyosiy-huquqiy ta’limotlari.
Davlat va huquqning tarixiy rivojlanishi, funksiyalari. Huquq tizimi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin