Sotsiologiyaa


e) Tushlarni talqin qilish ilmi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə58/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   279
SOTSIOLOGIYA

e) Tushlarni talqin qilish ilmi.

3. Falsafa.

Arab ilmlari:

1) Fikx.

2) Kalom.

3) Grammatika.

4) Ish yuritish.

5) She`riyat va aruz.

6) Tarix.


Arab (larniki) bo’lmagan ilmlar:
1)Falsafa. 6) Ilmu-n-nujum (astronomiya).
2) Mantiq. 7) Musiqa.
3) Tib. 8) Mexanika.
4) Hisob. 9) Kimyo.
5) Handasa.
3. Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Beruniy Markaziy Osiyodagina emas, balki umuman Sharqda, jahon fani va madaniyati tarixida ham eng ulug’ va buyuk mutafakkirlardan biri hisoblanadi. U o’zinipg «Qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy yodgorliklar», «Minerologiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. «Minerologiya» asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy ahvoli, erdagi burchi, olijanobligi, jamiyat hayoti, ijtimoiy adolat to’g’risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan.
“Amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni “Beruniy asri”deb ta`riflaydi. Beruniy ilmiy masalalarda ham,tarihiy voqiya –hodisalarga, o`z zamondoshlariga baho berishda ham o`ta xolislik va haqqoniylik bilan fikir yuritgan”6.
Beruniy tom ma`noda o’z davri etnosotsiologi ham edi. «Qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy yodgorliklar» asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristian- molikiylar va xristian - nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to’g’risida qimmatli ma`lumotlar yozib qoldirgan. «Hindiston» kitobida esa hind jamiyatining ichki tuzilishi, bu erdagi xalqlarning urf-odatlari, yil, oy va tarixiy sanalari, oilaviy munosabatlar, marosimlar, nikoh masalalari to’g’risida ishonchli fikrlar keltirgan.
Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro’y berib turadigan tabiiy hodisalar, jarayonlar xususida muhim ilmiy - falsafiy g’oyalarni ilgari suradi va isbotlab berdi. Olamda bo’lib turadigan o’zgarishlar, ya`ni tuzilish va buzilishlarning, paydo bo’lish va yo’qolishlarning o’ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy - ilmiy va sotsiologik mulohazalarini o’rtaga tashlaydi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 1998 yili tarixchi olimlar bilan uchrashuvda shunday degan edi: «Abu Rayhon Beruniy bobomizning bundan o’n asr burun aytgan fikrlarini eslatib o’tmoqchiman: «Ilm – fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan paydo bo’ladi»7.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin