Sotsiologiyaa


Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1529)



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə60/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   279
SOTSIOLOGIYA

6. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1529) temuriylar sulolasining eng buyuk vakillaridan biri. Hindistonda «Buyuk mo’g’ullar» deb nomlanuvchi saltanatni qurgan, turkiy, arab-musulmon, fors-tojik, hind madaniyati, badiiy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va diniy – tasavvufiy fikriga katta hissa qo’shgan mutafakkirdir.
Bobur o’zining «Boburnoma» asarida o’z davri ijtimoiy hayotini voqeligini, inson shaxsi xususiyatlarining yaxshi va yomon tomonlari, Andijondan Hindistonga qadar bo’lgan ulkan hududda yashagan xalqlarning ijtimoiy jihatlarini shaxsiy kuzatishlari, ilmiy tadqiqotlari asosida o’rgangan va yozib qoldirgan.
Xulosa qilib aytganda, IX - XII asrlar va temuriylar davri madaniyat, san`at, adabiyot singari ijtimoiy, siyosiy, falsafiy fikrlar taraqqiyotida ham o’ziga xos bir bosqich bo’ldi.
7.Alishеr Navoiyning «Mahbub ul - qulub» asarida bеvosita o`z davridagi dеyarli barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif bеriladi va ularning qaysi biri yaxshi yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki zararli ekanligi bayon etiladi. Alishеr Navoiy jamiyatning miqdor va sifat jihatidan ijtimoiy bo`linganligi umuman olganda ijobiy xodisa ekanligi, bu tasniflanish doirasining qanchalik kеngligi mamlakat farovonlik darajasining ifodasi ekanligi xususida e'tiborga sazovor sotsiologik qarashni asoslab bеradi. Ulug` mutafakkir jamiyatdagi yuzdan ortiqroq ijtimoiy tabaqa xususiyatlarini aniqlab, ularning mamlakat ijtimoiy tizimidagi o`rni va faoliyat imkoniyatlarini ravshan ifodalab bеradi. Mazkur sotsiologik tasniflashdan maqsad, ularni ijtimoiy foydalilik darajalarini oshirish ekanligi asarning mazmunini tashkil etadi. Zеro, jamiyatdagi tasnifning qanday ekanligini bilish ularning mazmunini yaxshilashga yo`l ochadi. «Shu jihatdan, - dеb yozadi Alishеr Navoiy, - hamsuhbatlarni va do`st- yoronlarni bu xollardan ogoh va xabardor qilmoq vojib ko`rindiki, toki ularda har toifani xislati haqida bilimlar va har tabaqaning ahvoli haqida tushunchalari bo`lg`ay».
Qadim zamonlardan buyon jamiyatning mavjudligi va rivojlanishi to`g`risidagi bilimlar Sharq va G`arb mutafakkirlari umumfalsafiy g`oyalarining asosiy bo`limi sifatida qaralgan. Jamiyat rivoji, siyosat, ahloq , fan , din va san'at muammolari to`g`risidagi ilmiy qarashlar qadimgi Xindiston, Xitoy, Yunon faylasuflari, o`rta Osiyo va Еvropa mutaffakirlari tomonidan aytib o`tilgan.
Agar bu ulig` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakir desak, mutafakirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir ”9
Ulug` ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar qatorida Bel`giyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug`bekka, Moskva,Tokio va Boku shaharlarida Alishеr Navoiy bobomizga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg`oniy xotirasiga haykallar o`rnatilgan.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin