Ob`ektni bilish – tadqiqot ob`ekti nimaga yo’naltirilganligi va ob`ektiv voqelik sifatida unga nima qarama-qarshi turganligini anglatadi.
Har qanday hodisa, jarayon yoki ob`ektiv voqelikning o’zaro munosabati turli fanlarning (fizika, ximiya, biologiya, psixologiya, iqtisodiyot, sotsiologiya va hokazolar) ob`ekti bo’lishi mumkin.
Predmet ob`ekt kabi ob`ektiv voqelikning bir qismi yoki uning elementlari yig’indisi bo’lib, umumiy yoki o’ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir fan o’z navbatida predmeti nuqtai nazaridan farq qiladi.
Ijtimoiy xususiyatlarga ega bo’lgan kishilararo aloqalar, o’zaro bog’liqliklar majmuasi - sotsiologiya fanining ob`ekti vazifasini o’taydi.
Ob`ekt va predmet hamma vaqt bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Chunki, ob`ekt mohiyatni to’g’ri tushunish, ilmiy tadqiqot yo’nalishini xolis belgilay olish imkonini beradi.
Demak, sotsiologiyaning ob`ekti jamiyatni boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, ratsional vositalaridir. Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo’libgina qolmay, balki maxsus sohalararo fan hamdir. U boshqa fanlar o’rganmaydigan o’z ob`ektiga ega. Uning o’ziga xos sohasi sotsial reallik bo’lib, u inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar va ularning o’zaro tashkil etilish usullari sotsiologiyaning ob`ekti bo’ladi. Insonlar o’zaro aloqalarga, hamkorlik munosabatlariga kirishishlari orqaligina muayyan ijtimoiy xususiyatlarni namoyon etish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Sotsiologiya ijtimoiy muhitni tadqiq etganda umummilliy tushuncha va kategoriyalardan kelib chiqadi. Xususan, ob`ektiv va sub`ektiv, erkinlik va zaruriyat, borliq va ong kabi falsafiy kategoriyalardan foydalanib sotsiologik ob`ekt mohiyatni talqin etadi.
Sotsiologiya sotsial ob`ektni sotsial sub`ektlar orqali (shaxs, guruh, jamiyat, sotsial sohalar, munosabatlar, odamlarning sotsial faoliyati va tafakkur tarzi) tahlil qiladi.
Sotsiologiya turli sotsial sohalarni tadqiq etish asosida ularning o’ziga xos ijtimoiy rivojlanish tendentsiyalarini aniqlaydi. Muayyan sotsial guruhlar tahlili va tasnifi orqali u jamiyat va inson to’g’risidagi umumiy qarashlar, qonunlar va tendentsiyalarni yaratadi, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi.
Sotsiologiya o’z ob`ekti doirasida sotsial hayotning turli, alohida tomonlari bilan ham shug’ullanadi va buning natijasida fanda integral sohalar vujudga keladi. Jumladan, huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, iqtisodiyot sotsiologiyasi, industrial sotsiologiya kabilar. Sotsiologiya bu sohalarda inson va uning siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi o’rni, rivojlanishi, hayot tarzi va fikrlash uslubi kabi masalalarni hal qiladi. Sotsiologiya o’zining maxsus ob`ekti asosida yakka shaxs faoliyatining, konkret namoyon bo’lishining empirik darajasini o’rganishni ham o’z ichiga oladi.
O.Kont fikricha, ob`ekt va predmet qarama-qarshiliklardan iborat. Sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini 3 bosqichda o’rganadi: