Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə64/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   279
SOTSIOLOGIYA

1. Aniq- empirik.
2. Xususiy (maxsus).
3. Umumiy.
Shunga muvofiq ravishda sotsiologiya empirik, maxsus va umum- sotsiologik tadqiqot jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Sotsial degan tushuncha sotsial aloqalar hamda munosabatlar va ularni tashkil etish usullari, sotsiologiya bilish ob`ektining o’ziga xosligini ochib bersa, sotsial qonuniyatlar esa sotsiologiya fani predmetini aniqlash uchun boshlang’ich nuqta hisoblanadi.
O`zbekiston sharoitiga moslab, zamonabiy sоtsiоlоgiyada biz quyidagi o`rganish ob`ektlarini ajratamiz:
1. Ijtimoiy bosqich: (jamiyat, ijtimoiy qatlam, ijtimoiy guruh, mahalla, oila, shaxs)
2. Milliy boshich: (millat, elat, etnik guruh, avlod, milliy oila, individ)
3. Tarmoqlar bosqichi (iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, fan, ta`lim, ma`naviyat va ma`rifat, ekologiya va boshqalar)
4. Xududuy bosqich: (mintaqa, mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, mahalla).
Sоtsiоlоgiyaning predmeti
Inson hayot tarizining konkret jihatlari, odamlarning fe`l-atvori jamiyatdagi o`rhi va intilishlaridan, turli hayotiy vaziyatlardagi takroriy harakatlaridan iborat. Vaholanki, oilada, ko`chada, transportda, do`konda, ishxonada, o`quv auditoriyasida, xullas barcha vaziyatlarda inson xulqining takrorlanuvchan ko`rinishlarini kuzatishimiz mumkin. (Masalan, odam do`konga kirganida, sotuvchidan qanday muomala kutishni biladi).10
Sotsiologiyaning_predmeti'>Sotsiologiyaning predmeti:
Agar fanning ob`ekti uning nimani o’rganish kerak degan savolga javob bersa, predmet esa o’sha ob`ektning qaysi jihatlarini o’rganadi? degan savolga javob beradi. Quyida sotsiologiyaga doir bir qancha ta`riflarni keltirib o’tamiz.
Sotsiologiya – insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan o’rni, ular o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadigan fandir.
Sotsiologiya – ayni vaqtda jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma`naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o’rganadigan fan hamdir.
Sotsiologiya – jamiyat tuzilishi, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo’layotgan ijtimoiy jarayonlarni o’rganadigan fandir.
Sotsiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga ko’nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko’maklashadigan, shular bilan bir qatorda insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va uni amalga oshirishda jismoniy, emotsional-psixologik va ma`naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam beradigan fandir. «Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o’zining manfaatlarini qandaydir yo’llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo’lsa, qonuniy yo’llar bilan o’z maqsadlariga erishishga intiladi».11
O’z navbatida sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta`minlaydigan eng qulay variantlarni, ijtimoiy-madaniy modellarni topishdan iboratdir. Bular jamiyat va insonning o’z-o’zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
Sotsiologiyaning vazifasi murakkab sotsial dunyoni tashkil etuvchi o’zaro birikuvchi va harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohiyatini aniqlashdan hamda ularning rivojlanish tendentsiyalarini belgilashdan ham iboratdir.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin