Sotsiologiyaa


Birinchidan, jamiyatni tuzilishi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə92/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Birinchidan, jamiyatni tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi, ya'ni jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko‘riladi.
Ikkinchidan jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat, ya'ni ularning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterlari ko‘riladi. Bunda biz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy emas, balki aynan o’sha jamiyat qonuniyatlari asosida rivojlanib borishini ta'kidlashimiz kerak. Bunda jamiyat munosabatlari, aynan bir qancha kuchlar idora etib turgan munosabatlar orqali, kishilar u yoki bu munosabatlarni bajaradilar.. Jamiyatdagi kishilarning qanday tabaqalarga taqsimlanishi, ushbu jamiyatning qanday kishilardan iborat ekanligi, jamiyat ichki faoliyatida kishilarning o‘zlarini qanday tutishlari va ular orasida o‘zaro munosabatlarning qay darajada ekanligi, alohida bir kishilarning xatti-harakati natijasida katta ahamiyatga molik bo‘lgan ijtimoiy tarixiy jarayonlarning vujudga kelishi, inson xatgi-harakatini qanday kuchlar boshqarib turishligi— kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterining o‘zagini tashkil etadi.
Uchinchidan, jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgaradi. Taraqqiyotning misli ko‘rilmagan sur'atlar bilan rivojlanib borishi jamiyatdagi qadriyatlarni o‘zgartirib, o‘zga ikkinchi yoki uchinchi bir qadriyatlar bilan qorishtirib yubormoqda, kechagi avlodning yashash tarzi bugungi avlodnikiga mos kelmay qolmoqda, bugungi avlodniki esa ertangi avlodni yashash tarziga mos kelmaydi, ya'ni vaqt kutib turmaydi. Shuning uchun jamiyatni to‘liq tushunish uchun nafaqat uning tuzilishi va rivojlanishini, balki uning o‘tmishini, ya'ni tarxini ham sinchiklab o‘rganish, bu jamiyatni qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilmoq jamiyatni to‘liq tushunmoqlikka imkon yaratadi.
Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Ijtimoiy faoliyatning belgilangan sotsial statusiga ega bo‘lgan, o‘zida ijtimoiy me'yor va qadriyatlarni aks ettirgan, individual sifatlarga (shaxsning ijtimoiy belgisi, qizqishlari, qadriyatlar yo’nalishi, shaxs motivlari va hokazo) ega bo‘lgan kishilar jamiyatning elementi hisoblanadi.
Jamiyat umumny tabiiy-tarixiy sistema sifatida o‘zida ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy, ideologik, siyosiy strukturalarining organik birligini tashkil etadi. Kishilarning turli ijtimoiy guruhlarning o‘zaro birligi yoki jamiyat hayotining turli sohalaridagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy faoliyatlari jamiyat sistemasining tabiiy-tarixiy xarakterini belgilashda muhim omil hisoblanadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin