Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə160/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Maqsadli-oqilona harakat — sub'ekt tomonidan o‘z maqsadini aniq anglaganligini, oqilona vositalar tanlaganini taqozo etadi. Ammo, konkret inson harakati maqsadli-oqilona harakatga qisman yaqinlashishi mumkin, lekin aynan mos kelmaydi. Maqsadli-oqilona harakat o‘ziga xos harakat modeli rolini o’ynaydi, uning yordamida harakatlardagi chetga og‘ishlarni aniqlash mumkin. Bu esa harakat qilayotgan sub'ektning haqiqiy motivlarini tushunish imkonini beradi.
Qadriyatli-oqilona harakat - etik, estetik, diniy va boshqa ma'lum xatti-harakat qadriyatlariga bo‘lgan ishonchga asoslangan ijtimoiy harakatdir. Qadriyatli-oqilona harakat doimo ma'lum bir bajarilishi burch hisoblangan talablarga bo‘ysunadi. Ma'lum bir qadriyatni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan bu harakat o‘zining ma'lum bir tartibliligi tufayli rejali, oqilona xususiyatga ega bo‘ladi. Qadriyatli-ratsional harakatda odam .tashqi dunyodagina emas, balki o‘zining sub'ektiv qadriyatlariga ham mos ravishda vosityalar tanlaydi, bu qadriyatlar harakatni tezlashtirishi va aksincha, susaytirib qo‘yishi mumkin.
Affektiv harakat tipi - affektiv harakat tipini sub'ektning ma'lum bir emotsional holati, ma'lum affektlar va his-tuyg‘ular bilan xarakterlanadigan harakatni ifodalaydi. Bularga sevgi, nafrat, qo‘rquv, mardlik, quvonch va boshqalarni kiritish mumkin. Bu harakat ijtimoiy mohiyatga ega emas. Affektiv harakatda tashqi bir maqsadlarga intilish bo‘lmaydi, balki his-tuyg‘ular tomonidan oldindan mazmun jihatdan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Bunday harakatda eng muhimi-individni qamrab olgan his-tuyg‘uni, xohishni zudlik bilan qondirishga bo‘lgan intilishdir. Bunday harakat inson harakatining chegarasida turadi. Bu chegaradan chiqqan harakat ijobiy harakat xususiyatini yo‘qotadi. Affektiv harakat o‘tkinchi xususiyatga egadir.
An'anaviy harakat - madaniy an'analarda ifodalangan xatti-harakat timsollariga, taqlidga asoslangan harakatni bildiradi. Bunday harakat oqilona xususiyatga ega bo‘lmay, harakat jarayoni avtomatik ravishda yuz berayotgan jarayon ko‘rinishini oladi, sub'ektivlar har qanday vaziyatda ham takrorlanuvchi va ko‘nikib qolingan an'analarga, odatlarga asoslanadi. An'anaviy harakat yuzaki qaraganda ob'ektiv oqilona tarzda ko‘rinishi mumkin, lekin uning haqiqiy mohiyati sub'ektiv nooqilona asosga egadir. An'anaviy harakat ham affektiv harakat kabi inson xatti-harakatining chegarasini bildiradi. Lekin bu harakatning ahamiyati shundaki, odat va ko‘nikmalarga asoslangan harakatlar jamiyat hayotida juda ko‘p o‘rin tutadi. Individning xatti-harakati o‘zida harakatning barcha turlariga xos bo‘lgan xususiyatlarini saqlaydi. Bunda maqsadli-oqilona, ham qadriyatli oqilonalik, affektivlik, an'anaviylik belgilari bo‘ladi. Turli jamiyatlarda ba'zi harakat vaziyatlari kuchliroq bo‘lishi mumkin. Masalan, an'anaviy jamiyatda an'anaviylik va affektivlik, oqilonalik va qadriyatli oqilonalikka nisbatan ustunroq bo‘ladi. Aksincha, industrial jamiyatda oqilonalik va qadriyatli harakat nisbatan ustun bo‘ladi.
Insonning sub'ektiv dunyosi ijtimoiy hayot, ijtimoiy jarayonlarning shaxs jihati sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamiyat rivojlangan sari maqsadli ratsional harakat kuchayib boradi.
Demak, harakat individning g‘oyalar va vaziyat sharoitlari ta'siri ostida o‘z maqsadlariga erishish vositalari yuzasidan sub'ektiv qarorlar qabul qilishni anglatar ekan. Albatta bu alohida olingan harakat bo‘lib, ijtimoiy harakat ko‘pgina shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan mana shunday harakatlarning muntazam qatorlarini o‘z ichiga oladi.
Maqsad harakatning zarur elementidir. Maqsad harakat qiluvchi istagan holatdir. Demak, maqsadlar kutilgan, tasodifiy yoki qandaydir bir bilimlar natijasida tanlangan bo‘lishi mumkin. Maqsad ma'lum bir vaqtni taqozo etadi. Vaqtdan tashqari u ahamiyatini yo‘qotadi. Maqsad xato bo‘lishi, ya'ni maqsad va vositalarning noto‘g‘ri tanlanishi, ularning bir-biriga muvofiq kelmasligi natijasida maqsadning amalga oshmasligi mumkinligini ham unutmaslik kerak.
Vaziyat esa harakatning tashqi qobig‘idir. Vaziyatning asosiy xususiyati shundan iboratki, u maqsadga nisbatan boshqa yo‘nalishda rivojlanadi. Harakat qiluvchining vaziyat ustidan nazorat qilishi harakat sharoitlari va vositalari yordamida olib boriladi. Harakat sharoiti harakat qiluvchi o‘zgartira olmaydigan elementdir.
Harakatning normativ (me'yoriy) yo‘nalganligi ham muhimdir. Chunki harakatda doimo me'yoriy yo’nalganlik mavjud bo‘ladi. Me'yor harakatni namunaga muvofiklashtirishga bo‘lgan intilish bilan ifodalanadi. Me'yoriy elementning belgilari quyidagilar: a) harakat qiluvchida u yoki bu qabul qilingan me'yorga amal qilishga bo‘lgan intilishning mavjudligi; b) harakat qiluvchining har qanday imkoniyatlardan qat'iy nazar, shaxs sistemasi oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish zaruriyatini tan olishi. Me'yoriy yo‘nalganlik ijtimoiy harakat nazariyasida muhim o‘rin tutadi. Ma'lum me'yorlarga intilmaydigan harakat mavjud bo‘lolmaydi, kelmaydigan mexanik harakat bo‘lmaganligi kabi bo‘lmaydi.
Harakat tizimi murakkab tuzilishiga ega. Ijtimoiy harakat doimo boshqa harakat qiluvchilarning o‘zaro yo‘nalganligini va umumiy qadriyatlar asosida o‘zaro integratsiyasini tashkil etadi. Bu darajada ijtimoiy harakat quyidagi tushunchalar bilan izohlanadi: harakat qiluvchi; me'yoriy yo‘nalganlik, maqsad, vaziyat, boshqa harakat qiluvchi, o‘zaro yo‘nalganlik, qadriyatlar. Harakat sistemasi bu harakat elementlaridan va harakatlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqalardan iborat. Bu munosabatlar quyidagilardir: 1) sistema tushunchasi bilan bog’liq ravishda yuzaga keladigan munosabatlar; 2) individ yoki harakat qiluvchi deb ataladigan birikmalarda yuzaga keladigan munosabatlar; 3) ijtimoiy guruhdagi individlarning o‘zaro aloqasi natijalarida yuzaga keladigan munosabatlar, harakat ma'lum bir qismlardan iborat, ularni biz sistemalar deb ataymiz. Ba'zi sotsiologlar jumladan T. Parsons harakat elementlaridan iborat uchta tizimni ajratib ko‘rsatadi: 1) ijtimoiy tizim; 2) shaxs tizim; 3) madaniyat tizimi. Ijtimoiy tizim va shaxs tizimi motivlangan salbiy harakatni tashkil qiladi. Madaniyat tizimi esa ramziy nusxalar tizimining mohiyatini bildiradi. Umumiy bir harakat tizimini tashkil qiluvchilari quyidagilardir: 1) harakat qiluvchi organizm (moslashuv funksiyasini bajaradi); 2) shaxs tizimi (maqsadga erishish funksiyasini bajaradi); 3) ijtimoiy tizimi (integratsiya funksiyasini bajaradi); 4) madaniyat tizimi (latentlik vazifasini bajaradi).
Ijtimoiy harakat tizimi ikki darajadagi o‘zga voqelik-orasida mavjud bo‘ladi. Bu ikki daraja harakat sistemasiga kirmaydi, bular fizik organik tashqi muhit va oliy fikrni voqelikdir. Ular orasidagi ta'sirlar quyi darajada harakat qiluvchi organizm yordamida, yuqori darajada-madaniyat yordamida yuz beradi. Bu ta'sirlar quyi darajada harakatni energiya bilan, yuqori darajada esa axborot va nazoratni ta'minlaydi.
Ijtimoiy harakatning funksional jihati ijtimoiy munosabatlarning amal qilishi, buzilishi va o‘zgarishi jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Bunda uch tizim, ya'ni madaniyat, shaxs va ijtimoiy tizim uch birlashtiruvchi markaz sifatida barcha harakat tizimlarining tarkibiy asosida yotadi. Bular bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar bo‘lganligi sababli ularning o‘zaro munosabatlarisiz birorta ham harakat tizimi mavjud bo‘la olmaydi.
Ma'lumki, insonning ijtimoiy voqelikka nisbatan munosabati faoliyat tushunchasi bilan ifodalanadi. Aynan insonning amaliy faoliyati uni o‘rab turgan moddiy, tabiiy va ayniqsa ijtimoiy dunyoni o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Shu bilan birga insonning tashqi dunyoni o‘zgartirishga qaratilgan harakati uning faoliyatining boshqa barcha turlari uchun asos hisoblanadi. Lekin shaxs boshqa insonlar bilan hamkorlikdagina amaliy faoliyat yuritadi. Umuman insonning amaliyotdagi faoliyati (harakati, xulq-atvori) sub'ekt-ob'ekt va sub'ekt-sub'ekt munosabatlari birligida namoyon bo‘ladi. Bu yerda sub'ekt-ob'ekt munosabatlari insonning tashqi muhitni sun'iy qurol va vositalar yordamida o‘zlashtirishini anglatsa, sub'ekt-sub'ekt munosabatlari esa ushbu faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi muloqatni ifodalaydi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin