Sotsiologiyaa


Sotsial munosabatlar tushunchasi ko’pgina adabiyotlarda ikki xil darajada



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə162/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Sotsial munosabatlar tushunchasi ko’pgina adabiyotlarda ikki xil darajada: keng va tor ma`noda talqin qilingan. Keng ma`noda tushunish – sotsial munosabatlarni butun bir ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan tenglashtirishdir va ular orasidagi farqlarga ko’p e`tibor bermaslik bilan bog’liqdir.
Tor ma`noda esa sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir muhim elementi va turi deb interpretatsiya qilinadi. Sotsial munosabatlar keng ma`noda quyidagicha ta`rif bilan belgilangan55.
Sotsial munosabatlar – bu tabiat hodisalaridan farqli o’laroq, unda ijtimoiy munosabatlar butun bir tizimining mujassamlashganidir. O. Kont o’zining pozitivistik ta`limotida sotsial munosabatlar muammolarini xuddi biologik hodisalar usuli bilan o’rganish printsiplari kabi keng targ’ib qiladi. Pozitivistik-naturalistik yo’nalishning ashaddiy raqibi bo’lgan fenomenologik sotsiologiya sotsial hayot va sotsial munosabatlarni bunday usulda talqin etganligi uchun O. Kont va uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. Naturalizmning jiddiy kamchilik va xatoliklarini bartaraf etish uchun fenomenologik sotsiologiya inson ongining faolligini muammolar echimining asosiy omili deb isbotlashga intiladi. Bu yo’nalish vakillarining fikricha, faqatgina inson va uning tafakkuri tufayli sotsial voqelikni hamda sotsial munosabatlarni konstruktsiyalash (yaratish) mumkin. Chunki sotsial reallik va sotsial munosabatlar insonning interpretatsion faoliyati orqaligina vujudga keladi. Fenomenologik sotsiologiyaning taniqli vakillaridan biri D.Silverman yuqoridagi g’oyalarni asoslash uchun pozitivistik sotsiologiya nazariyasini tanqid qiladi.
Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar o’tdi, yangi jug’rofiy-siyosiy makonlar paydo bo’ldi. Eng muhimi, totalitar tuzum barham topib, yangi davlatlar vujudga keldi, yangi jamiyatda bir partiyaviylik hukmronligi emirildi va mustaqil suveren davlatlar barpo bo’ldilar. Endi esa jamiyatdagi jarayonlarni, jumladan, sotsial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik printsip orqali tadqiq qilish davri keldi. Bu tamoyil orqali sotsial munosabatlarning muammo va vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug’ildi. Ushbu ijobiy imkoniyatlarning hosili sifatida respublikamizda sotsial munosabat muammolari jahon ilmiy tafakkurining har xil yo’nalish natijalari asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib ko’rsatish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, sotsial munosabatlar muammosini yangi, yuqori ilmiy darajada tadqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. Endi bu muammoni konkret sotsiologik tadqiqot bilan o’rganish joizdir. CHunki sotsiologiya nafaqat bu muammolarni, balki butun ijtimoiy hayot jarayonlarini keng qamrovda kompleks xarakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiq qiladi.
Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida ` muhim o’rin tutadi. Chunki birdamlik – bu ko’pgina ma`naviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo’lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko’rsatayotgan insonlarning ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligi ko’rinishidir. Avvalambor shuni ta`kidlab o’tishimiz joizki, Sotsiologiya faniga bu atama sotsial jipslashuvni bildiradigan tushuncha sifatida birinchi bo’lib O.Kont tomonidan kiritilgan edi. Bu muammoga ko’pgina mutafakkirlar o’zlarining keng etiborlarini qaratganlar. Ayniqsa, E.Dyurkgeym, G.Spenserlar bu muammoni chuqur tahlil qilganlar, lekin ular o’z tadqiqotlarini turli xil yo’nalishlarda olib borganlar. E.Dyurkgeymning fikricha, sotsial birdamlik bu axloqiy printsip va oliy universal qadriyat bo’lib, u jamiyatning har bir a`zosi tomonidan tan olinadi. O.Kont va G.Spenserlarning tadqiqotlarida sotsial birdamlikning asosini iqtisodiy manfaatlar tashkil qilishi markaziy o’rinni egallaydi. G.Spenser o’zining birdamlik ta`limotida majburiy va ko’ngilli birdamlikni ajratib ko’rsatadi. Uning fikricha, kishilik jamiyati o’z rivojlanish yo’lida ikkita harbiy va sanoat davrlariga bo’linadi. Butun hayot bu erda intizomga asoslangan. Sanoat turidagi jamiyat esa osoyishta ijtimoiy hamkorlikning erkin shakllarini ifoda etadi. Muammoning ikkita muhim jihatga ajratib tahlil qilinishini D.Dyurkgeymning ham ilmiy faoliyatida ko’rish mumkin . U o’z ta`limotini mexanik va organic birdamlikka ajratadi. Rivojlanmagan va eski jamiyatlarda hukmronlik qiladigan birdamlikni E.Dyurkgeym mexanik birdamlik, deb ataydi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin