Sotsiologiyaa


Salbiy ta`sirli munosabatlar



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə165/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Salbiy ta`sirli munosabatlar: befarqlik, kamsitish, konfliktlar, begonalashuv, krizis, tengsizlik
Ijtimoiy munosabatlar sistemasida plyuralizm katta ahamiyatga ega. Plyuralizm kontseptsiyasiga ko’ra borliq asosini bir necha yoki juda ko’p bir-biri bilan bog’lanmagan substantsiyalar tashkil etadi. Plyuralizm nemis filosofi Volf tomonidan kiritilgan.
Iqtisodiy, taqsimot va sotsial-sinfiy munosabatlar
Jamiyat ijtimoiy tarkibida har bir shaxs qaysi ij­timoiy guruhga va undagi hududiy, tarmoq (soha) va ijti­moiy mavqe yo’nalishiga mansubligi bilan xarakterlanadi. Bulardan tashqari, yana shaxs jinsi, yosh jihati, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy mansubligi, ma`lumoti, ilmiy darajasi kabi me`zonlar bilan ham o’rganiladi. Hozirgi bozor munosabatlariga o’tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklari ijtimoiy guruh va ayrim shaxslarning qanchalik moddiy imkoniyatga egaligi, jamg’arma mablag’i miqdori qanchaligi kabi tomonlarni o’rganishni ham talab etadi.
Hozirda ijtimoiy munosabatlarda jamiyatimiz uchun mutlaqo yangi bo’lgan asoslar yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikka asoslangan ko’p ukladli, dunyo sari ochiq yuz tutgan iqtisodiyot paydo bo’ldi. SHuning uchun ham yangi iqtiso­diy va taqsimot munosabatlari sotsiologiyasini ishlab chiqish Sotsiologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirda mehnatning mazmunini chuqur va har jihatdan o’zgartirmay turib, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida sifat o’zgarishiga erishib bo’lmaydi. SHu boisdan ham bugungi kunda mehnatga yangicha munosabat tarkib topmoqda, yangi texnolo­giya yaratilib, fan yanada taraqqiy etmoqda, munosib malakali kadrlar tayyorlash, maorifni tubdan yangilash kabi vazifalar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot sotsiologiyasi ishlab chiqarish va mehnat jarayonini, taqsimot munosabatlari, moddiy ta`minot, aholining moddiy turmush darajasi va shu kabi jamiyatning iq­tisodiy rivojlanish sohasidagi qonuniyatlarni o’rganadi.
Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, eng avvalo, uning iqtisodiy asoslari bilan bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ijtimoiy hayotdagi boshqa sohalarning rivojlanish darajasi ham shunga mos ravishda taraqqiy qilib boradi. Masalan, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Evropa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi va aholisi turmush darajasining yuqoriligi, madaniyat, xizmat ko’rsatish sohalarining taraqqiyotini ham belgilab bergan.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin