I-Bob: Afg`on urushining kelib chiqishi va unga jahon hamjamiyatining munosabati……………………………………………………………………….. 1.1.Sovet qo`shinlarining Afg`oniston hududiga kiritilishi arafasidagi jahondagi xalqaro vaziyat………………………………………………………………………
1.2.Sovet qo`shinlarining Afg`onistong akiritilishi……………………………….
1.3.Jahon hamjamiyatining sovet qo`shinlarining Afg`onistonga kiritilishiga munosabati…………………………………………………………………………
II-Bob: Afg`on urushining boshlanishi. Urushining borishi………………….. 2.1.Sovet qo`shinlarining ,,Cheklangan kontingenti” (OKSC) ning umumiy
tavsifi………………………………………………………………………………
2.2.Afg`oniston islom muxolifatiga umumiy tavsif………………………………
2.3.Afg`onistondan sovet qo`shinlarining olib chiqib ketilishi. Afg`on urushining ahamiyati va oqibatlari…………………………………………………………….
2.4. Umumta`lim maktablarida, KHK va AL larda mavzuni pedagogik texnologiyalar asosida o`quvchilar va talabalarga o`rgatish usullari……………
Xulosa …………………………………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ………………………………………………
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har taraflama takomillashtirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Prezidentimiz I.A.Karimov haqli ravishda ta`kidlaganlaridek, “o`z tarixini bilgan, undan ruxiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni anashu tarix bilan qurollantirishimiz zarur.Tarix bilan qurollantirish, yana bir qurollantirishimiz zarur!1”
Turli tarixiy manbalar orqali tariximizni dolzarb muammolarini xal qilish, ularni keng ommaga yetkazishga qator ijobiy ishlar qilinganligi va bu borada hali ko`plab ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tarixchilarimizning bosh vazifasi bo`lib qolayotganligini shu o`rinda ta`kidlash joiz.
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi biz uchun nafaqat o`z ota-bobolar merosini balki, boshqa xalqlarning ham ilmiy merosini o`rganish uchun yangi imkoniyatlarni berdi.
Ilgarilari soxtalashtirib kelingan Vatanimiz tarixini chuqur qayta tafakkur qilish, o`tmishimizni tadqiq etish uchun mutlaqo yangicha nazariy va metodologik yondashuvlarni ishlab chiqishga katta ehtiyoj borligi xususida davlatimiz rahbarining qator asarlari hamda nutqlarida bir necha bor eslatib o`tiladi. Jumladan, o`bekistondagi tarix fanining taraqqiyotiga I.A.Karimovning respublika tarixchi olimlari bilan 1998 yil yozida o`tkazgan uchrashuvi, shuningdek, Prezidentimizning milliy mafkurani shakllantirishga doir chiqishlari alohida o`rin tutadi. Yurtboshimizning mazkur uchrashuv chog`ida bildirgan fikrlarida va yuqorida eslatilgan chiqishlari O`zbekistonning yangi tarixini yaratish hamda milliy o`zlikni anglashni mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni ma`naviy-ma`rifiy jihatdan kamol topdirish uchun boy o`tmish tariximizni xolisona o`rganish o`ta dolzarb vazifa ekanligi ko`rsatib o`tilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan “O`zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqida”gi qarorida tarix fani muammolariga, tarixni milliy istiqlol nuqtai nazaridan o`rganishning falsafasi va uslubiyatini egallash masalalariga jiddiy e`tabor qaratilgan1.
Hozirgi dunyo murakkab va turfa xil. Unda turli madaniyatlar yonma-yon yashaydi va bir-biriga ta`sir korsatadi. Butun dunyo bilan muvaffaqiyatli munosabatlarga kirishish, do`stlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud voqelikning muammolarini chuqur bilim va bu bilimdan umid manfaati yo`lida foydalanish lozim bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o`zining “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va barqarorlik kafolatlari” kitobida dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashash va hamkorlik qilishning ahamiyati xususida to`xtalib, shunday yozadi: “Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So`nggi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jo`g`rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o`zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohoza yuritish va ularga to`g`ri baxo berish juda muhim”
Mustaqillik tufayli O`zbekistonni dunyo tanidi va o`z navbatida mamlakatimiz dunyo mamlakatlari tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olindi. Har bir millat va elat, etnik guruhlar, ularning urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishi sababli yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar teng huquqlilik asosida umrguzaronlik qilmoqda2. Mustaqillik sharofati bilan Yurtboshimiz rahbarligida O`zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo`li tanlandi, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tilmoqda; istiqlol Ma`naviyatini shakllantirish va sog`lom avlodni voyaga yetkazish masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Mustaqillik davrida O`zbekiston BMT ga (1992 yil 2 mart), Yevropaga Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi o`nlab halqaro tashkilotlarga a`zo bo`ldi, deyarli barcha nufuzli mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, dunyodagi ko`plab davlatlar (130 dan ortiq) bilan diplomatik aloqalar o`rnatdi,o`zaro hamkorlik munosabatlari yo`lga qo`yildi.Istiqlol davrida mamlakatda tinchlik va davlatlar o`rtasida tinchlikparvar tashqi siyosat yuritilmoqda.
Bizga ma`lumki, qo`shni Afg`onistn hududi hamon mintaqamizdagi eng notinch joy sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qayd etib kelinmoqda.
Jamiyat uchun an`anaviy bo`lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlar tizimini inkor etish va ularga zid bo`lgan “g`oyalar”ni agressiv tarzda targ`ib qilish, bir so`z bilan aytganda diniy ekstremizimning asosiy markazlaridan biri sifatida Afg`onistondagi notinch vaziyat dunyo tinchligiga tahdid solmoqda. Diniy ekstremizim va u bilan bog`liq terorizmning Markaziy Osiyoga kirib kirib kelishida aynan Afg`oniston o`ziga xos darvoza vazifasini o`tamoqda.
Mazkur biz tanlagan BMI ning tadqiqot mavzusi “Afg`onistonga sovet qo`shinlarining kiritilishi va uning salbiy oqibatlari”deb nomlandi.Mazkur muammoni mustaqillikkacha va mustaqllik davrida yaratilgan ilmiy manbalar (respublikamiz olimlari, xorijlik tadqotchilarning izlanishlari, gazeta va jurnallar, arxiv materiallari va h.k lar) asosida imkoniyatimiz darajasida ochib berishga harakat qildik. Ushbu tadqiqot mavzusi 1979-1989-yillar tarixiy voqealarni o`z ichiga olsada, biz bugungi kunda jahonda mavjud bo`lib turgan global muammolar xalqaro terrorizm, diniy ekstremizimning tub ildizini o`rganilayotgan davr muhitidan izlashga intildik. Shu bois ishni ilmiy asosda yoritishni o`z burchimiz deb bildik.