Sovet qo`shinlarining cheklangan qismi 1979 yil Afg`onistonga kiritilgan edi va 1989 yil tashlab chiqdi



Yüklə 288,5 Kb.
səhifə9/15
tarix22.09.2023
ölçüsü288,5 Kb.
#146667
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
BMI afg\'oniston Jizzax DPI

Afg`oniston Mustaqilligi.
Uchinchi Angliya-Afg`on urushi. 1919-yil Omonulloxon Afg`onistonni Buyuk Britaniyada tashqaridagi mustaqil davlat deb e`lon qildi. Afg`onistonni mustaqil deb birinchi Sovet Ittifoqi tan oldi va iqtisodiy, harbiy yordam ko`rsatdi. XX-asr boshida Afg`oniston qoloq agrar davlat edi, ishlab chiqarish mavjud emas edi, o`ta qashshoq aholisi, ularning yarmidan ko`pi xat-savodsiz edi.
Davud Respublikasi. Afg`oniston Respublikasi (Davud hukmronligi).1973-yil Afg`oniston podshosi Zoxir-Shox Italiya tashrifida, mamlakatga davlat to`ntarilishi sodir etildi. Hokimiyat Zohir-Shohning qarindoshi Muhammad Davud tomonidan egallandi. Davud so`zsiz bo`ysunishga asoslangan, o`z amrini o`tkazish siyosati olib borib, yangi islohotlarni amalga oshirmoqchi bo`ldi, lekin ularni,ko`pchiligi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Afg`onistonning birinchi Respublika davri tarixda kuchli siyosiy o`zgaruvchanlik davri deb tariflandi, kommunistik va musulmon guruhlari o`rtasida raqiblik paydo bo`ldi. Musulmon dini tarafdorlari bir necha qo`zg`olonlar ko`tarishdi, lekin hammasi hukumat qo`shinlari tomonidan bostirildi. Davud boshqaruvi Saur revolutsiyasi bilan 1979- yil aprel oyida yakunlandi va uning oila a`zolari qatl ettirildi.
Asosiy mavzu: Saur inqilobi, Afg`oniston Demokratik Respublikasi, Afg`onistonda fuqarolar urushi.
1979-yil 27 aprelda Afg`onistonda Aprel (Saur) inqilobi boshlandi, buning oqibatida hukumat tepasiga Afg`oniston Xalq–Demokratik partiyasi keldi va davlatni Afg`oniston demokratik Respublikasi deb e`lon qildi. Davlat rahbarlarining yangi islohotlar o`tkazishga qilgan urunishlari, qaysiki Afg`onistonni saqlab qolish uchun harakati musulmon qarshilik harakatiga duch keldi. Sovet qo`shinlarini kiritishdan oldin, yani 1978 yili Afg`onistonda fuqarolar urushi boshlandi.
Urushning borishi
Sovet qo`shinlarini kiritish haqida qaror qabul qilinishi. 1979-yil mart oyida Hirot shahrida qo`zg`olon paytida Afg`on hukumati tomonidan to`g`ridan to`g`ri Sovet harbiy aralashuvini so`rab birinchi iltimos murojati bo`ldi (bunday iltimoslar soni 20 ga yaqin edi). Lekin 1978 yil Afg`onistonda tuzilgan KPSS MK komissiyasi KPSS MK siyosiy byurosiga agar tog`ridan-to`g`ri Sovetlar aralashuvi bo`lsa, shak-shubhasiz nohush hollarga olib kelishini aytildi va iltimos rad etildi. Ammo Hirot qo`zg`aloni Sovet qo`shinlarini Sover-Afg`on chegarasi olib kelishga majbur etdi va mudofa ministry D.F Ustinov buyrug`iga ko`ra Afg`onistonga tushurish yo`li bilan 105-chi gvardiya havo-desant diviziyasini tushurish ehtimoli borligi uchun tayyorgarlik boshlandi. Afg`onistonda keyinchalik vaziyat o`zgardi – Musulmon oppozitsiya qurolli chiqishlari, armiyada qo`zg`olonlar, ichki partiyaviy kurashlar va asosan 1979 yil sentabrda AHDP raxbari N.Taraki qamoqqa olindi va keyinchalik X.Amin buyrug`iga binoan o`ldirildi bu esa Sovet hukumatiga jiddiy bezovtalik keltirib chiqardi. Sovet hukumati xushyorlik bilan Afg`oniston boshligi` X. Amin faoliyatini kuzatuvga oldi, chunki X. Amin o`zining shaxsiy maqsadlariga yetishda qattiq qo`lligi va nafsoniyatiga beriladiganlar toifasidan edi. X.Amin davrida mamlakatda siyosiy qotillik faqat Islom dini vakillariga emas, balki AXDP a`zolariga, Taraki tarafdorlariga qo`llashdi. AHDP asosiy tayanchi bo`lgan ma`naviy-jangovar ruhni tushib ketishiga hamda ommaviy ravishda xizmatdan qochish va g`alayonga olib keldi. Keyingi tortishuvlarning kuchayishi Afg`onistonda AHDP idora usulini ag`darilishi, hokimiyat tepasi CCCR ga dushmanlik ruhidagi kuchlar kelishidan qo`rqishar edi. Undan tashqari Davlat xavfsizlik xizmatiga 1960- yillarda Aminni Markaziy Razvetka boshqarmasi (QRU) bilan maxfiy a`loqalari borligi haqida ma`lumotlar tushadi. Oqibat Aminni qulatish haqida qaror qabul qilindi va uning o`rniga SSSR ga sodiq rahbar qo`yish maqsadi qo`yildi. Faoliyatlarini hisobga olib B.Karmaya nomzodi ko`rib chiqildi, uning nomzodini Davlat xavfsizlik qo`mitasi raisi YU.V.Andronov yoqlab chiqdi. Aminni ag`darish operatsiyasini ishlab chiqishda Aminning sovetlar harbiy yordam ko`rsatishni so`rab yozgan iltimoslari qo`llanildi. Jami sentabrdan-dekabr 1979-yilda 7 ta shunday murojaatlar bo`lgan edi. 1979 yil dekabr oyi boshlarida Baramga deb ataluvchi mahsus topshiriqlarni bajaruvchi otryad, davlat razvetka boshqarmasi (TRU) jo`natildi. Bu otryad 1979-yil yozida sovet harbiy xizmatchilari bo`lgan, kelib chiqishi O`rta Osiyoliklardan tashkil topib, Tarakini himoya qilish va Afg`onistonda aloxida vazifalarni bajarish uchun edi. 1979 yilning birinchi sanalarida SSSR mudofaa ministri D.F.Ustinov yuqori martabali, yuqori qatlamga mansub harbiy raxbarlarning kichik guruhiga, yaqin kunlar ichida, Sovet qo`shinlarini Afg`onistonda qo`llash haqida qaror qabul qilishi ma`lum qiladi. D.F Ustinovning shaxsiy buyrug`iga binoan 10 dekabrdan Turkiston va O`rta Osiyo harbiy okruglari qism va qo`shilmalari, harbiy kuchlarini to`la safarbar qilish avj oldirildi. Faqat bosh shtab boshligi N.Ogarkov qo`shinlarni kiritishiga qarshi bo`ldi. Qo`shinlarni kiritish qarori siyosiy byuroning yig`ilishida qabul qilindi: “A” xolatiga o`tildi.
1. o`o` : Andronov Yu. V, Ustinov D.F. Gromko A.A lar tomonidan ishning asosiy mazmuni aytib berildi va tadbir belgilandi. Tadbirlarning amalga oshirishda muhim bo`lmagan o`zgartirishlar kiritishga ruxsat berildi. Markaziy qo`mita tomonidan hal etiladgan masalalar, o`z vaqtida siyosiy byuro kiritilsin. Barcha tadbirlarni amalga oshirish Andronov Yu.V, Ustinov D.F. A.A Gromko lar zimmasiga yuklatilsin.
2.o`o`: Andronov Yu.V, Ustinov D.F, Gromko A.A larga Markaziy qo`mita siyosiy byurosiga belgilangan tadbirlarni bajarilganligi to`g`risida axborot berishicha, 1979 yil Siyosiy byuroning yolgiz a`zosi, A.N. Kosigin Sovet qo`shinlarini Afg`onistonda jo`natishni qo`llamadi, shu ondan A.N.Kosigin bilan Brejnev va uning atrofidagilar o`rtasida munosabat o`zgardi. Dekabr 1979 yil Mudofa Vazirligida Bosh shtab boshlig`ining birinchi o`rinbosari armiya generali S.F.Axroliyev boshlig`ida Afg`oniston bo`yicha tezkor guruh tuzildi. S.F. Axroliyev Turkiston Harbiy okrugida 14-dekabr ish tashlagan edi. 14-dekabr 1979-yil Bagramga 345 – gvardiya aloxida batalyoni jo`natishdan maqsad 111 chi gvardiyachi parashot desant polki va 105- chi gvardiyachi havo-desant diviziyasini kuchaytirish edi, chunki ular 7-iyul 1979- yildan Bagramda Sovet harbiy-transport samalyotlar va vertalyotlarini himoya qilishar edi. Bir vaqtni o`zida B.Karmal va uning tarafdorlari yashirincha Afg`onistonga 14- dekabr 1979 yil olib kelingan bo`lib Bagramda Sovet harbiy hizmatchilari ichida edilar. 16- dekabr 1979-yil Aminni o`ldirish bo`yicha urinish qilingan edi, lekin u omon qoldi, va B.Karmol tezda SSSR ga qaytdi. 20-dekabr 1979 yil Bagramdan-Qobulga “Musulmonlar batalyoni” tashlandi, u Amin saroyini qo`riqlashi kerak edi. Shu operatsiyani amalga oshirish uchun dekabr o`rtalarida Afg`onistonda Davlat va Xavfsizlik hukumatining 2 ta maxsus guruhi yetib keldi.
1979-yil 25-dekabrgacha Turkiston harbiy okrugiga Afg`onistonga kiritishi uchun 40- umumqo`shin armiyasi, 2- motor o`qchi diviziyasi, armiya artelleriya brigadasi, zenit-raketa brigadasi, desant- ishg`ol qiluv-brigadasi, jangovar va front orqasi ta`minlash qism, O`rta Osiyo harbiy okrugiga motor o`qchi polki, aralash aviakorpusi, qiruvchi-bambardimonchi, 1 qiruvchi aviapolki, 2 ta vertalyot polki, aviatexnik qism va aeradrom ta`minoti tayyorlandi. Zahira sifatida har ikkala okrugda 3 ta diviziya safarbar etildi. Qismlarni to`ldirish uchun O`rta Osiyo Respubliklari va Qozoqistondan 50 ming kishi zahiradan chiqarildi, xalq xo`jaligidan 8 ming avtomobil va boshqa texnikalar olishdi. Bu Sovet armiyasining 1945- yildan keyin juda katta safarbarligi edi. Bundan tashqari Belarusiyalardan 103- gvardiyachi havo-desant diviziyasi Afg`onistonga tashlash uchun 14-dekabr Turkiston harbiy okrugi aerodromiga tiklandi.
1979-yil 23-dekabr kechasi qo`shinlar “Afg`onistonga kirishi uchun tayyor ekanligi ma`lum qilindi. 24- dekabr kuni Ustinov D.F. № 321/12/00/ raqamli ko`rsatma imzolandi.



Yüklə 288,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin