Sovet-Afg`on urushi to`g`risida gapirishdan oldin Afg`oniston tog`risida tasavvurga ega bo`lish va SSSR billan a`loqalari tog`risida tasavvurga ega bo`lish lozim.
Afg`oniston Markaziy Osiyoning Janubiy G`arbida joylashgan. Shimolda SSSR bilan hozirgi kunda Turkiya, O`zbekisron, Tojikiston bilan G`arbda Eron, Shimoliy Sharqda Xitoy, Janubda Pokiston bilan chegaradosh. Axolisi 26 mln.800 ming kishi(2001-yil). Poytaxti Qobul shahri. Hozirgi Afg`onistonda 20 dan ortiq halq yashaydi. 13mln 400 ming nafari Afg`onlar-Pushtunlarni tashkil qiladi. Garbiy va shimoliy- sharqiy viloyatlarda tojiklar (6mln700) shimolda o`zbeklar (1.5mln) atrofida, turkmanlar (700 ming atrofida), markaziy qismida hazorlar (1mln400)atrofida, shimoliy-g`arbida charaymatlar (450ming atrofida) istiqomat qiladi. Ayrim rayonlarda nuristonliklar (100 mingdan ortiq), beluvchilar (100 mingdan ortiq), hashaylar (100 mingdan atrofida), qirg`izlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, ozgina arablar istiqomat qiladi. Davlat dini islom (84%)-sunniylar (15%)-shialar. Davlar tili-pushtu, dari hisoblanadi.
Davlat hududi katta 650.000 kv.km bo`lib, 80% hudud Hindiqish, Pomir, Paropamiz, Gujarat tizimidan iborat. Ayrim qismlar dengiz sathidan 3000 m dan, 7000 metrgacha bo`lib, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Xususan harbiy nuqtai nazardan yaxshi tabiatan mustahkamlangan rayonlar hisoblanadi. Ushbu hududlar trans osiyo yo`lida joylashgan bo`lib, ushbu holatlar Afg`onistonga har doim e`tiborni jalb qiladi.
Sovet-Afg`on munosabatlari. 1978-1979 yillarda 1978 yil 28 aprelda mamlakatda armiya ko`magida yangi davlat to`ntarishi sodir etildi, bu aprel revolyutsiyasi nomi bilan tarixga kirdi. O`ldirilgan president Muhammad Dovud o`rnini Afg`oniston XDP lideri Nur Muhammad Taraki egalladi.
XDP to`g`risida qisqacha. Bu partiya 01.01.1965 yilda tashkil qilingan. Unga M.Taraki boshchilik qilgan. Lekin partiya tez orada 2 fraksiyaga M.Taraki va X.Amin boshliq (“Xalq” va B.Karmol boshliq “Parcha”)fraksiyalarga bo`linib ketti. Yangi rejimning asosiy kamchiliklari bu HDP ichkarisidan tuganmas fraksiyaviy kurashlar edi. Revalutsiya ushbu qarama-qarshiliklarni tugatishga hizmat qilmadi. Fraksiya tarqoq bo`lib 1970-yilga kelib birlashdi. “Parcha” liklar “Xalq” va uning liderlari Taraki va Aminlar Afg`onisron siyosiy realligida no`noq desalar, “Xalq” chilar o`z navbatida B.Karmolni “Kamunislar monarxiyasi” deb bilishar edi.
Fraksiyalar o`rtasidagi nizolar ularning liderlarining shaxsiy sifatlari sababli kuchayib borar edi. Aprel to`ntarishidan keyin prizdent bo`lgan 57 yoshli Taraki kambag`al dehqon oilasidan chiqqan shoir bo`lib odamlar bilan yumshoq muomilada bo`lishi bilan ajralib turar edi. Lekin Taraki siyosiy faoliyatida Aftaritat doktirinar edi. X.Amin esa 1929-yilda Qobul atrofidagi qishloqlarning birida mayda amaldorlar oilasida tug`ilgan edi. X.Amin AQSH da ta`lim olgan, marksist edi. U o`zini Partiyaning asosiy tashkilotchisi deb bilar edi.
Mamlakatning yangi rahbarining birinchi farmoni bilan Afg`onisron Demokratik respunlikasi e`lon qilinib feadal qoldiqlarini tugatib, sotsialistik davlarlarga hususan SSSR ga yaqinlashish ko`zda tuitilgan edi. Bu vaqtda mamlakatda 2 mingdan ortiq Sovet maslahatchilari va mutahasislari (G`arbiy manbalar bo`yicha 5 ming) bor edi, SSSR Akademiya va oliygohlarida 7 mingdan ortiq Afg`on lar ta`lim olishar edi. Kreditlarning umumiy summasi (1954-78 yilgacha) 1,2 mlyr dollarni tashkil qildi, eslatib o`tamiz AQSH subsidayalari 1978 yilgacha 470 mly dollaredan oshmagan edi.
1978 dekabrda SSSR va ADR o`rtasida “Do`srlik, qo`shnichilik va hamkorlik to`g`risida” gi sharnoma tuzildi. Ushbu shartnomaning 4 masalasida shunday deyilgan edi: “Shartnoma tuzayotgan tarafdorlar do`stlik va qo`shnichilik an`analari hamda BMT nizomiga amal qilib tomonlarning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi, havfsizligini ta`minlash maqsadida tegishli choralarni ko`radilar”.
Afg`on rahbariyati ushbu shartnomaning ushbu bandiga tayanib 1979 yilda sovet ittifoqiaga Aprel revalyutsiyasini himoya qilish hamda mamlakatga Sovet qo`shinlarini kiritmaslikka yordam so`radi. Bu esa mamlakatdagi vaziyatning og`irlashuviga va hukumat qo`shinlari bilan opazitsiya o`rtasida qurolli to`qnashuvga olib keldi.
Dekabr boshlarida SSSR mudofa vazifalari D.Ustinov Bosh shtabga qabul qilingan qarorga qaror to`g`risida xabar qilib, 10 dekabr kuni esa 75000 kishilik armiya tuzishga buyruq berdi. Mobilization tadbirlarni o`tkazish uchun SSSR mudiri vazirligida armiya generali S. Axromoyev boshchiligida aperativ gruppa tashkil qilindi, ushbiu gruppa 15 dekabr kuni Termiz shahriga yetib keldi. Ushbu gruppaga keyinchalik Marshal S.Sokolov boshchilik qildi, keyinchalik 1985-1989 yillarda armiya generali V.Varennikov boshchilik qildi. Ikki hafda mobaynida TURKVO va SAVO birga shtab birliklari bilan safarbar qilindi. Zaxiradan 50 000 harbiyga majburlab chaqirildi, halq ho`jaligidan 8 000 avtomobil va 5. texnikalar ajratildi. General polkovnik V. Tromov shunday yozadi: “Sovet Ittifoqi Ustinovning og`zaki buyruqlariga ko`ra 30 dan ortiq har-xil direktivalar qabul qilingan edi, bunga ko`ra O`rta Osiyo va Turkiston harbiy okruglari hududlarida 100 ga yaqin bo`linma qism va muassasalar safarbar qilindi. 40- armiya 3 ta motoro`qchi diviziya desantchi shturugi brigadalar. Aloxida motoo`qchi polk, Artilleriya va zenith raketa brigadalari shuningdek boshqa turdagi qo`shinlar bir necha qismlari va urush ortidagi xizmatlar safarbar qilindi. Ushbu armiyaga 50 000 dan ziyod ositser, serjant, va soldatlar bor edi. Xalq xo`jaligidan armiya armiya ehtiyojlaridan 8000 avtomobil jalb qilindi. Ikkala harbiy okruglar uchun keyingi 50 yil davomidaga eng katta mobilization safarbarlik edi”.
-15 dekabr kuni Aminning iltimosiga ko`ra uning hgimoyasini Sovet harbiylari tomonidan kuchytirish uchun Qobul shahriga “Musulmon” bataloni olin kelindi va va shun batalon Afg`oniston boshlig`ini qo`riqlash rezidentsiyasi birigadasi tarkibiga kirdi.
Dekabr o`rtalarida Farg`onada Bagramga N. Serdinov boshchiuligida 345 Gvardiya tashlandi. 25 dekabr kuni ertalab Qobul shahriga General mayor I.Repgenko boshchiligidagi 103-VITEGSK xarbiy desantchi diviziyasi yetib keldi. 23-dekabr kuni “Zenit” gruppasini kuchaytirish uchun SSSR RXK 7- boshqarmasidan “Alfa” bo`linmasidan “”Grom gruppasi mayor M. Romanov boshchiligida yetib keldi.
-1979 yil 25- dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 16:00 da Sovet qo`shinlarini ADP ga kiritilishi boshlandi. Dastlab razvetkachilar kiyinchalik 108 moto o`qchi diviziya kiritildi. Shu bilan parallel ravishdaxarbiy transport aviatsiyasi 103 gvardiya va aloxida parashutchi desantchi polkning asosiy kuchlarini Qobul va Bagramdagi Aeradromlarga tashiy boshladilar. Harbiy havo desantchi qo`shinlaritomonidan shaxsiy tarkib va jangovar texnikani tashish uchun 342 marta reyslar amalga oshirildi, jumladan AN-22. 66reys, Il-76-76 reys, An-12-200 reys amalga oshirdi.103 gvardiyani tashish uchun 55 soat vaqt ketti va hukumat idoralarini shturm qilishdan bir necha soat oldin yakunlandi. 55 soat davomida 7750-ta desant, 894 harbiy aslaha va avtomobillar, 1082 tonna o`qdori, yoqilg`i va ovqat tashildi.
25-dekabr kuni Sovet rahbariyati tomonidan “shtorm333” aperatsiya rejasi ishlab chiqildi. Aperatsiyaga ko`ra Amin rezidentsiyasidan tashqari speznaslar tomonidan Qobul atrofidagi 8 ta abyekt olinishi kereak edi. Aperatsiyaning asosiy abyekti Toj-bek saroyi edi. Saroyni Shturm qilishgarazverka boshqarmasidan polkob\vnik V.Kolesnik raxbar etib tayinlandi. Shtrum otriyadiga: 1 3
1. 30 otriyaddan iborat “Zenit” otriyadi
2. 25 otriyaddan iborat “Grom” gruppasi
3. 520 kishilik musulmon bataloni.
4. 100 kishilik 9 rota
Otriyad ixtiyorida 4 ta BTR 7- ta BMR, 2 ta 3SU 23.4 shkala, 4 ta PTUR (Fagon), 8 ta AGS-17 bor edi. Saroyni shturm qilish uchun “Zenit ”, “Grom” gruppasi to`liq tarkib bilan, V.Sharipov va R.Tursunqulov boshchiligidagi musulmon bataloni ishtirok etdi/ Xalq bo`linmalarining asosiy vazifalari shturm paytida o`t ochish bilan qo`llab quvvatlab turish, yaradorlarni evakuatsiya qilish edi.
Amin saroyini 2000 kishilik piyodalar bataloni va 1 ta tankchi bataloni va shaxsiy qo`riqlash brigadasi qo`riqlar edi. Saroyda 12 ta 100 mln li Zenit pushkasi, 16 ta DShK bor edi.
“Shtorm 333” operatsiyasi 1979- yil 27 dekabr 19:30 da boshlandi. Amin saroyini shturm qilish 45 min. Davom etdi, operatsiya tezkor sovuqqon aniq rejalashtirilgan tirik kuchlar va harbiy tehnikani ko`p miqdorda jalb qilmasdan bajarildi.
- Shturm vaqtida 13 kishi halok bo`lgan. Ular orasida Zenitchilardan G. Boyornikov, B.Suvorov, Gromchilardan R.Volkov, G.Zudin, Musulmon batalonidan 5 kishi, 4 nafar desantchi halok bo`lgan, 38 kishi yaralangan. Dushman tomonidan 300 kishi o`ldirilib 1700 kishi asir olindi, jang paytida X.Amin o`ldirildi. Zenit, Grom gruppalari hamda 103 gvardiya desantchilari Qobul shahridagi bosh shtab, Sarandichilar binosi, xafvsizlik hizmati, markaziy aloqa uzeli Puli charxi turmasi, telegraf, pochta, teleradio markazini egalladi. Sarandichilardan binosini egallashlar A.Muranov halok bo`ldi. Havo desantchilari qo`shini bo`linmalari shaharlarning asosiy ko`chalarini egallashdi, Xayraton-Qobul, Kushka-Hirot-Qandahor, Qobul-Jalolobod, Pulixumri-Kunduz-Fayzobod transport liniyalarini o`z nazoratiga oldi. “Shtorm 333” operatsiyasi soat kechasi 12:00 da to`liq tugatildi. Sovet bo`linmasidan jami qurbonlar quyidagicha: 20 kishi, ulardan 11 nafari DHQ va ravvetka boshjqarmasi speznazlari, 9 nafar desantchilar halok bo`ldi. 57 kishi yaralandi.
1980 yil 28- aprelda aperatsiya ishtirokchilarini muhoditlash haqidagi farmonga imzo chekildi/ razvetka boshqarmasi polkovniki V.Komsnikov, Grom gruppasi ofitserlari V.Kirpuxin, Zenit gruppasi ofitseri E.Kozlov va polkovnik G.Boyarinovlarga Sovet ittifoqi qahramoni unvoni berildi. 7 nafar kishi Lenin ordeni bilan, 20 kishi qizilbayroq orderi bilan, 60 nafarga yaqin kishi Quzil yuldiz ordeni bilan, deyarli 300 kishi jasurligi uchun va jangovar xizmatlari uchun medaklari bilan taqdirlandi.
Bu vaqtda polk Sovet qo`shinlari davlat chegarasini kesib o`tib Termiz-Qobul-G`azna-Hirot-Qandaxor marshruti bo`yicha marsh brosok o`tkazib mamlakatning eng muhim ma`muriy markazlarini qo`l ostiga oldi. 12 000 kishilik moto o`qchi dviziyasi Kushka-Qandahor yo`nalishi bo`yicha harakat qildi. Qolgan kuchlar esa Termiz orqali Salam dovonidan oshib o`tib Bagram va Qobulga qarab harakat qildi. Qobul shahridan Sovet qo`shinlarining bir qismi Gardezga yo`naltirildui. 1980 yil yanvar o`rtalariga kelib 40 armiyani Afg`onistonga olib kirish tugatildi. Qo`shinlarni olib kirishda asosiy rolni 40-armiyaning kontr razvetka bilan taminlanishi asosiy rol o`ynardi. Ilg`or qismlar bilan bir qatorda Qobul shahriga DHK ning polkovnik S. Bajkov boshlig`idagi aloxida bo`linmalari olib kirildi. ADDning lideri deb B. Karmal tayinlandi. Hulosa qilib aytganda Sovet armiyasi ajoyib aperatsiya o`tkazdi. Ushbu operatsiya mobillik, tezkor va aniqlik namunasi edi.
Afg`onistonga Sovet qo`shinlarining kiritilishi bialn bog`liq bir qator fikrlarni keltiish mumkin. SSSR parchalanib ketga AQSh, Ruslarni ataylab Afg`onistonga urushga tortishganligi, Vetnam uchun ataylab qasos olish maqsadida ruslarni urushga tortganligi takidlab boshladi. AQSh razvetkasi SSSR DHQ va Razvetka boshqarmasiga ko`pgina kanallar va har-xil mabalardan axborotlar yetkazib turganligi bu esa SSSR urushga undaganligi to`g`risida fikrlar bor.
Tashqari ishchi va xizmatchi vazifasida Sovet qo`shinlarida 21 ming qismi yiliga harbiy qo`shinlaridan 90 mingdan 104 minggacha va 5-7ming ishchi hizmatchilar hizmat qilar edi. Boshqa manbalarga qaraganda, Afg`onistonda millionga yaqin xizmatchilar hizmat qilgan edi. Noto`g`ri siyosatga qaraganda Afg`onistonning urushi boshida kichik zobitlarda hech qanday ma`lumotlar yo`q edi. Nima bo`layotganligi Afg`onistonda harbiy yurishlarida halok va yarador bo`lganligi tog`risida hech qanday ma`lumotlar yo`q edi. Kamdan kam Afg`onistonga hizmat qilish uchun borayotgan hizmatchilar o`zini va jasorat ko`rsatish, va haqiqiy erkakligini ko`rsatish uchun borgan. O`sha davrda yoshlarni oldida yoshi kattaroq zobitlar yoshlarga o`rnak bo`lar edi. Askarlarni 18-20 yosh, vzvod komandirlari 21-23 yosh, rota komanderlari 23-25 yosh, batalon komanderlari 30-35 yoshda edilar. Hammasi jasorat ko`rsatishga va hurmatga sazovor bo`lishga intilar edi. Lekin, bu haqiqiy inson sifati yo`qotishlariga olib kelar edi.
Dastlab Sovet qo`shiniga faqat bittadan ortiq bo`lmagan vzvod ishtirokidagi jang tafsilotlarini yoritishga ruzsat etilgan edi., o`lim faktlari to`g`risida esa faqat bazi holatlarda. Qariyb 1987 yilgacha halok bo`lganlar tanasi solingan rux tobutlarni yarim-yashrik halatga dafn etishardi, yodgorliklarda askarning Afg`onistonda halok bo`lganligini ko`rsatib o`tish ta`qiqlangan edi.
KPSS MK siyosiy byurosi 1981-yil 30 iyuldagi yig`ilishining ishchi yozuvi:
“.........Suslov: maslahatlashib olishni xohlardim. O`rtoq Tixonov KPSS MK ga Afg`onistonda halok bo`lgan askarlar hotirasini abadiylashtirish to`g`risida xat taqdim etdi. Unga har-bir oilaga qabr ustiga qabrtosh qo`yish uchun 1000 (ming) sumdan pul ajratish taklif qilingan. Albatta gap pulda emas, gap shundaki, agar biz hozir ular xotirasini abadiylashtirsak, bu haqda qabrtoshlarga yozib qo`ysak, bazi qabristonlarda esa bunday qabrlar soni bir qanchaga boradi, bu esa siyosiy nuqtai nazardan unchalik to`g`ri emas.
Andronov: Albatta ularni izzat-ikrom ko`rsatib dafn etish lozim, ammo ular hotirasini abadiylashtirishga hali vaqtli.
Kirilenko: Hozir qabrtosh plitalari o`rnatish maqsadga muofiq emas.
Tixonov: Umuman albatta dafn etish kerak, boshqa tomondan, qabrtoshlarga yozish lozim.
Suslov: O`z navbatida farzandlari Afg`onistonda halok bo`lgan ota-onalarga beriladigan javob to`g`risida ham o`ylash lozim. Bu yerda erkinliklar bo`lishi mumkin emas. Ularga beriladigan javob mantiqiy va standart bo`lishi kerak”
1985-yilda “Cheklangan kontigentdagi sovet qo`shining ADP territoriyasidagi harakatlariga nisbatan ochiq chop etishga ruxsat etilgan ma`lumotlar ro`yhati” paydo bo`ldi. (19 iyun 1985 yilda V.Varenikob va V. Kirpichenko tomonidan imzolangan). Unda unda shunday deyilgan:
“1-Avval ruxsat etilgan......harakatlari to`g`risidagi ma`lumotlarni chop etish davom ettirilsin.......va ko`rsatib o`tilsin.
- bo`linma va qismlarning mavjudligi, ularning jangovor harakatlardagi ishtirokini ko`rsatmagan holda
- jangovor tayyorgarlikni tashkil qilish va uning borishi...... 1 batalondan ortiq emas mos shtabda
- Sovet harbiy hizmatchilarini taqdirlash, ularni taqdirlashga asos bo`lgan jangovor faoliyatni aks ettirmagan holda
- Sovet harboiy hizmatchilarining harbiy burchlarini bajarish vaqtida yaralanish va halok bo`lishi haqidagi bazi bir aloxida faktlar ( oyda 1 tadan ortiq bo`lmagan holda), isyonchilar bosqinini aks ettirish
Afg`on halqiga baynalminal yordam ko`rsatish bilan bog`liq topshiriqlarni bajarish.
2.Markaziy nashrlarda, harbiy okrug nashrlarida, Respublika, o`lka va viloyat nashrlaridaqo`shimcha ravishda chop etishga ruxsat etilsin:
- Sovet harbiy hizmatchilarining qahramoning harakatlari haqida alohida voqealar ……..ularning irodasi va matonatini aks ettirgan holda.
- bo`linmalarning kundalik faoliyati to`g`risida , batalon (Diviziya) lar ham taalluqli.
- ADP terretoriyasidagi qo`shin tarkibida hizmatni o`tagan va nogiron bo`lib qolgan sovet harbiy hizmatchilariga, Afg`onistonda halok bo`lganlar oila-azolariga g`amho`rlik ko`rsatish faktlkari.
- Sovet askarlarining qahramonligi va va matonatligini, jangovor qahramonligini aks aks ettirgan ma`lumotlar…………va ularni taqdirlash faktlari.
3.Oldingiday taqiqlanadi: ochiq nashrlarda Sovet qo`shinlarining ADP terretoriyasida jangovor harakatlardagi ishtirokini ochib beradigan ma`lumotlar- rotadan boshlab va undan yuqori, shuningdek, ularning harbiy harakatlari tajribalari to`g`risida, qo`shiqning konkret topshirqlari va jang maydonidan (kino va telesyomka) tog`ridan tog`ridan- to`g`ri reportajlar.
4. 1-va 2- punktda ko`rsatilgan ma`lumotlarni chop etish. Bosh harbiy_________ bilan kelishilgan holda ruxsat etiladi.
5. Sovet va chet-el avtorlarning kontr targ`ibot moteriallarini, qaysiki g`arb ommoviy ahborot vositalarining soxtalashtirishlarni fosh qiluvchi materiallari keng chop qilish davom ettirillsin.
Afg`onistondagi Sovet qo`shinlarida intizor nihoyat darajada past edi. Ularda “Dedovshina” (Zo`ravonlik) avj olgan edi. Ko`pgina soldat va afitserlar alkogolli ichimlik va narkotik moddalar istemol qilishar edi.
1989- yilgacha “Boynalminalchi - jangchi” obrazini qahramonlashtirish ustin turadi va urushni haqqoniy emas pozitiv alamda tasvirlashga urinioshlar yaqqol namoyon bolardi.
Biroq oshkoralik siyosati oqibatida Sovetlarning bu urunishdagi ishtiroki to`g`risida tanqidiy maqolalar paydo bo`la boshladi.
1989- yil dekabr oyida SSSR halq deputatlarining II sezdida, Sovet qo`shining Afg`onistonga kirgizilishi to`g`risidagi masalaga siyosiy baho berish to`g`risida qaror qabul qilindi- unda bayon qilinishicha Afg`onistonga bosqin - siyosiy va axloqiy hukm chiqarishini talab qiladi.
1989 yil dekab oyida o`tkailgan sotsiologik so`rov natijalariga ko`ra (15 ming kishi ishtirok etdi, shundan teng yarimi Afg`oniston urushi qatnashchilari) : Sovet harbiy hizmatchilarining chet mamlakatdagi aralashuvini “ Baynalminal burji bajarish” sifatida baholaganlar-35 % so`raglan “Afg`on”lar va faqat 10% urushda ishtirok etmagan respopdentlar, ,,Baynalminal burj tushunchasini diskreditatsiyalash” sifatida urushni baholaganlar - 19% “ Afg`onlar va 30 % qolgan so`ralganlar. SSSR ning bu urushdagi ishtirokini “sharmandali holat” sifatida atigi 17 % “Afg`on” lar va 46% boshqarespondentlar baholashdi. 17% “Afg`on” lar, “bu bilan faxrlanaman” deyishdi, qolganlarning atigi 6 % gina shu bahoni berishdi/
Har-xil siyosiy kuchlar yosh veteranlardan aholining faol sotsial qatlami sifatida o`z maqsadlari yo`lida foydalanishga harakat qilishdi. Hamda millatlar aro nizolarda, urishayotgan taraflar veteranlarni jangarilari sifatida qabul qilishdi. Ularning ko`pchiligi uyushgan jinoyatchilik guruhlariga qo`shilib ketishdi.
1989 yil noyabr ma`lumotlariga ko`ra 3700 ta Afg`on urushi veteranlari ozodlikdan mahrum etilgan edi. Ajralishlar soni va oilaviy nizolar bo`yicha “Afg`on” oilalari 75 % ni tashkil etdi. Veteranlarning 3 dan 2 qismi ish bilan ta`minlanmagan edi, ishlayotganlari ham u yerda sodir bo`ladigan nizolar tufayli ish joylarini tez-tez o`zgartirishga majbur edilar. 90 % “Afg`on” talabalar akademik qarzdorlikka ega, yoki past o`zlashtirishlar edi, 60 % alkogolizm va narkomaniyadan aziyat chekishardi.
Hali 1989 yilga “Afg`on” lar orasida ulardan “Komsomolskaya pravda” gazetasida chop etilgan xatida yaqqol aks etgan kayfiyat yetarli darajada keng tarqalgan edi: -,, Bilasizmi agar hozir Ittifoq bo`ylab shunday chaqiriq tashlansa; “Ko`ngillilar: Orqaga Afg`onga! - , men netar edi….. Bunday yashashdan, bu ko`rinishdan, kabinet kalamushlarining semirib ketgan basharalarini, bu hamma narsaga nisbatan odamiy g`azab va yovvoyi nafratni, bu hech kimga keraksiz, manisiz shiorlarin ko`rishdan …. Yaxshisi u yoqqa. U yoqda hammasi soda……”
1990-yillar boshida o`tkazilgan testlar shuni ko`rsatadiki Afg`onistondagi urush ishtirokchilarining 35-40 % I professional psixologlar yordamiga nihoyatda muhtoj edi. 1991- yildan keyin SSSR ning parchalanish, iqtisodiy inqiroz, tuzimning o`zgarishi yangi millatlararo nizolar allaqachin tugagan urushga nisbatan qiziqishning so`nishiga olib keldi. 1992- yilningaprel oyida Sovet tuzumining qo`llab –quvvatlanishining to`xtatilish oqibatida Muhammad Najibullo boshchiligidagi tuzum ag`darildi va Afg`onistonda fuqarolar urushining yangi bosqichi boshlandi — Bu endi g`alaba qozongan mojaxedlar guruhlari o`rtasidagi o`zaro urushlar edi.
1. Razvetka rotasi
2. Yo`qolgan vzvod
3. Jannatga ikki qadam
4. Piyoda batalvoni
5. Taxaum hudud
6. Askar haqida qissa
7. Qobul markazidagi daraxt
8. Itoatkor bolalar
9. Borttexima bilan sayr Vertolyotchilar
10. Yordamdagi tiriklar