Afg`oniston hududida Qo`shinlar oldiga bajarish uchun javobgarlik chizig`i 10 dan 100 kilometr ichkariga kirish mumkin edi. O`sha yilning fevral oyidayoq chegara qo`shinlari reja asosida tartib boshlab, javobgarlik chizig`ini, harakatdagi bosqinchilar to`dasidan tozalash boshlab yuborildi. Birinchi navbatda chaqqon harakat qiluvchi guruhlar tog`li hududlarga kirishildi. Afg`onistondagi keyingi chegara qo`shinlari ikki baravar kuchaytirildi. 12 ta motorlashtirilgan chaqqon harakatdagi guruhlar bir necha viloyatlarda alohida garnizonlar to`lib, o`zlarini modjaxedlardan himoya qilish uchun, hamda pistirmadan hujum qilish va patrul harakatlarni amalga oshirdilar. Modjaxedlarni katta to`dalari qarshi keng ko`lamli operatsiyalar olib borishda bir necha motorlashtirilgan chaqqon harakat qiluvchi guruhlar qo`shilishi mumkin edi. Bundan tashqari Ittifoq hududida qattiq hujumga o`tuvchi, tezkor desant guruhlari harakatga bo`lib ular 4 ta tashkil etib har birida 50-60 nafar kishidan iborat edi. Joyning geografik o`ziga xos xususiyatlari, joylashishi Motorlashtirilgan chaqqon harakat qiluvchi guruhlarga va desant qo`shinlariga ham ularning harakatiga qarab aniq lekin bir-biridan farq tuzilishidagi ma`lumotlar aytib yozdirilar edi. Chegara qo`shinlarining mintaqa javobgarligi shartli ravishda, tog`li,tog`-cho`l va cho`l hududlariga bo`linar edi. Pomir tumanlari baland tog` hududlari (Badaxshon vil) da bo`linmalar karvon yo`llarining kesishmasida, Pokistonda kelayotgan karvonlarning taxminan yo`llar nazoratga olinar edi.
Tez-tez bo`linmalar joylashishini o`zgartirib turlar, ko`p alohida qo`shinlar, postlarda qisqa muddatli o`zgarishlar bo`lib turar edi. Bo`linmalar joyni o`zgartirish tezlik bilan harakat qilishda havoda vertalyotlardan BMP va BTR lar hamda piyoda amalga oshirilardi. Chaqqon va qattiq hujum qiluvchi desant guruhlari u hududda asosan pistirmadan zarba berishar edi. Barcha harbiy harakatlar dushmanlarning harakat kirdikorlarining o`rganuvchi, unga qarshi kurash olib boruvchi harbiy bo`linma ma`lumotlariga qarab shu yoki boshqa hududlarda mojaxedlar borligicha inobatga olinib rejalar qabul qilinar edi va amalga oshirilar edi. Afg`onistonning shimoliy hududlaridagi rejali harbiy harakatda 5-7 motorlashtirilgan chaqqon harakat qiluvchi guruhlar kuchaytirilgan minametlar har biri 200 kishi dan 1-3 desant guruhlari 20-40 vertalyot hamda 200 yoki ming kishidan iborat afg`on bo`linmalari jalb etilar edi. Mojaxedlarning qaytish yo`lini vertalyotda tashlangan desant bo`linmalari to`sishar edi. Harbiy harakatlar hududiga bir necha jangovar chegara qo`shinlari dushmanni to`r ichiga olar edi. Keyinchalik esa qurshab olingan hudud tozalanar edi. Harbiy harakatlar 2-4 bosqichida olib borilar, hatto oylab cho`zilar edi, buning hammasi 40-armiyaning motorlashtirilgan o`qchi qismiga talluqli bo`lgan bo`lsa ham shunday “nonni” chegara qo`shinlari ham tartib qo`yishdi. Mamlakatning Sharqiy va Janubiy qismida alohida vazifa bajaradigan otryad qurol aslaha o`q dorilar ortilgan karvonlar asosiy obyekt bo`lsa, chegara qo`shinlari esa ko`chib o`tmoqchi bo`lgan bosqinchi guruhlar obyekti bo`lib kelgan. Kelib tushgan yaxshi razvetga ma`lumotlariga tayangan holda chegara qo`shinlari, dushman dala kamandiriga qarshi aniq harakat qilishar edi.
Tajriba shuni ko`rsatadiki dala komandirlari boshqargan partizam otryadlarini yo`q qilish, asrga olishda ular tarqalib ketishar edi. Shuni hisobga olgan bosqinchilar boshliqlari bir joyda bir necha soatdan ortiq bo`lmas edilar. Boshliqlar biror-bir qishloqqa kelib dala kamandirlari bilan tez hukumat yig`ilishi o`tkazishar, va shu anda boshqa hududga ketishar edilar.
Transport vositasi sifatida ular ko`pincha ot yoki mototsikllardan foydalanishar edilar. Mojoxed bosqinchilar to`dasi boshliqlari chegara qo`shinlari obyekti bo`lib qolar edi. Pistirmalar tunda hududlar bo`ylab motorlashtirilgan, chaqqon harakat qiluvchi guruhlar tomonidan 5 da 20 km gacha masofa bo`ylab olib borilar edi. Ayrim hollarda pistirmalar katta hududlarda 50 kishidan iborat bo`lgan soqchilar otryadi ishtirok etar edi. Bunday pistirmalar bir necha kundan hatto haftalar davom etar edi.
1979-1989-yillarda Afg`on urushida Sovet ittifoqining ishtiroki. KPSS Markaziy qo`mitasining maxfiy rasmiylashtirilgan qarori va KPSS Markaziy qo`mitasi siyosiy byurosining 12 dekabr 1979 yildagi qo`shma yig`ilishida Sovet qo`shinlarini Afg`onistonga kiritish qarori qabul qilingan. Kiritishdan maqsad rasmiy ravishda urush xavfi oldini olish chet – el harbiylarini aralashuvini oldini olish edi. KPSS markaziy qo`mitasi siyosiy byurosi asos sifatida Afg`oniston hukumatining bir necha bor iltimosi edi. Cheklangan Sovet qo`shinlari qismi bevosita Afg`onistondagi fuqorolar urushiga tortildi va uning faol ishtirokchisiga aylandi. Bunday kelishmovchilikda Afg`oniston Demokratik Respublikasi hukumati qurolli kuchlari bir tomonda, qurollangan oppazitsiya (qarshilik ko`rsatuvchi dushmanlar Mojoxedlar) turar edi. Afg`oniston hududida to`liq siyosiy nazoratni o`z qo`llariga olish uchun kurash olib borilayotgan edi. Dushmanlarga AQSh Nato blogining Yevropadagi bir qancha a`zolari hamda Pokiston maxsus hukumatlar qo`llab quvvatlashar edi.
1979-yil 25 dekabrda Sovet qo`shinlarini uch yo`nalishda ADR ga kirishni boshladi: Kushka, Shindon, Kandagar, Termiz, Qunduz, Qobul, Harog, Fayzobod.
Desant qo`shinlari Qobul Begram Kandagar airadromlariga tushurila boshlandi. Sovet harbiy qismlariga 40 armiya boshqarmasi hukumat qilish va qismlar bilan birgalikda 4-ta diveziya, 5-alohida qo`shilma, 4-alohida polk, 4 ta harbiy aviatsiya polki, 3 ta vertalyot polki, 1 ta quvur o`tkazish brigadasi, 1 ta material ta`minoti brigadasi va bir necha boshqa qism, korxonalar bor edi. Afg`on urushi 25 dekabr 1979 yildan 15 fevral 1989- yilgacha yani 2238 kun davom etdi. Sovet qo`shinlarining Afg`onistonga kirib kelishi, jangovar faoliyati 4 bosqichga bo`linadi:
1-bosqich: 1979 yil dekabr -1980 yil fevralgacha. Sovet qo`shinlarini Afg`onistonga kiritilishi ular garnizonlarga joylashishi o`rnashgan joylarni va boshqa obyektlarni qo`riqlash.
2-bosqich: 1980-yil mart-1985-yil aprelgacha faol jangovar harakatlarni olib borish, shu bilan birga keng yo`nalishlarda Afg`on qo`shinlari va harbiy qismlari bilan birgalikda. ADR qurolli kuchlarini shakllantirish va mustahkamlashdan iborat edi.
3-bosqich: 1985- yil may 1986- yil dekabrgacha. Faol jangovar harakatlardan ko`proq afg`on qo`shinlari harakatiga Sovet aviatsiyasi, artilyerasi va saner bo`linmalari orqali qo`llab quvvatlash. Alohida vazifa bajaruvchi otryad bo`limalarini chetdan qurol yaroq, o`q dorilar olib kelishni oldini olish bilan shug`ullandi. 6- ta Sovet polki Vatanga qaytarildi.
4-bosqich: 1987-yil yanvar – 1989-yil fevralgacha. Sovet qo`shinlari Afg`oniston hukumati tomonidan siyosiy- milliy kelishuvni tashkil qilishni ta`minlashdi. Sovet qo`shinlarini Vataniga qaytishiga to`liq tayyorlash.
14-aprel 1988-yil BMP aralashuvida Shvetsariyada Afg`onistonda Pokiston davlatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan Afg`onisron atrofida siyosiy barqarorlikni tartibga solish bo`yicha Jeneva kelishuvi imzolandi. Sovet Ittifoqi o`zining qismlarini 9 oy ichidan, 15- maydan boshlab olib chiqishini zimmasiga oldi. AQSh va Pokistonda esa Mojoxedlarni qo`llab quvvatlashni to`xtatish lozim edi.
Kelishuvga ko`ra sovet qo`shinlari 15-may 1988 yildan e`tiboran Afg`oniston hududidan chiqarila boshlandi. 1989- yil 15- fevralgacha barcha Sovet armiyasi Afg`on urushida 14 ming427 kishi, shundan 576 kishi Davlat Xavfsizlik qo`mitasi hodimlari, 28 kishi Ichki Ishlar vazirligidan bo`lganlar va bedarak yo`qolganlar edi. Yarador, bo`lganlar jarohatlanganlar 53 ming kishidan ko`p edi. Afg`on urishida aniq o`lganlar soni ma`lum emas. Berilgan baholar 1 yoki 2 mln kishi o`rtasida tebranadi.
Sobiq Buyuk Britaniya Moskvadagi elchisi “Afg`onlar” nomli yangi kitobni Buyuk Britaniya nashr etildi. Britaniyaning 1988-yildan 1992 yilga qadar Moskvadagi elchisi janob Janob Rodrig Breytvenning “Afg`onlar 1979-1989” yilarda ruslar Afg`onistonda. Rodrig Breytven 1992 yildan keyin bosh ministr Jon Meydjerga davlatlar o`rtasidagi munosabatlar va razvedka bo`yicha birlashgan qo`mita raisiga maslahatchi vazifasida ishladi.
Mavzular bo`yicha NATO tolibonlarga qurol yetkazib beruvchilarni hisbga oldi.
Afg`onistonda o`limga mahkum etilganlar hujumi: o`lganlar 13 nafar
Britaniya bish ministri Afg`onistondan qo`shinlarni chiqarishga ishora qilmoqda.
Buyuk Britaniya
Rossiya
“Afg`onlar”-Bredveytning bu (3) kitobi oldingisi “Moskva 1941 yil: shahar va uning aholisi” Moskva uchun janglarga bag`ishlangan. Yangi kitobida Bredveyt odamlar urushda mavzusini davom ettirgan. Bi-bi-si- muhbiri Olga Smirkova muallif bilan suhbatlashgan.
Bi-bi-si: nima uchun siz yangi kitobingizda aynan shu mavzuni tanladingiz?
Rodrig Breytveyt:Men o`ylaymanki, Afg`onistonda sodir bo`lgan voqealar haqida yaxshi kitoblar ham, ayniqsa G`arbda. Men u yerlarda jang qilgan Sovet jnagchilariga raxmim keldi. SSSR va Rossiyadan tashqarida ularni qattiq tanqid qilishar edi. Men o`zimning Rossiya haqidagi oldingi kitoblarimda ham G`arb kitobxonlariga odatdagidan boshqacha ruslar yo`qligi, ular ham bu kabi odamlar ekanligi tushuntirmoqchi edim. Ular bizdan yomon ham yaxshi ham emaslar. Inson nuqtai nazardan qarasak, Afg`onistonda xusumat qilgan rus siyosatchilari, rus soldatlari, sovet ayollari, ular juda ko`p edilar.Ularni tushunish mumkin. Men Afg`oniston urushi haqidagi afsonalarga o`zgartirish kiritgan bo`lar edim. Bi-bi-si: Sizningcha bu qanday afsonalar edi? R.B : Afg`on urushi haqida G`arbda 2 ta asosiy asosiy afsona mavjud. Birinchisi-Sovet Ittifoqini Afg`onistonga bostirib kirishidan maqsad, u sovet imperiyasini kengaytirish va Fors qo`ltig`i mamlakatlaridan G`arbga kelayotgan neftni xavf ostiga olinishi.
Sovet Ittifoqi Afg`onistonga albatta boshqa maqsadlarda bostirib kirdi. Sovet Ittifoqi Afg`onistondagi yurishni himoyalanish maqsadida qildi. Uni Afg`onistondagi beqarorlik tashvishga solar edi. Sovet Ittifoqini hovatirga solgan narsa, Amerikaliklar Afg`on hududlarini o`z qiziqishlarini ishlatib, SSSR ning qiziqishlariga qarshi chiqish deb o`ylaganliklaridir.
Janob Rodrik Breytveyt 1988 yildan 1992 yilgacha Britaniyaning Moskvadagi elchisi bo`lib xizmat qildi. Sovet hukumatini tashvishga solgan narsa Afg`onistondagi narkotiklar kontrabandasi. Shu ham haqiqatki, Sovet rahbarlari Afg`onistonda yaxshi jamiyat qurishga ishonishar edi. G`arb mamlakatlarining ham Afg`onistonda umidi bor edi.
Ikkinchi afsona shundan iboratki SSSR Afg`onistondan chiqib ketishiga sababi bor. Sovet ittifoqi bu urushda mag`lubiyatga uchragani uchun emas. Hech kim 40- armiya ustidan g`alaba qozonmadi. Armiya o`zi Afg`onistondan chiqib ketdi, chunki aniq bo`ldiki, urush behuda, foydasiz, u o`z maqsadiga erisha olmadi.
Uchinchi afsona shundan iboratki, asosiy rolni Mojaxedlarga Amerikaliklar yetkazib bergan “Stinger” nomli zenit boshqaruvidagi raketalar deyishmoqda. Bu mutloqo, noto`g`ri. 1985 yil M.S Torboyev Moskvaga Afg`onlar rahbarini chaqirib, unga Sovet qo`shinlari Afg`onistondan chiqishlarini atadi. Ushbu suhbatdan keyin 11 oydan so`ng birinchi ”Stinger” sovet vertalyotini urib tushiradi. Shunday qilib Amerikaliklar yetkazib berayotgan qurollar qabul qilingan siyosiy qarorlarga ta`sir o`tkazmadi.
Va oxirgi afsona shul haqdakim Afg`onistondagi urush xususan shavqatsiz bo`ldi. Ha Sovet qo`shinlari qishloqlarni bombardimon qilishdi, ko`p ming aholi halok bo`ldi. Afg`onistonda sodir etilganlar Vetnamdagidan yomon emas edi. Urush hamma vaqt shavqatsiz. Hamma vaqt ham urush bosqichligi bir-biridan shavqatsizligi bilan ajralib kelgan.
Bi-bi-si: Kitobni yozishda siz juda ko`p bor urush qatnashchilariga murojaat qilgansiz. Bu suhbatlardan siz o`zingiz uchun qanday yangiliklar oldingiz. R.B: meni hayron qoldirgani, urush qatnashchilari jang qilgan joylari, Afg`onistonga qaytishmoqda. Ular qarshi jang qilgan odamlar bilan uchrashmoqdalar. Men buni kutmagan edi. Ular Afg`onistonga sayohatchilar bo`lib qaytishmoqdalar. Hattoki arxiv hujjatlari ham obyektiv bo`lishi mumkin emas. Men sobiq davlat xizmatchisi va men bilaman, hujjatlar qanday yoziladi va nima uchun ularni yozadilar.
Bi-bi-si: Siz 2008 yil Afg`onistonda bo`lgan edingiz. Hozir u yerda 1979-1989 yillar urush haqida qanday eslashadi.
R.B : 2008 yil Afg`onlardan so`radim, Afg`onistonda qachon yaxshi edi-ruslar boridami yoki hozirmi? Va menga barcha afg`onlar bu savolga shunday javob berishdi:”Nega siz bunday ahmoqona savol berayapsiz? Albatta ruslar borida, bu yerda yaxshi edi: Hattoki men suxbatlashgan modjahedlardan biri, menga shunday dedi- “Ruslar haddan tashqari halol jang qildilar, Amerikaliklar esa shunchaki buni havodan yo`q qilishga harakat qilishdi.
Bi-bi-si: Siz o`z kitobingizda 1979-1989 yilgi Afg`on urushini ataylab hozir bilan taqqoslamagansiz rostmi? Albatta, ataylab chunki bu urushlar o`rtasida katta farq bor. Mening kitobim tarixiy, saiyosatdan yiroq, men baxslashmoqchi emasman. Bu ikki urushlar o`rtasida yonma-yonlik mavjud, keling bu haqida o`quvchilar muhokama qilishsin. Hozir G`arb siyosatchilari Afg`onistonda biz g`alaba qozonamiz deyishmoqda. Qachonki Qobulda kuchli hukumat va kuchli Afg`on armiya bo`lsa va Afg`onistonda hamma narsa o`z yo`liga tushsa, biz u yerdan chiqib ketamiz. Shu gapni Sovet raxbarlari ham aytishgan edi, qachonki ular Najibullo xukumatini qo`llamay qo`yishganda, Afg`onistonda fuqarolar urushi boshlandi. Agar Klauzsveshani o`qisangiz, siyosiy g`alabasiz, harbiy g`alabaning o`zi kamlik qiladi degan so`zlariga ishonch hosil qilar edingiz.
Bi-bi-si: Bir qancha Afg`on Mojaxedlari shuni ta`kidlashadiki, jahon bizdan minnatdor bo`lishi kerak, chunki biz Sovet Ittifoqi bilan kurash olib borib kommunizmni qulashiga olib keldik. Sizningcha ular haqlimi?
R.B: Bu juda katta bo`rttirish. Men Mojaxedlarni yutuqlarini kamaytirmoqchi emasman. Lekin ular 40-armiyani yenga olisholmadi, u o`zi tashkiliy ravishda Afg`onistondan chiqib ketdi. Sovet Ittifoqi ko`plarni ko`p faktlarga asosan parchalandi. Afg`on urushi bu bir kichik faktlar xolos. To`g`ri Afg`on urushi oddiy Sovet kishilarini hukumatga bo`lgan ishonchini bo`linishiga olib keldi. Bu qanchalik tog`riligini bilmayman, lekin Chernobil fojiyasi jamoatchilik fikrini o`zgarishiga olib keldi.
Bi-bi-si: Bosib chiqarishlar yetarli bo`lishiga qaramay, keyingi yillarda Afg`on urushi haqida Rassiyada bir necha filmlar ekranga chiqdi, ayniqsa Sovet qo`shinlarini Afg`onistondan olib chiqilganligining 20-yillik bayramini nishonlash arafasida ko`paydi. Sizningcha Rossiyada hali xam bu urushni anglash davom etyaptimi?
R.B : Afg`on urushi haqidagi yaxshi filmlar kam. Ular ichida veteranlarga yoqadigani, haqiqatdan ham yaxshi film bu “Afganisky sindrash”(Afg`on sinishi) 1991 yil olingan edi. Menimcha filmda urush haqqoniy tasvirlangan. Rossiya va chet-elda muvaffaqiyat qozongan “To`qqizinchi rota” ni veteranlar yaxshi ko`rishmas edi. Afg`onistonda xizmat qilganlarning ko`pchiligi shuni aytishadiki 1992 yil B. Eltsin davrida Afg`oniston raxbari Najibulloga, yoqilg`i va oziq-ovqat yetkazish to`xtatildi, bu sotqinlik edi, bu ag`darilishga olib keldi. Afg`onistonda 1979-1989 yillar ichidagi urushda bir yarim million teng axoli qurbon bo`ldi, 3 millioni qochoqlarga aynalishdi, bu 15 million aholisi bor davlatga juda katta son deganidir.