Sovet qo`shinlarining cheklangan qismi 1979 yil Afg`onistonga kiritilgan edi va 1989 yil tashlab chiqdi



Yüklə 288,5 Kb.
səhifə8/15
tarix22.09.2023
ölçüsü288,5 Kb.
#146667
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
BMI afg\'oniston Jizzax DPI

Afg`on urushi (1979-1989).
1979-1989 yillar Afg`on urushi uzoq davom etadigan siyosiy va qurollangan taraflarni qarshi turishi: Boshqarilayotgan Kommunistik rejim ostidagi Afg`oniston Demokratik Respublikasi (1987 yildan-Afg`oniston respublikasi).Afg`onistonni harbiy jihatdan qo`llab quvvatlovchi cheklangan Sovet harbiy qismlari – bir tomondan va mojaxedlar, (dushmanlar) ularga xaytixoh Afg`on jamoatchiligini siyosiy va moliyaviy qo`llab quvvatlovchi chet – el mamlakatlari va bir qancha islom dunyosi davlatlari boshqa tomondan.
Katta o`yin. Afg`oniston Yevroosiyoning qoq markazida joylashganligi, qo`shni regionlar bilan aloqasi yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi. XIX asr boshlarida Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari o`rtasida Afg`onistonni nazorat olish bo`yicha kurash boshlandi va “Katta o`yin” nomini oldi.
Angliya-Afg`on urushi:
Britaniyaliklar kuch yo`li bilan Afg`oniston ustidan hukmronlik qilmoqchi bo`lishdi, buning uchun ular 1839-yil yanvar oyida Britaniyaning Hindistondagi qo`shinlarni safarbar qilishdi. Shunday qilib birinchi Angliya-Afg`on urushi boshlangan edi. Eng boshida Angliyaliklarga omad kulib boqdi- ular amir Do`st Muhammadni taxtdan ag`darib tashladilar va taxtga Shudja-Xonni qo`yishdi. Shudja –Xon hukmronligi uzoqqa cho`zilmadi va 1842 yil u ag`darib tashlandi. Afg`oniston Britaniya bilan tinchlik sulhini tuzdi va mustaqilligini saqlab qoldi. Bu vaqtda Rossiya imperiyasi janubga qarab faol harakatini davom ettirdi. 1860-1880- yillarda asosan O`rta Osiyoni Rossiyaga qo`shib olinishi nihoyasiga yetdi. Britaniyaliklar rus qo`shinlarini Afg`oniston chegaralariga tez harakatlanayotganligidan xavotirga tushib, 1878- yil ikkinchi Angliya-Afg`on urushini boshlashdi. Sabot matonatli kurash ikki yil davom etdi va 1880 yil britaniyaliklar majbur bo`lib Afg`onistonni tark etishdi, lekin taxtga sodiq turib xizmat qiluvchi amir Abdu-Rahmonni qoldirishib mamlakatni nazorat qilishni saqlab qolishdi. Rossiya va Britaniyaning birgalikdagi kelishuviga ko`ra 1880-1890 yilda Afg`onistonning hozirgi chegarasi aniqlandi.

Yüklə 288,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin