Afg`oniston: kurash davom etadi Afg`onistonda tinchlik bo`lmas ekan, toki u yerda urush davom etar ekan, toki Afg`oniston xalqaro terrorizm o`chog`i va uni yon-atrofga tarqatuvchi makon, giyohvand moddalar yetishtirish, diniy eksre- mizm va va jaholatparastlik markazi bo`lib qolar ekan, Markaziy Osiyo xalqlari o`z xavdsizligi, tinchligi va farovonligi uchun hech qachon hotirjam bo`la olmaydi. Islom Karimov XX asrning so`nggi choragi Afg`oniston davlati, uning xalqi uchun taloto`plar, xunrezliklar, tajovuzlar, majorolar, birodarkushlik va odamkushlik, o`zaro nizo va kurashlar avj olgan davr bo`ldi.
Afg`oniston deyilganda bu jafokash, zahmatkash xalqni afg`onnola chekuvchi xalq deyishgacha borib yerildi. Xalq ona yerni qo`riqlash, uni turli tajovuzlardan asrash uchun kurashni to`xtatmadi. Bu zaminda birodarkushlik urushi boshlanib ketdi. Uni yirik davlatlar yetiltirib berdilar. Afg`oniston qurol-yarog`ni sinab ko`ruvchi ulkan maydonga aylandi. Uzoq davom etgan nu jang urushni boshlab, uni boshqarib turganlarga juda qimmatga tushdi. Tarix hammasining saragini sarakka, puchagini puchakka ajratib, dunyoga egalik qilmoqchi, uni qaytadan bo`lib olmoqchi bo`lganlarning asl basharasini8 insoniyatga ko`rsatib berdi.
O`tgan asrning 70-80 yillari sobiq SSSR o`zining ,,gullab-yashnagan davri”ni boshidan kechirayotgandi. Zamonaviy qurol-yarog`lariga ishongan, sotsializm go`yalarini, ,arksizm-leninizm ta`limotini o`n oltinchi resoublikaga yoyishga intilayotgan SSSR qadri baland bo`lgan 52 milliard rubllik insonparvarlik yordamini Afg`onistonga tutuqazdi. Ammo bosqinchilarga tish-tirnog`i bilan qarshilik ko`rsatayotgan xalqni yengish mumkin emasligini kech tushunib yetdi.
O`rinsiz sarflangan mablag`, maqsadsiz urush katta davlatni inqiroz yoqasiga keltirib qo`ydi. Afg`onisron urushi SSSRning bo`linib ketishini, respublikalarning mustaqillikka erishishini tezlashtirdi.
O`tgan asr 90-yillari boshida buning natijasi o`laroq, dunyo xaritasida yangi-yangi mustaqil davlatlar paydo bo`ldi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, 1979 yil sobiq sovet qo`shinlari Afg`oniston hududiga kirgach Amerika davlati ham bu hududga Xitoy, Pokiston orqali tinmay qurol-yarog` yetkazib to`g`rirog`i sotib urushni qo`llab quvvatlab turdi.
Yozuvchi G`affor Hatamov ,,Afg`oniston: halokatlar. Yo`qitishlar, taqdirlar”. (,,Xalq so`zi” 2002 yil 3,4,5, yanvar ) , nomli yirik uch qismdan iborat maqolasida bu mamlakatdagi haqiqiy ahvol, mamlakat tarixi, uni boshqargan shohlar taqdiri soxta ,,Savr inqilobi”, sobiq ittifoqning bu diyordagi nayranglari, toliblar, urushnoing tub ildizi, urush oqibatlari, mamlakatning giyphvand moddalar yetkazib beruvchi hududga aylanib qolgani kelajak tashvishlari kabi masalalar yuzasidan holisona , chuqur, mufassal mulohaza yuritgan.
Buyuk Britamiya Afg`onistonni xuddi Hindiston kabi bosib olish harakatini 1838 yilda boshlagan, urush 4 yil davom etib u Inglizlarning mag`lubiyati bilan tugagan.
Inglizlar 1878 yilni Afg`onistonga yana hujum qilib, qo`li baland kelgan va Afg`oniston uning siyosati bilan ish yuritgan.
1918 yilning iyulida Sovet hukumati Afg`onistonni Buyuk Britaniya nazoratidan halos bo`lishga undaydi. Biroq Amir Habibulloxon Angilya tarafdori bo`lganligi uchun Jalolobodda suyuqasd qilinadi. Hokimiyatni egallagan Omonulloxon Afg`onistonni 1919 yil 18 fevralda mustaqil deb e`lon qiladi.
Sovetlar ta`sirida bo`lgan Omonulloxon 1928 yil Moskvaga borib kelib, ruslarning rtasm rusumlarini joriy qila boshlagach Bachai Sakko Habibullo G`ozi boshchiligidagi isyonkor kuchlar hukumatga qarshi isyon ko`taradi. Keyinchalik Afg`onistonning Moskvadagi elchisi G`ulom Nabixon qisqa muddat hokimiyatni egallaydi. Omonulloxon Afg`onistondan qochib ketadi.
1929 yili General Muhammad Nodir shox Qobilni ishg`ol qilib Bachei Sakko qatl etiladi. 1973 yili Muhammad Zohir Shox o`z ixtiyori bilan taxtdan vos kechadi. 1978 yili Muhammad Dovud o`ldiriladi.
Moskvaning bevosita ayg`oqvhisi Nur Muhammad Taraqiy Prezidet bo`ldi. Afg`onistionga sovetlarning ko`plab maslahatchilari yog`ilib keladfi. Taraqiyning kamunistik hukumati odamlarni otishga, masjidlarni buzishga, el yurtni talashga kirishib ketadi. Musulmon mamlakat shunday g`arot qilinadi.
1979 yil 14 sentabr bosh vazir Hafizullo Amin unga uyushtirilgan suyuqasddan foydalanib, taraqiyni hokimiyatdan chetlashtirsdi. O`sha yilning 8 oktabrida Nur Muhammad Taqraqiy o`ldiriladi.
1992 yil iyunidan Afg`oniston Islom jamiyati rahbari Burhoniddin Rabboniy prezident bo`ldi. Uning prezidentlik davri 2001 yil Amerika Afg`onistonga hujum qilib, unga Muhammad Zohir Shox romonidan muofaqt rahbar etib Hamid Korzay tayinlaguncha davom etti.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan jahon hamjamiyatiga Afg`oniston masalasi bo`yicha bir necha bor murojat qilindi. Prezident katta yuqori mimnarlardan jahonnig olovlanib turgan nuhtasi bo`lgan bu mintaqadagi ahvol borasida jamoatchilikni ogohlikka, hushyorlikka chorlab turdi.
1993 yil 28 sentabrda O`zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov BMT assambiliyasining 48 seseyasidagi ma`ruzasida Tojik-Afg`on chegarasida tinchlik va narko biznes muammosiga to`xtalib, maskur majoro miqyoslari potensiali uning butun dunyoga havf solayotgani keltirib chiqaradigan oqibatlari hali to`la anglab yetmaganini qatd etdi.
Bugungi kunda Afg`on mojorasini faqat mahalliy va mintaqaviy miqyosidagi muammo deb oylagan odam mutlaqo hato qiladi. Bu masala Afg`onistondan olisda joylashgan boshqa hududlar va xalqlarning ham tinchligi, osoyishtaligiga tahdid soladigan ulkan miqyosdagi muommoga aylanib bormoqda.
2000 yilning 8 sentabrdagi O`zbekiston prezidenti Nyu-Rok da BMT bosh assambiliyasining “ming yillik samiyti” da qatnashdi. Samitda davlatimiz rahbari Afg`oniston mojorosi uning havvsizlikka bo`lgan katta tahdid ekanligini bu tahdidni bartaraf etishga BMT havfsizlik kengashi va jahon ham jamiyati kurash olib borishi lozimligi bilan bog`liq masalalar haqida nutq so`zladi:
“Xalqaro havfsizlik va barqarorlik muommosi yangi asr bo`sag`asida homon jahon hamjamiyati oldida turgan eng asosiy muommolardan biri bo`lib qolmoqda. Farq faqat shundaki, enilikda, “Sovuq urush” asoratlari, hurujlari o`rniga tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi kuch sifatida halqaro terrorchilik va ekstremizim, tajovuskor millatchilik va separatism johon sahnasiga chiqmoqda.
20 yildan ortiq vaqt mobaynida urush davom etib kelyotgan Afg`oniston bu tahdidning asosiy manbai ekanini isbotlab o`tirishga zarurat yo`q. Afg`oniston hozirgi kunda alqaro terrorchilik va ekstermizimning poligoni hamda tayanch bazasiga, milliardlab daromad keltirayotgan va xalqaro terrorchilikni oziqlantirayotgan dunyo narkotik ishlab chiqarishning asosiy manbai- fabrikasiga aylangan”.
Prezidentimiz Afg`onistonda davom etayotgan urush avvalo uninng xalqini va butun Markaziy Osiyo Mintaqasini qiynab kelyotgan hudud ekanligini ta`kidladi, asosiy e`tiborni havfsizlkka qaratarkan shunday dedi: “ Toki Afg`onistonda tinchlik bo`lmas ekan, toki Afg`oniston halqaro terrorizm o`chog`i va uni yon-atrofga tarqatuvchi makon, giyohvand moddalar yetishtirish, diniy ekstremizim va jaholatparastlik markazi bo`lib qolar ekan, Markaziy Osiyo xalqlari o`z xavfsizligini, tinchligi va farovonligi uchun hech qachon hotirjam bo`la olmaydi”.
2000 yilning 20 okrabrida Toshkentga kelgan BMT Bosh kotibi o`rinbosari narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish bo`yicha boshqarmaning ijroji direktori Pino Arlakki giyohvavd moddalatning 80%ni Afg`oniston yetishtirib berishini aytdi.
Giyohvand moddalarning birgina Rossiya federatsiyasiga kirib borishi 1996 yilga qadar 13,5 barobariga oshgan bo`lsa, keyibgi ikki yil ichida bu o`sish 20 barobarni tashkil etgan (moskovskiy novosti).
1998 yil Afg`onistonda 1400 tonna opium yetishtirilgan, bu – Lotin Amerikasidagi barcha mamlakatlar yetishtiradigan giyohvand moddalarga nisbatan 13 barobar ko`p demakdir. Toliblar davrida giyohvand o`simlik ekiladigan hudud 19470 gektardan 41720 ga-ga, opium olish 600 tonnadan 1400 tonnaga o`sdi. (Azia I Afrika Segodnya 2000 yil fevral)
Afg`oniston hukumatini boshqargan rahbarlarning deyarli hammasi maqsadsiz kurashning qurboniga aylangan edilar. Muhamma Taraqiy, Hafizulklo Amin, Najibullo hayotlari fojea bilan yakunlandi.
1996 yilda parchalanib yotgan davlatni Mulla Umar yetakchiligidagi tolibonlar qo`lga , kiritdilar va Najibulloni dorga osishdi. Jaholatga berilgan muraasiblar hokimiyatni maktablat yoqib yuborildi, kinoteatr va oily o`quv yurtlari yopib tashlandi. Ayollarning o`qishi ishlashi, yolg`iz ko`chaga chiqishi, erkaklarning soqoliga tig` tekkizishi, tv, raqs, tasviriy san`atdan bahramand bo`lish, suratga tushish taqiqlandi. Hatto Navro`z bayrami ham taqiqlandi. Budda yodgorliklari yakson qilindi. 2001 yilning 2 oktyabrida O`zbekiston Prezidenti Islom Karimmov Afg`oniston va uning tevaragida bo`lgan voqealar munosabati bergan
Bayonotida shunday deydi: ,,Butun ,,tolibon” panoh topib mozori sharif yoki toxarda, kunduz yoki Kobulda, Qandahor yoki Jalolobodda bo`ladimi, harbiy lagerlarda odamhushlikni kasb qilib hayraton ko`prigining narigi tomonida bizga o`zining jirkanch basharasini ko`rsatib, tish qayrab turgan ana shunday terrorchi, gazandalarni uyasi borligi biz uchun siz emas”.
Prezident Najibullo BMT ning Bosh Assambleyasida bu urush Afg`onistonni yarim asr ortga surib tashlaganligini, u mamlakatga 1.8 trillion dollarga yaqin zarar yatkazganligini qayd etgan edi.
Prezideny Islom Karimov ta`kidlaganidek, qancha-qancha shahar va qishloqlarning yoqib yuborilishi, insonlarning bemavrid qurbon bo`lishi, onalar va bolalar qalbidagi bitmas tuganmas jarohat, jafokash xalq boshiga tushgan kulfat shu urush tufaylidir.
Bu fojiyaning nima ekanligini anglamoq uchun odamzot uni o`z ko`zi bilan ko`rishi, sitamlarini yuragidan o`tkazib, mohiyatini idrok etishi kerak.
Sovet qo`shinlari Afg`onistonga bostirib kirgach, AQSH ma`muriyati “SSSR ga qarshi iqtisodiy jazo choralariqo`llanishi” rasman ma`lum qilgan. Aslida soniq Ittifoq Afg`onistonga qo`shin kiritgan davr, 1979 yilning 27 dekabrida uning AQSH va Garb davlatlaridan qarzi 30 milliard dollardan oshgan edi.
Og`ir talofat va ortiqcha harbiy harajatlarga sabab bo`lgan be`mani urush, dunyoni daxshatga slogan Chernobil fojeasi, butun bir shaharni yar bilan yakson qilgan Armanistondagi zilzila, mamlakatdagi yalpi inqiroz hayotni qon qaqshatib, imperiyani halokat yoqasiga olib kelgan, hayot-momot masalasi oldida buyuk davlatchilik da`vosi o`z mohiyatini tamoman yo`qotgan edi.
“Biz o`zga madaniyatga, o`zga a`tiqod va ananalarga tajovuz qildik- deb o`qtiradi Afg`on urushi qatnashchisi, yozuvchi Aleksandr Proxonov “Afganskaya voyna: kak eto bilo” kitobida.
-- Nega? Nima uchun o`n yil mobaynida urush olib bordik?...
Biz ularni tinchini buzdik, mamlakatini vayron etdik. Shu bois ular bizdan yuz o`girdi va o`qqa tutishdi” (Moskva, “Planeta” nashriyoti, 1991 yil).
1989 yil 15 fevralda general Boris Gromov sovet qo`shinlarini Xayraton ko`prigidan olib o`tgach, bu halqni unutishdi. Afg`onistonda qanday vaziyat vujudaga keldi? Boshqarib bo`lmaydigan bir vaziyat yuzaga keldi. Qonunsizlik nafaqat jinoyatchilikka, balki vahshiylik ildiz otishiga, qurol kuchi bilan hukmni o`tkazishga zamin yaratdi. Eng dahshatlisi, bu qora kuch narkomafiya bilan chatishib ketdi.
Bu notinch va beqaror vaziyat yigirma ikki yil davomida hukm surdi, chunki urushning jabru-bechoralar, jafokash Afg`on xalqidan boshqa kuchlar uninh cho`zilishidan manfaatdor edi.
Butun boshli mamlakatni, xalqni qonga botirgan zunrezlik, avvalo, bu nozik masalaga sayoz qarashlar, Afg`on tarixidan chiqadigan xulosalarni mensimaslik va pisand qilmaslik oqibatida vujudga kelgan dsak, xech qnday hato bo`lmaydi.
O`tgan asrning 70-yillari oxirida sobiq SSSR ning keksayib, munkillab qolgan rahbarlari uzoqni ko`rolmasliklari, kaltabinlikgi natijasida o`ta xatarli, hech kechirib bo`lmaydigan qaror qabul qildilar.
Ular, Prezidentimiz ta`biri bialn aytganda, mavjud vaziyatni soxtalashtirib, uni o`zlaricha talqin qilib, Afg`onistonda ham sovet sotsiolistik tuzumini o`rnatamiz deya ahmoqona harakatlari boshladi.
Lo`nda qilib aytganda nafaqat, Afg`oniston atrofida joylashgan qo`shni davlatlar uchun, ongli hayot kechirayotgan barcha xalqlar uchun tinch-totuv yashaydigan, betaraf bo`lgan va barqaror rivojlanish yo`lidan boradigan yangi Afg`oniston kerak.
Afg`onistonda tinchlik o`rnatish, urush tufayli vayron bo`lgan iqtisodiyotni oyoqqa turg`zish, yer bialn tep-tekis bo`lib yotgan shahar va qishloqlarni, bino va turar joylarni tiklash maqsadida mablag` yig`ish, xalqaro jamg`arma tuzish, eng muhimi bu mamlakatda yashayotgan barcha odamlarda o`z yurtining kelajagiga ishonch uyg`otish, axoliga, Afg`on xalqiga bu boshboshdoqlik, zulm va qatag`onlar tugaydi, degan kafolatni berish hozirgi kunda eng muhim vazifaga aylanmoqda.
O`zbekiston tashabbusi bilan BMT homiyligiga tashkil topgan “6+2” guruhini Toshkentda bo`lib o`tgan uchrashuvida davlatimiz rahbari Afg`onistonga keng ko`lamli insonparvarlik hamda moliyaviy-iqtisodiy yordam ko`rsatish bo`yicha xalqaro dastur ishlab chiqish taklifini ilgari surgan edi.
O`zbekiston bugungi kunda Afg`onistonga 12 ta ko`prik va Termiz-Qarshi avtomobil yo`li qurulishida katta ko`mak bermoqda.
Prezident Islom Karimov fikricha, bu yil Hind okeaniga olib chiqib, dunyoning behudud ummonlari bilan bog`laydi. Qurilajak yo`l siyosiy va iqtisodiy jihatda beqiyos ahamiyatga molikdir. Nimaga deganda, suv yo`li orqali yuk tashish qulay, shu bilan birga arzon. Salkam 2.5 ming kilometr tashkil etadigan bu yil ishga tushirilsa, nafaqat O`zbekiston xalqi, balki Afg`oniston va pokistonda istiqomad qilayotgan minglab, millionlab insonar uchun ham yangi-yangi imkoniyatlar ochiladi, yangi ish joylari yuzaga keladi, hamkorligimiz, madaniy aloqalarimiz mustahkamlanadi. Xalqlarimiz dunyo bozoridan yana o`zlarining munosib o`rinlarini egallayydi.
O`zbekiston Prezidenti 1996 yilning 5 iyulida diplomatik korpus rahbarlari, halqaro tshkilotlar va xorijiy jurnalistlar bilan uchrashuvda Afg`onistonda tinchlikni qaror toptirish bo`yicha O`zbekiston ilgari surgan tashabbuslarini BMT, BMT ning Xavfsizlik Kengashi, Yevropa Ittifoqi, AQSH Kongressi, Eron va pokiston rahbariyati qo`llab –quvvatlaganini, Afg`oniston hududidan o`tadigan neft-gaz quvurlari va boshqa kommunikatsialar bo`yicha boshq loyihalar hozir muhokama etilayotganligini ma`lum qildi: “Keng ko`lamli bu ishlar aholini tinch mehnatga qaytarish uchun hal qiluvchi rag`batli omil bo`lishiga, mamlakat iqtisodiyotining tiklash uchun zarur bo`lgan divident va daromadni berishiga qat`iy aminman. Mazkur loyihalar Afg`oniston manfaatlariga xizmat qiladi”. Afg`onistonda tinch - osuda hayotni tiklashda faol ishtirok etayotgan mamlakat qo`shni Eron respublikasidir. Afg`onistonda iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy hayotni to`la tiklashda ishtirok etib, shu tarzda uning kelgusi siyosiy tuzimi tuzilishiga tasir ko`rsatish Eron manfaatlariga to`la mos keladi. Buning bir necha sabablari bor. Birinchidan, u Afg`onistonda AQSH siyosati ustun bo`lishini hohlamaydi. Sababi, Amerika Eronni ham Iroq va Shimoliy Koreya singari davlatlar bilan bir qatorga qo`ygani Shimoliy Koreya singari davlatlar bilan bir qatorga qo`ygani ma`lum. Eronning AQSh ga munosabati ana shundan kelib chiqadi. Eron Afg`onistonning “Dunyoviy” mamlakat emas, balki o`zining modelidagi islom davlati bo`lishini istaydi.
Ikkinchidan, Eron Afg`onistondagi izdan chiqqan turmushni tiklashda ishtirok etish orqali o`zining sharqiy chegaralarini mustahkamlab, xavfsizligini ta`minlaydi.
Uchunchidan, Eronda ishlab chiqarish, ya`ni oziq-ovqat sanoati yaqin atrofdagi davlatlarga nisbatan ancha rivojlangan. Ammo yaqin vaqt orasida u o`z mahsulotlarini Yevropa yoki boshqa rivojlangan mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Birdan-bir yo`l – o`z mahsulotlarini Markaziy Osiyo bozorlaridan tashqari Afg`oniston bozorida sotishni yo`lga qo`yishdir. Bu borada hamma narsaga muhtoj Afg`oniston Eron uchun yaxshi iste`molchi sanaladi. Afg`onlar o`zlari istemol qilayotgan mollar islom davlatida chiqarilgani uchun ham ularni bajonidil qabul qilishadi.
Afg`onistonda Karzay boshchiligidagi doimiy hokimiyat tuzilgan bo`lsa-da, mamlakatda barqaror osoyishtalik vujudga kelishiga hali ko`p vaqt bor. Vaqti-vaqti bilan turli hududlarda hokimiyat va amal talashishlar, otishmalar, qo`poruvchilik harakatlari bo`lib turibdi. Shunga qaramasdan mamlakat hayotida sezilarli o`zgarishlar yuz bermoqda. Turli etnik guruhlar va millatlardan tashkil topgan 26 millionli Afg`on xalqi o`z davlatchiligiga ega bo`lib, BMT ning faol subektiga aylanajak.
Xulosa Sovet Afg`on munosabatlari turli jabhalarda ko`p yillik tarixga ega. XX asrning 70 yillari esa biz uchun nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Aynan manashu davrda Afg`onistonda inqilob ro`y berdi va Sovet qo`shinlarining cheklangan qismi ushbu mamlakatga kiritildi.
Sovet ittifoqi boshidanoq Afg`onistondagi inqilobni qo`llan-quvvatladi.U SSSR ning Global siyosatidagi muhim bo`g`in edi. Shu bois Sovet rahbariyati qaltis qadam qo`yishga qaror qildi.
AQSH SSSR ning Afg`onistonda o`z pozitsiyalarini mustahkamlashga yo`l qo`ya olmas edi va ular Pokistonni Sovet tajovuzini qaytarish uchun o`ziga xos platsdarmga aylantirdi. Pokiston hududida Afg`on jangchilari uchun lagerlar qurildi, AQSH ularga eng zamonaviy qurollarni berdi. „Stingerlar“ samalyotlar bilan kurashda qo`laniluvchi yengil raketalar Sovet Ittifo`qini osmondagi ustinlikdan mahrum etdi. Urush cho`zilib ketti.
Afg`onistonda davom etgan 10 yillik urush mamlakat iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazdi. Yuzlab qishloqlar, 2 ming maktab vayron etildi, o`nlab elektron-stansiyalar buzib tashlandi, o`nlab sanoat korhonalar faoliyati to`xtab qoldi.
5 million Afg`on, ya`ni mamlakat aholisining qariyb garchi qoshni Pokiston hududiga, 1.5 million Eronga qochib ketdi. Bu yerda yosh Afg`onlardan mujohidlar guruhlari tuzilib, ular Amerikalik mutahasislar tomonidan zamonaviy qurollarni ishlatishga o`rgatildi.
1989-yilda Sovet Ittifoqi urushni bundan keyin davom ettirishning foydasizligini tushunib yetib, o`z qo`shinlarini Afg`oniston hududidan olib chiqib ketdi. Shu o`rinda taniqli yozuchimiz A.Nurmurodao ning quyidagi so`zlarini keltirib o`tsak:
„Afg`oniston….. O`n yillar mobaynida jahon afgor ommasining diqqat markazida turdi; o`n yillar mobaynida jahon afgor ommasi bu yurt tuprog`ida borayotgan qonli urush haqidagi haq so`zni eshitishga ilhaq bo`ldi.
Taassuflarki, kurash sharoitida oshkoralik deya ayuhannos solayotganlar ham bu haq so`zning metin tig`iga dosh berolmadilar, o`zlarining haqiqiy qiyofalarini shundagina alayno-oshkor namoyish etdilar1. Halqimiz vujudidagi necha-necha teran tomirlarning tub ildizlari shu yurt tuprog`iga borib tutshgani sir emas. Shundanmikin, u haqda haq so`zni aytmoq, u haqda kuyinmoq eng avvalo bizning zimmamizda edi.
Yo`q, odatdagidek aytolmadik. Natijada minglab guldek farzandlarimizning orzu-armonlari, xayollari vujudlari-la qora tuproqqa qorishdi.
Afg`oniston haqidagi haq so`z uch-to`rtta yig`loqi sherlar satrlarida emas, minbarlarda emas, ul shahid ketgan askarlar onalarining xunolud yoshlarida, tunu kun, kunu tun mijja qoqmay chekkan iztiroblarida aytildi. Mayib majruh askarlarning „mening gunohim nimada edi?“ degandek alamli boqishlarida aks etti. Ernst Xeminguey “Alvido, qurol!” romanining 1948 yilda yozgan so`z boshisida shunday degandi: “Bu kitobning muallifi ongli suratda shu fikrga keldiki, urushlarda jang qilayotgan odamlar eng ajoyib odamlardir. Frontning qizg`in qismlariga kirib borganing sayin bunday ajoyib kishilarga ko`proq duch kela boshlaysan. Lekin urushni boshlaganlar, uning oloviga yana olov tashlab turganlar iqtisodiy raqobatdan, foyda undirishgan boshqa natsani o`ylamaydigan to`ng`izlardir. Men urushda boylik orttirganlar, urush olovini yoqqanlar urushning birinchi kunlaridayoq mamlakat fuqarolarning muatar vakillari tomonidan orib tashlanmog`I zarur deb hisoblayman”.
Bosqinchi va bosqinchilik tushunchalari ham mana endi shuurimizning qat-qatlariga yetib bordi. Biyday ulkan mamlakatning uyog`idan-buyog`iga, buyog`idan-uyog`iga sarson-sargardon ko`chib yurgan qochoqlar saltanat hukmininig qurbonlari bo`lganidek, bu tahir qismatlarida o`zlarining zarracha ayb-gunohlari bo`lmaganidek, Afg`onistonda hizmat qilgan jangchilarning ham bo`yinlariga tavqi-lanat tushmagay. Bu tavqi lanatning kimlarga osilishi, kimlarning abadul-abad nafratga mustahiq etilishi endilikda barchaga ayondir.