Sovet qo`shinlarining cheklangan qismi 1979 yil Afg`onistonga kiritilgan edi va 1989 yil tashlab chiqdi


Afg`onistonga cheklangan sovet qo`shinlarining kiritilishi va uning salbiy oqibatlari mavzusini o’qitishni yangi pedagogik texnologiya va metodlarda o’tish



Yüklə 288,5 Kb.
səhifə12/15
tarix22.09.2023
ölçüsü288,5 Kb.
#146667
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
BMI afg\'oniston Jizzax DPI

Afg`onistonga cheklangan sovet qo`shinlarining kiritilishi va uning salbiy oqibatlari mavzusini o’qitishni yangi pedagogik texnologiya va metodlarda o’tish.
3.1. Mavzuni yangi ped.texnologiya kompyuter, proyektor, monitor yordamida o’tish (rasmlar, slaydlar, chizmalar, jadvallar , testlar yordamida)
Mavzu: Afg`onistonga cheklangan sovet qo`shinlarining kiritilishi va uning salbiy oqibatlari


П.Maqsad: Ushbu mavzu orqali o’quvchilarga Afg`on urushlari, urushga sovet qo`shinlarining kiritilishi to’g’risida o`quvchilarga tushuntirish.
А)Darsning tarbiyaviy maqsadi.
Ushbu mavzu orqali o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Б). Dars jixozi: Dunyo siyosiy xaritasi, proyektor, monitor, tarqatma materiallar, test mavzuga oid jadval.
В). Dars uslubi: Baxs-munozaralari.
Yangi pedagogik texnalogiya asosida.

  1. Aqliy xujum-5 d

  2. Guruh bilan ishlash -10 d.

  3. O’tilgan va yangi mavzu. 15-d.

  4. Amaliy mashg’ulot. 5-d.

  5. Uyga vazifa. 5-d.
    Tashkiliy qism:

III. Aqliy xujum.
Afg`on urushlarining salbiy oqibatlarini aytib bering?
Javoblar doskaga yozib boriladi.
IV.Yangi mavzu bayoni:
Afg`oniston – zamonlar rishtasi chindan-da uzilib qolgan, bir vaqtlar bu zaminda mavjud bo`lgan, hozirgi tojiklar va o`zbeklarning ajdodlari yashagan buyuk sivilizatsiya va davlatlarning izlarini davr to`zonlari ko`mib yuborgan mamlakat. Natijada bu joyda yashagan halqlar u yerdan ketib qoldi- kim janubga, kim shimolga, kim g`arbga. Qadim zamonlarning bazi memorchilik yodgorliklarigina saqlanib qoldi1.
XIX asr ohirida Afg`onistonning shimoliy chegarasi hozirgi hozirgi holatiga Rossiya, Britaniya, va Afg`oniston mamaurlari tomonidan tan olinganidan keyin, Buxoro amirligining turkey tilli va forsiy tilli aholisi jo`g`rofiy gorizontal bo`yicha bir-biridan ajralib qoldi. Lekin bu hol o`sha vaqtda ularning oilaviy va savdo aloqlari buzilishiga olib kelmadi. Qizil armiya Buxoro amirligini tor-mor qilganidan keyin Sharqiy Buxoroning yarim millionga yaqin aholisi Afg`instonning chegaraga yaqin yerlariga qochib boradi. Umuman esa, XX asrda Afg`oniston O`rta-Osiyodan muhojirlikning uchta-yigirmanchi yillar boshidagi, o`ttizinchi yillar o`rtalaridagi va to`qsoninchi yillar boshlaridagi to`lqinini boshidan kechirdi.
Bu hol Afg`on bo`lmagan etnoslar salmog`i o`zgarishiga ta`sir ko`rsatmasligi mumkin emasdi. 80-yillarning o`rtalaridayoq mamlakatdagi O`zbeklar va tojiklar soni deyarli 30 % ga yetdi.
Armiya qismlari 1978 yilning 27 aprelida AXDP raxbarligida davlat to`ntarishi o`tkazdilar. To`ntarishni polkovnik Abdulqodir boshqardi1. Hokimiyat kengash qo`liga o`tdi. Bu kengashga AXDP rahbari N.M. Taraqqiy rahbarlik qildi. B.Karmal unga o`rinbosar bo`ldi. Dovud o`ldirildi. 1977 yilgi Konstitutsiya bekor qilinib, 1978 yil 30 aprelda mamlakat Afg`oniston Demokratik Respublikasi deb e`lon qilindi.
Bu g`oyaning Afg`oniston uchun bema`niligi va mutlaqo norealligi yaqqol ko`rinib turardi. Qobuldagi aprel to`ntarishi (Afg`onistonda qabul qilingan taqvim bo`yicha - savr oyining 7-kuni) Qobul garnizoning 4 va 15-tank brigadalari tomonidan amalga oshirildi. O`sha vaqtda podsho saroyi qo`riqchilariga tanklar bilan hujum qilish. Afg`oniston hayotida ham, butun mintaqa hayotida ham tub o`zgarishlarga olib keladi, deb hech kim o`ylamagan edi. Ayniqsa, u Sovet Ittifoqi parchalanib ketishining bilvosita sabablaridan biri bo`lishini hech kim bilamagan.2 ADP e`lon qilingach, Taraqqiy o`z mavqeyini mustahkamlash maqsadida SSSR bilan munosabatni yaxshilay boshladi.
Uyga vazifa
Mavzuni o’rganish.

Yüklə 288,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin