Sovunni sovutish va quritish. Sovutish jarayonida sovun kristallanadi va suyuq holatdan qattiq holatga o‘tadi. Sovunning qattiqligi undagi yog‘ kislota miqdoriga, yog‘ aralashmasini titriga sovutish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Sovunni ikkita usul bilan quritish mumkin:
Yog‘ kislotalarini konsentratsiyasini o‘zgartirmasdan harorat pasayib borishi hisobiga (masalan “mexanik-modern” qurilmasi), yog‘ kislotasi konsentratsiyasi ortib borib namlikni bug‘lanishi hisobiga, bu usul afzalroqdir. Quritish yog‘ kislotani konsentratsiyasini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Zamonaviy uskunalarda sovutish va quritish birlashtirilgan. Usulning mazmuni shundaki qizdirilgan sovun vakuum kameraga sepilib quritiladi va sovutiladi. Vakuum-quritish kamerasini optimal ishlash sharoitini nomogramma (1-rasm) yordamida aniqlash mumkin.
Sovunda berilgan yog‘ kislotasi konsentratsiyasiga ko‘ra gorizontal o‘kning o‘ng tarafida nuqta olinadi, undan tikka chiziq chiziladi to egri chiziq bilan kesishgungacha va kesishgan joyidan chap tarafga to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. Bundan so‘ng gorizontal o‘qning chap tomonidan vakuum kameradagi qoldiq bosimga mos holda nuqta olinadi va bu nuqtadan tikka to‘g‘ri chiziq yuqoridagi gorizontal chiziq bilan chiziladi.
Topilgan nuqta tarkibida kerakli miqdorda yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun olish uchun issiqlik almashgichga kelayotgan, tayyor sovundagi yog‘ kislotalari miqdorini ta’minlaydigan to‘yingan bug‘ning bosimini ko‘rsatadi.
Sovun issitgichdagi to’yingan bug’
bosimi, МPа (кgs/sm2)
Dostları ilə paylaş: |