Ikki pog‘onali vakuumli shnek-press (5-rasm) atir sovunga tugal mexanik ishlov berishga mo‘ljallangan. U turli balandlikda gorizontal joylashtirilgan ketma-ket ishlovchi ikkita bir vintli shnek-presslardan iborat. Shnek-presslar bir-biri bilan vakumm kamera yordamida bitta agregatga birlashtirilgan. Yuqorigi pressni shnegi (5), tishli g‘ildiraklar sistemasi (3) va tasmali uzatma (2) orqali elektrodvigatel (1) dan harakatga keladi. Shnekni diametri 300mm, aylanish tezligi 12 ayl/min. Shnek korpusi ko‘ylak (6) da sirkulyasiya qiladigan suv bilan sovitiladi. Ta’minlovchi bunker (4) orqali yuqorigi shnek-pressga kelib tushgan sovun vermisheli yaxshilab aralashtiriladi, zichlashadi, presslanadi, reshyotka orqali o‘tkaziladi va qo‘ltig‘li pichoq bilan kesib granul olinadi. Sovun yuqorigi shnek-pressdan qoldiq bosimi 5,3-8 kPa (40-60 mm sim.ust.) bo‘lgan vakuum kamera (7)ga tushadi. Bu yerda sovun massasi qisman quriydi va soviydi. Havoni so‘rib olish shnek-pressdan chiqayotgan sovun brusining hovakligini kamaytiradi.
Sovun massasi vakuum-kameradan granul holida pastki shnek-press (9) ga beriladi. Bu shnekni diametri yuqorigi shnek bilan bir xil. Aylanish tezligi 4,85 dan 17 ayl/min. gacha o‘zgarishi mumkin. Shnek korpusini sovitish uchun ko‘ylagi (8) bor. Shnekni ishchi kamerasi isituvchi ko‘ylak (11) va termorostlagich (12) bilan ta’minlangan konussimon bosh qismi (10) bilan birlashtirilgan. Konussimon bosh qismida kalibr mavjud, uni yordamida shnek-pressdan chiqayotgan sovun brusini shakli to‘g‘rilanadi. Pastki pressni shnegi alohida elektrodvigateldan reduktor orqali harakatga keladi.
Sovun shnek-pressda bosim ostida presslanadi plastik monolit massaga aylanadi va konussimon bosh qismi teshigidan berilgan shaklda cheksiz brus holida chiqadi. Ikki pog‘onali shnek-pressni unumdorligi soatiga 1t sovun.
Dostları ilə paylaş: |