Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 4 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-836-839 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 838 April, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal К. Jo‟rayev o„zining “Tarjima san‟ati” nomli kitobida tarjimachilik faoliyatiga
alohida to‟xtalib, ushbu tarifni keltirib o‟tgan: “Тarjimachilik ishi- milliy adabiyotlarni
o‟zaro ayirboshlash, birida uchraydigan milliy biqiqlik va kamchilikni ikkinchisida
bartaraf qilishga imkon beruvchi eng ishonchli vositalardan biri. Tarjimon esa shu ijodiy
jarayonni amalga oshiruvchi adib”[5]. Albatta tarjima faoliyati bilan shug‟ullanish bu –
millatlar o‟rtasidagi do‟stlik rishtalarini mustahkamlashga, an‟ana va urf – odatlarga
hurmat, ayrim kamchilliklar bo‟lsa, tarjima qilinganda tuzatilishiga ham sabab bo‟ladi.
Maqol – donolik, donishmandlik ramzi. Uni to‟g‟ri o‟qib, to‟g‟ri anglash va boshqalarga
yetkazish alohida layoqatni talab qiladi. Bunda g‟o‟rlik, mas‟ulyatsizlikka erk berib
bo‟lmaganidek, bilib-bilmay o‟zlashtirishga ham yo‟l qo‟yib bo‟lmaydi. Maqollarni
nashrga tayyorlab, uni ko‟pchillikka manzur etaman, degan odam avval uni mag‟zini
chaqib ko‟rishi kerak.
Xalq og‟zaki ijodi namunalarida – doston, qo‟shiq, maqol yoki metal bo‟lsin- birgina
so‟zning o‟zgarishi bilan matn ma‟nosi butunlay o‟zgarib ketishi, ohangi, badiiyatiga
putur yetishi mumkin.
NATIJALAR VA MUHOKAMA Maqoli va matallar xalq aql – idrokining mahsuli, uning hukmi, ko‟p asrlik
tajribalari, turmushdagi turli hodisa – voqealarga munosabati demakdir. “Maqol
kundalik hayotda kishilarning bir birlariga munosabatlarida yaratiladi”[6]. Xalq maqoli –
xalqning mulkidir. Maqol qayg‟usi – xalq qayg‟usi, maqol g‟azabi – xalq g‟azabi, maqol
kulgusi – xalq kulgusi va maqol kinoyasi – xalq kinoyasi demakdir. Shu o‟rinda shuni
takidlash mumkinki, maqol yaratmagan birorta til, maqol ishlatmagan bironta xalq yo‟q
bo‟lmasa kerak.
Soha olimlari tomonidan ko‟plab ilmiy izlanishlar olib borilgan va bugubgi kunda
ham davom ettirilmoqda. Shu bilan birga maqollarni ham alohida turkum va
yonalishlarga ajratilagnigini ko‟rishimiz mumkin. Jumladan: do‟stlik, vatanga sadoqat,
vafodorlik , ilm va ko‟plab yonalishlari bor. Do‟stlik haqidagi maqollarga to‟taladigan
bo‟lsak, avvalo maqollar turli xalqlar o‟rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashini ham
inobatga olishimiz zarur.
Dunyoda hamma xalqlarning tillarida ham do‟stlik, birodarlik, hamjihatlik va
hamkorlik to‟g‟risida juda ko‟p maqollarni uchratamiz. Sharq xalqlarida ham do‟stlik
to‟g‟risida ajoyib maqollar yaratilgan. Boshqird maqoli “Xalqlarning do‟stligi – ularning
boyligidir” yoki Gruzin maqoli “Daraxt tomiri bilan, odam do‟stlari bilan ” Tatar
maqoli “Qushning kuchi qanotida, odamning kuchi do‟stlikdadir ” degan g‟oya ilgari
surilganligini ko‟ramiz. Yuqorida keltirilgan maqollarda shakl
o‟zgargani bilan mazmun saqlangan yani bir xil g‟oya va maqsadga