So„z borgan. Shuningdek maqollarning xalqimiz madaniyatida tutgan o„rni ayrim maqollar misolida tahlil qilingan


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 43,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü43,86 Kb.
#211803
1   2   3   4
maqollar-mohiyati-va-xususiyatlari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-836-839 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
837
 
April, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
hikoyaning mazmun-mohiyatini bir maqolda ochib bergandek ko‟rinadi.
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Maqollar xalq tajribasidan o„tgan, voqea-hodisalarning so„zdagi o„zgarmas 
ifodasidir [1]. Mustaqillikka erishganimizdan so‟ng xalq og„zaki ijodiga alohida e‟tibor
qaratdi, bu borada maqollarninig ham chetda qolmaganligini ko„rishimiz mumkin. 
Hattoki, Birinchi prezident I.A.Karimov “… agarki e‟tibor bersa, tilimizda halollik va 
poklik haqidagi ibratli hikmatlar bilan birga, “Yo„lini topdimi, qandini ursin”, “Uzumini 
yeng-u, bog„ini surishtirmang” degan maqollar borligidan ko„z yumib bo„lmaydi” [2] 
diya takidlaganligini ko „rishimiz mumkin. demak ijobiy ahamiyat kasb etuvchi 
maqollar ko„pchillikni tashkil etsada, ayrim salbiy holatlarni ko„rsatuvchi maqollarni 
ham uchratamiz. 
Filologiya fanlari doktori B.M.Jo„rayeva O„z ilmiy tadqiqotlarida o„zbek xalq 
maqollari intralingvistik birliklar yordamida shakllangan 6 ta guruhga ajratgan. a) 
iboralar asosida shakllangan maqollar: sanamay sakkiz demaslik – sanamay sakkiz
dema. b) Fol‟klor janrlari asosida shakllangan maqollar: d) e‟tiqodiy tushunchalar 
asosida shakllangan maqollar, f) xalq umidlari asosida shakllangan maqollar, s) xalq 
o„yinlari asosida shakllangan maqollar e) hadislar asosida shakllangan maqollar 
[3]. 
Yuqorida keltirib o„tilgan yo„nalishlar xalq maqollarining shakllanish jarayonlari 
mazmun – mohiyatidan kelib chiqib guruhlarga ajratilgan. Xalqlar o„rtasidagi madaniy 
aloqalarning shakllanishi va rivojlanishining bir bo„lagi tarjima asar hisoblanadi. Bu 
haqida V.G.Beliniskiy “Bir xalqning adabiy asarlarini boshqa xalqning tiliga tarjima 
qilish, ularning o„zaro yaqinlashishlariga, bir – birlariga g‟oya almashishlariga asos 
bo‟ladi, ana shunda yangi adabiy asar kelib chiqadi va aqliy siljish ro„y beradi”, demak 
tarjima asarlar madaniy aloqalardan tashqari, turli millat vakillarini orasida do„stlik 
aloqalarini ham rivojlanishiga sabab bo‟ladi.
Maqol bu – gapning qaymog„idir. Qaysi xalq yoki millat tomonidan yaratilmasin, 
u mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, boshqa davlat aholisi ham foydalanishlari mumkin. 
Ammo Maqollarni tarjima qilish tarjimonlari uchun talaygina muammolarni keltirib 
chiqaradi. Sabab sifatida shuni keltirib o„tish mumkinki, tarjimon o‟z sohasidan tashqari 
tarix, falsafa va boshqa fan sohalaridan ham xabardor bo„lishi talab etiladi. Bu haqida 
G'aybulloh Salomov “Tarjimonda yozuvchi va tanqidchidan, aktiyor, rassom va olim 
mehnatidan ham nimadir bor. Bu shundan iboratki, tarjimon so„zshunos bo„lib tahlil 
qiladi, aktiyor singari boshqalarning (shu o„rinda- muallifning) qiyofasiga kiradi va ayni 
vaqtda o„zligini saqlaydi…..” [4] deya takidlagan edi o„zining “Tarjima tashvishlari” 
kitobida. Demak maqollarning tarjimasi bilan shug„ullanish ham 
tarjimondan katta mas‟uliyatni va tajribani talab qiladi. 



Yüklə 43,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin