So'z boshi


-§. Interdikt (ta'qiqlash, man etiladigan) ishlarni olib borish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
rim huquqi (1)

6-§. Interdikt (ta'qiqlash, man etiladigan) ishlarni olib borish
 
Qadimgi Rim xususiy huquqining o'ziga xos xususiyati shundan iborat 
bo'lganki, sud ishlarini ko'rishlikda bir nechta jarayonlar bo'lsa ham, ularga 
qo'shimcha sifatida yoki Rim davlati amaldorlarining huquqlarini, manfaatlarini 
mustahkamlash nuqtai nazaridan, Rim quldorchilik jamiyatida odat asosidagi 
xususiy da'vo tartibida ishni ko'rib chiqishdan tashqari interdikt asosida ham 
ishlar, nizolar hal qilinganligini ko'ramiz. 
 
Oldingi odat bo'lib qolgan da'vo arizasiga asosan ko'riladigan ishlardan 
farqli o'laroq, bunda sud magistrati mutloq oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi 


va barcha fuqarolarga majburiy bo'lgan buyruq va me'yoriy hujjatlarni 
chiqaruvchi, uni qabul qiluvchi oliy mansabdor shaxs ekanligi bilan farq qilgan. 
Interdiktlar pretorlar tomonidan buyruq xarakteriga ega bo'lgan qadimdan qabul 
qilinib kelingan hujjatlardir. Shuning uchun interdiktlar, shartsiz va bajarilishi 
qat'iy bo'lgan, garovga olish va jarimali jazolarni qo'llash bilan boshqa 
harakatlardan, jarayonlardan ajralib turgan.
 
Interdiktlarning vujudga kelishligi davlatni idora etish organlari 
tomonidan tartibga solinadigan ma'muriy munosabatlarning sud ishlariga 
aylanib ketishligi uchun asos bo'lib xizmat qilgan. 
 
Interdiktlarning asosiy maqsadi  huquqi buzilgan shaxslarning huquqlarini 
buzilmasdan oldin bo'lgan dastlabki holatiga majburiy ravishda tiklashdir. 
Ashyo egasining manfaatlarini himoya qilish mulk egasining huquqlarini 
himoya qilish uchun xizmat qiluvchi da'volar yordami bilan emas, balki 
pretorlik interdiktlari bilan amalga oshirilgan. Ular mulk huquqi egaligining 
buzilishligini, yoki boshqa tajovuzlarning amalga oshirishligining oldini olishni 
samarali yo'li sifatida huquqiy munosabatlarda qatnashuvchilarning huquqlarini 
tez orada himoya qilishlik usulidir. 
 
Interdiktlar oddiy va ikki tomonlama, ma'lum harakatlarni ta'qiqlovchi 
yoki ularni qaytadan tashkil etuvchi, biror shaxsni, hujjatni ko'rsatishlikni talab 
etuvchi turlarga bo'lingan.
 
Interdiktning mohiyati shundan iborat bo'lganki, huquqiy munosabatlarda 
qatnashuvchi qarshi tomon hatto nizolar haqida bahslashmasdan ham pretor yoki 
magistrat interdiktiga so'zsiz bo'ysungan. 
 
Rim quldorlik davlatining sinfiy davrida interdiktlarning mohiyati 
shundan iborat bo'lganki, kelib chiqadigan nizolarni sudsiz, tez orada ma'muriy 
asosda ko'rib chiqishlik va himoya qilishlik uchun, ayniqsa, quldorlarning  
manfaatlarini himoya qilishlik uchun eng qulay va oddiy shakldagi 
harakatlardan biri bo'lib qolgan. Albatta, ular da'volarga o'xshash yuridik 
holatlarni keltirib chiqarmagan bo'lsa ham, o'zining soddaligi, osonligi, 
qo'llanishining qulayligi bilan ajralib turgan, chunki u ashyo egasining o'z 
ashyosiga egalik qilish titulini isbotlashning murakkab tartibiga murojaat qilish 
zaruriyatidan ozod qilgan.
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin