4-§. Ota hukmronligi instituti
Rim quldorlik jamiyatining eng buyuk yutuqlaridan biri bu ota hukmronligi
institutining vujudga kelishidir.
«Oltin asr»da faoliyat ko'rsatgan mashhur Rim yuristi Gay bu institutni
quyidagicha ta'riflagan:
«Ota hukmronligi instituti Rim fuqarolarining qat'iy belgilangan milliy
institutidir - yana shunday shaxslarning bo'lishi amri maholki, o'z bolalarining
ustidan shunday hukmronlikka, hokimiyatga ega bo'lgan Rim fuqarolaridek»[1].
Haqiqatan ham, Rim davlati ota hukmronligi institutini nihoyatda mustahkamlab,
unga mutloq huquqlar berib, Rim huquqini rivojlantirishga o'zining mislsiz xizmati
bilan jahon davlatlariga o'rnak bo'ldi.
Bu huquqda mustaqil shaxs bo'lib (persona sui iuris) faqat ota hisoblangan.
Ota barcha huquqlarga ega bo'lgan va «o'ziga o'zi xo'jayin» sifatida e'tirof etilgan,
uning o'g'il-qizlari esa «yot-begona bo'lgan shaxslarning huquqi» (persons alieni
iuris) persona aliyeni yurisga ega bo'lganlar.
Ota hukmronligi ostida voyaga yetgan o'g'il, yuqori mansablarga (senator
bo'lishdan tashqari) erishsa-da, ozodlik va fuqarolik holatiga ega bo'lganidan qat'iy
nazar, oilada o'zining oilasi, bolalari bor bo'lsa-da, baribir ota hukmronligiga
bo'ysungan. Ota hukmronligi faqat bir odamda, ya'ni otada bo'lgan, otaning
xotiniga o'z farzandlari bo'ysunmagan.
Ota hukmronligi instituti uch xil asosda vujudga kelgan:
1.
Nikoh asosida tug'ilgan farzandlarning haqiqiy o'z otasi bo'lishlik. Bu
qoidani 1804 yilgi Napoleon Fuqarolik kodeksi o'ziga asosiy qoida
sifatida qabul qilib olgan.
2.
Nikohsiz tug'ilgan farzandni qonuniy asosda rasmiylashtirib o'zining
farzandi deb hisoblash asosida.
3.
Farzandlikka olish asosida.
Shuningdek, konkubinat asosida nikohsiz tug'ilgan farzandlarga nisbatan
ham ota-onalar tomonidan qonuniy asosda tug'ilgan farzand deb tan olinishi
oqibatida farzandlarning huquqiy holati o'zgaradi va ota hukmronligi instituti
o'rnatiladi.
Ota hukmronligi instituti nikohsiz tug'ilgan farzand ota-onalarining nikohga
kirishishlari bilan qonuniy rasmiylashtirish deb tan olgan va farzand shu kundan
boshlab Rim fuqarosi huquqiga to'liq ega bo'lgan.
Ota hukmronligining vujudga kelishligi, farzandning huquqiy holatini
rasmiylashtirilishi yoki qonunlashtirilishi imperator tomonidan qabul qilinadigan
reskriptlar asosida ham amalga oshirilgan. Ba'zi hollarda nikohsiz tug'ilgan
farzandning munisipial senatning a'zosi bo'lishligi, qizining esa senat a'zosiga
turmushga
chiqishligi
sababli
ularning
huquqiy
holati
o'zgargan
va
qonunlashtirilgan.
Farzandlikka olish huquqiga ota hukmronligi ostida bo'lmagan shaxslar ega
bo'lib, ularning ham imperator reskriptlari asosida ish yuritishlari majburiy bo'lgan.
Ota hukmronligi ostida bo'lgan shaxslarni farzandlikka olishlik uchun yangi ota-
ona farzandlikka olinayotgan shaxs huzurida uning ilgarigi ota-onalarini chaqirgan
holda kelishib olishi zarur bo'lgan va bu holat sud bayonnomasiga kiritilgan.
Farzandlikka olishning o'ziga xos shartlari ham bo'lgan. Bu shartlarga
quyidagilar kiritilgan:
1.
Farzandlikka olish uchun asosan er kishilarga va istisno tariqasida xotin-
qizlarga ham ruxsat berilgan, ammo xotin-qizlar farzandlikka olishga
qadar farzandlari bo'lgan va ularni yo'qotib qo'ygan bo'lishlari lozim deb
ko'rsatilgan.
2.
Farzandlikka oluvchi shaxsning ota hukmronligiga mansub bo'lmasligi,
barcha huquqlarga hamda «o'ziga o'zi xo'jayin» bo'lgan shaxs bo'lishligi
talab etilgan.
3.
Farzandlikka oluvchi shaxs farzandlikka olinayotgan shaxsdan 18 yosh
katta bo'lishligi lozim bo'lgan.
Rim jamiyatining tarixida ota-onalar va bolalarning shaxsiy huquq va
majburiyatlari xilma xil bo'lgan. Qadimgi Rimda otaning huquqi o'z bolalariga
nisbatan chegaralanmagan bo'lib, «hayot va o'lim» huquqini ham hal qilgan.
Farzandlarini sotish huquqiga ega bo'lgan.
Vaqt o'tishi bilan bu qat'iylik asta sekinlik bilan zaiflashib, o'z farzandlariga
uy jazosini qo'llashga olib keldi va ota, ona, farzandlar bir birlarini o'zaro hurmat
qilishlari, aliment bilan ta'minlashlari va boshqa munosabatlari mayinlasha
boshladi.
Ota hukmronligi ostidagi farzandlar mulkiy munosabatlarda shartnomalar
tuzish huquqlariga ega bo'lganlar, ammo shartnomalardan kelib chiqadigan barcha
huquq va burchlar otaga taalluqlidir. Ota hukmronligi ostidagi voyaga yetgan
shaxslar shartnoma tuzishi oqibatida yoki biror bir huquqbuzarlik asosida yohud
boshqa shaxslarga zarar yetkazish munosabatlari kelib chiqqan bo'lsa, xuddi
qullarning da'vosiga o'xshash da'vo asosida oila boshlig'iga da'vo joriy etilardi.
Oila boshlig'i da'voni qabul qilishi va keltirilgan zararlarni to'lashi yoki zarar
yetkazgan shaxsni zararni qoplashni talab etayotgan shaxsga topshirishi mumkin
edi. Agar zarar yetkazgan shaxs boshqa uy boshqaruvchisiga o'tib ketgan bo'lsa,
qilingan ayb ham shu shaxs bilan bog'liq bo'lib, boshqa ya'ni o'tib ketgan oila
boshlig'iga da'voni qaratardi, ya'ni javobgarlik doimo ayb qilgan shaxsning
qayerda yashashi bilan bog'liq bo'lgan.
Rim davlatida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning, ayniqsa ishlab chiqarish
va ho'jalik munosabatlarining rivojlanishi natijasida ota hukmronligi ostidagi
shaxslardan foydalanmaslik oila boshlig'i uchun samara bermay qoldi.
Ayniqsa, hukmronlik ostidagi shaxslar bilan boshqa shartnomalar
sub'yektlari shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishmay qo'ydi va uy egasi
o'zining qullaridan, voyaga yetgan farzandlaridan maqsadga muvofiq foydalana
olmasdi. Yuqorida ko'rsatilgan holatlar uy boshqaruvchisini o'zining qo'l ostidagi
qullariga, voyaga yetgan shaxslariga ma'lum vakolatlar berishni taqozo etardi.
Natijada qullar va voyaga yetgan shaxslarning mulkiy layoqatlari kengaydi va
ko'proq, keng ma'noda muomala layoqatiga ega bo'ldilar.
Qadimgi Rim jamiyatida qullarga qo'llaniladigan pekuliy munosabatlari,
ya'ni qullarga yer, yer uchastkasi, mollar, xo'kizlar, ba'zi hollarda esa qullarni
berish munosabatlarini kengaytirishning zarurati kelib chiqdi. Pekuliy institutining
mohiyati shundan iborat ediki, qul o'z tomorqasida jon-jahdi bilan ishlab o'z
bolalari, xotinining ham mehnatlarini qo'llab, samara olishga harakat qilgan va o'z
oilasi yoki o'z mulki asosida, hatto bu mulkning egasi quldor yoki oila boshlig'i
hisoblansa ham mustaqil harakatni amalga oshirgan, mulkdan foydalangan va uni
boshqarish yoki yashirin asosda kam bo'lsa ham tasarruf etgan.
Rim huquqi munosabatlarini yanada shakllanishi va rivojlanishi natijasida
ilgarigi pekuliyga qaraganda mustaqil bo'lgan yangi pekuliy, ya'ni harbiy pekuliy
vujudga keldi. Bu pekuliy ilgarigiga qaraganda mulkiy huquq layoqatini
kengaytirgan holda va haqiqiy fuqarolik huquqiy munosabatlarining sub'yekti
bo'lish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bera olgan. Harbiy xizmat davrida
sotib olgan mulklari, maoshi, harbiy xizmat yoki urushlar natijasida qo'lga kiritgan
mol-mulklari va harbiy xizmatni o'tayotgan paytda berilgan sovg'alar, hadyalar
harbiy pekuliyning mulki bo'lib hisoblansa ham, lekin harbiy pekuliy olgan
shaxsning o'zi ota hukmronligi ostidagi mulk bo'lib hisoblangan.
Ota hukmronligi ostidagi harbiy pekuliy o'lim oldidan vasiyatnoma
qoldirmagan bo'lsa, barcha mulklar, ashyolar oddiy pekuliyga o'xshab ota
hokimiyatiga, ya'ni uning mulkiga o'tkazilardi.
Rim jamiyatining mutloq monarxiya davriga kelib harbiy pekuliyga ona
tomonidan biror mulk yoki meros hadya tariqasida qoldirilgan bo'lsa, uning o'ziga
bu mulk tegishli bo'lardi. Ota bu yerda mulkni umrbod boshqarish va foydalanish
huquqiga ega bo'lib, hukmronlik ostida bo'lgan shaxs bilan teng asosda
foydalanishi mumkin bo'lgan.
Ayniqsa, bu qoida imperator Yustinian tomonidan yanada mustahkamlandi.
Rim huquqida ota hukmronligi quyidagi asoslar bo'yicha tugatilishi mumkin edi.
1.
Oila boshlig'ining ya'ni otaning vafot etishi bilan;
2.
Voyaga yetgan, lekin ota hukmronligidan ozod bo'lmagan shaxsning
vafot etishi bilan;
3.
Uy boshqaruvchisining yoki unga qaram bo'lgan shaxslarning ozodlik va
fuqarolik holatlarini yo'qotishlari asosida;
4.
Uy boshqaruvchisining qaramog'idagi shaxslarga yordam bermasligi
asosida uy boshqaruvchisi lavozimidan ozod qilinishi natijasida;
5.
Uy boshqaruvchisi qaramog'idagi shaxsning faxriy unvonlarga ega
bo'lishi va boshqa ba'zi hollarda ota hukmronligi o'z kuchini yo'qotgan.
Yuqorida ko'rsatilganlardan tashqari, ota hukmronligi qaramog'ida bo'lgan
shaxsga emansipasiya usulini qo'llash orqali ham ota hukmronligi tugatilgan, bu
otaning o'z roziligi va qaram bo'lgan shaxsning roziligi asosida qo'llanilgan.
Imperator Yustinian davriga kelib emansipasiya quyidagi asoslarga ko'ra
amalga oshirilgan:
1.
Sud bayonnomasida yozilishi lozim bo'lgan imperator reskriptiga binoan;
2.
Uy boshqaruvchisining o'zining arizasiga muvofiq asosda, bu holatda
ham sud bayonnomasiga yozilishi majburiy bo'lgan;
3.
Uy boshqaruvchisining ruxsati bilan ancha yillar davomida faktik holat
asosida biror shaxsning ozodlik berganga o'xshab yurishligi natijasida
emansipasiya qo'llanilgan.
|