sub'yekti bo'lishlik uchun 25 yil vaqt o'tishi talab qilingan. Imoratlar
sotilgan
vaqtda olti oy davomida
uning kamchiliklari, deffektlari ko'rinib qolsa, olish-
sotish shartnomasi bekor qilingan yoki uy-joyini qimmat bahoga sotgan bo'lsa,
ikki yil davomida bahosini yana qaytadan ko'rib chiqishlik mumkin bo'lgan.
Rim huquqida
eslay olmaydigan, eslashlik qiyin bo'lgan, lekin ehtimoldan
holi bo'lmagan vaqt (davr) muddatlari ham qo'llanilgan. Masalan, O'sarboy
tomonidan qurilgan ko'prik bo'lsa kerak. Bunda ko'prikka bo'lgan mulk egaligi
to'la o'rnatilmagan bo'lsa ham, ehtimol qilinib, unga
mulk huquqining egaligiga
o'xshash huquqiy holat berilgan va qonunlar
asosida himoya qilinib, buzilib
ketishligiga yo'l qo'yilmagan. Vaqtlarni hisoblash kalendar vaqti, yillar, voyaga
yetganlikni tan oluvchi muddatlar, tug'ilgan kunlar kabi vaqtlar, davrlar bilan
belgilangan.
Shuningdek, vaqt kunlar, yarim kechalar, yilning oxirgi kuni, bahorning
kelishi, diniy bayramlar kuni kabilar asosida hisobga olingan.
Vaqtning tamom bo'lishi shartnomalardagi ko'rsatilgan shartlarning
bajarilishligini talab etgan. Shartnoma shartlarining o'z
vaqtida bajarilmasligi
keltirilgan zararlarni undirish uchun asos bo'lib hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: